O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


G‘allachilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə62/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

20.1.3.G‘allachilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
G‘allachilik o‘simlikchilikning yetakchi tarmog‘i hisoblanadi va aloxida xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega. O‘zbekiston aholisi iste’mol qiladigan oziq-ovqatlarida katta kalloriya hamda oqsil hisobida olingan don mahsulotlarining hissasi 50-60 foizni tashkil etadi. Respublikada aholi jon boshiga non, vYermishel, makaron, guruch, mosh, no‘xat, loviya va boshqa g‘alla mahsulotlaridan tibbiy me’yorlarga nisbatan ko‘proq iste’mol qilinadi. Ozuqabop donlardan, chorvador olimlar tomonidan aniqlangan me’yorlarda, oziqlantirish zotli chorva mollari potensial maxsuldorligi imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanishga sharoit yaratadi. Don oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo hisoblanadi va uning rivojlanish darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
G‘allachilikning qo‘shimcha mahsulotlari (somon, poxol, poya va x.k.)dan chorva ozuqasi, to‘shama organik o‘g‘it, qog‘oz va boshqa sanoat tarmoqlarida xom ashyo sifatida foydalanish ham yuqori iqtisodiy samara beradi. Donchilikning asosiy va qo‘shimcha mahsulotlarini ko‘paytirish va sotishni tashkil etish mamlakatning sosial-iqtisodiy rivojlanishi hamda axolini arzon oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash uchun qulay sharoit yaratadi. O‘zbekistonda 2012 yilda tashkil topgan chakana baholarda 1 kg yumshoq bug‘doydan tayyorlangan1,2 kg I nav non mahsulotini sotishdan 1600 so‘m pul tushumi olinadi. Bundan tashqari kepak va somon mahsulotlaridan 290-300 so‘mga yakin pul olinadi. Demak 1 kg bug‘doydan olingan asosiy va qo‘shimcha mahsulotlarning qiymati 1890-1900 so‘mga tengdir. O‘zbekiston iqlim sharoitida kuzgi g‘alla ekilgan maydonlarda ikkinchi ekin (chorva ozuqasi, kartoshka va sabzavot)lardan mahsulotlar olish mumkin.
Demak, g‘allachilikni intensiv rivojlantirish yer, suv va boshqa resurslar potensialidan samarali foydalanishga sharoit yaratadi. Ammo, ayrim tarixiy davrlarda O‘zbekistonda g‘allachilikning rivojlanish darajasi bozor iqtisodiyoti hamda mustaqil rivojlanish talablariga to‘laroq javob bermagan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin