O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə68/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

An-Boyovut-2. O‘zbekiston FA o‘simliklar biologiyasi in­stitutida S.Sodiqov va boshqalar tomonidan yaratilgan. Tezpi­shar nav. O‘suv davri 129-130 kun. Ko‘sagidagi paxta massasi 6,5-7,0 g. Tola chiqishi 35-36 foiz, tola uzunligi 34-3 5 mm, tolaning nisbiy uzilish kuchi 26,1-26,7 gk/teks. Tolasi V tip.
Armug‘on. Bu nav L-9263 x L-541 duragay kombinasiyala­rini o‘zaro chatishtirib, ko‘p marotaba yakka tanlash orqali P.G.Gubanova, O.D.Djurayev, J.A.Musayev, 3.Yu.Sadiqovalar to­monidan yaratilgan.
Hosildorligi 48-55 sentnYer, bitta ko‘sakdagi paxta massasi 6,0-6,5 g, o‘suv davri 120-125 kun, tola chiqishi 38-39 foiz, tola uzunligi 33-34 mm, nisbiy uzilish kuchi 25,6 gk/teks, tolasi V tip. Vilt bilan zararlanishi 5,1-11 foiz. Nav 1999 yilda rayonlashtirilgan.
Buxoro-8. Nav gossipium xirzutum turiga mansub bo‘lgan Buxoro-6 naviga bir pallalik o‘simliklarining fotosintez ir­siyatini sun’iy o‘tkazish yo‘li bilan yaratilgan. Muallifi A.M.Battalov va boshqalar. Navning bo‘yi o‘rtacha 90-120 sm.
Hosil shoxlari agrotexnik sharoitga mos ravishda 2 yoki 3 tipda shoxlaydi, hosil shoxi asosiy poyaning 5-7 bo‘g‘inlaridan chiqadi. O‘suv shoxlari 0-3 tagacha. Ko‘saklari yirik, tuxumsimon, ko‘sakdagi paxta massasi 7,0-11 g. Hosili to‘kilmaydi. Nav o‘rtapishar, o‘suv davri 118-120 kun. Ko‘sagi asosan 5 chanoqli, ba’zan 4 chanoqlilari ham uchrab turadi. Chigiti yirik, 1000 dona chigit massasi 120-140 g atrofida, tukli, yashil kulrangda.
Tolasi III va IV tipga mansub bo‘lib, mayin va uzun. Tola chiqishi 35-37 %, tola uzunligi 33-36 mm ni tashkil etadi.
Xorazm-126. «Paxta» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi­ning Xorazm tajriba tayanch punktida Xorazm-125 navidan yakka tanlash yo‘li bilan D.Yo‘ldoshev, K.Matnazarov, A.Iskandarov, A.Hasanova, Sh.I.Ibragimov, I.Bahromov, No Gi Xvalar tomo­nidan yaratilgan.
Nav 1997 yilda davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo‘yi 90-120 sm, piramida-ustunsimon, poyasi yashil, kam tuklangan, ko‘sagi tuxumsimon, 1000 dona chigit mas­sasi 100 g. O‘rtacha hosildorligi 40,8 s.
Vegetasiya davri 119 kun. Bir ko‘sakdagi paxta massasi 5,2 g, tola chiqishi 37,0 %, viltga chidamli. Tolasi V tipga mansub. Mikroneyr ko‘rsatkichi 4,1.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin