Buxoro-6. O‘zPITI Buxoro filialida turlararo duragaylash yo‘li bilan yaratilgan, o‘rtapishar. Ko‘sakdagi paxta massasi 7,2 g. Tola chiqishi 36,5 foiz, tola uzunligi 34 mm, tolaning pishiqligi 4,5-4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 28,3 gk/teks.
Omad. G.S.Zaysev nomidagi g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot institutining olimi R.Kim tomonidan yaratilgan. O‘suv davri 115- 118 kun. G‘o‘zaning bo‘yi 80-90 sm ga boradi. Ko‘saklar tanaga yopishgan holda joylashgan. Ko‘sak massasi 5,0-5,5 g. Hosildorlik 40 sentnYergacha. Tola chiqishi 35-36 foiz. Tola uzunligi esa 33-34 mm ni tashkil qiladi. Tolasi V-tipga mansub. Mikroneyr ko‘rsatgichi 4,5-4,6.
Suvga talabi o‘rtacha, vilt bilan zararlanishi 5-8 foizni tashkil qiladi. Mineral o‘g‘itlarga o‘rtacha talabchan.
«Buxoro-102» g‘o‘za navi O‘zPITIning Buxoro filialida Mualliflari: S.I.Maxsudov, B.O.Mislimov, E.Mavlonov va boshqalar tomonidan yaratilgan. O‘suv davri – 115 -124 kun, hosildorligi – 45-50 s/ga, tola chiqishi – 37-38 %, tola uzunligi – 33,0-34,0 mm, tola pishiqligi – 4,4-4,5 gk, tolaning nisbiy uzilish kuchi – 26,5-27,0 gk/teks, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni – 7,0-8,0 g, 1000 dona chigit vazni – 123-130 g, tolaning metrik raqami – 6000-6004, mikroneyer ko‘rsatkichi – 4,3-4,4, viltga chidamligi – chidamli, tola tipi – IV
«Sulton» g‘o‘za navi O‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot institutida Mualliflar: Namazov Sh., Ibragimov P.Sh., Muratov U. tomonidan yaratilgan. F4(F1G.thurberi x G.raimondi)x G.hirsutum.L. turlararo duragayidan ko‘p martalik tanlash yo‘li bilan yaratilgan. O‘suv davri 115-120 kun, poyasining balandligi– 130-140 sm, hosildorligi– 40-45 s/ga, ko‘sagining vazni – 6-6,5 g, tolasining uzunligi -33-34 mm, mikroneyr ko‘rsatkichi - 4,5-4,6, tolasining chiqimi – 36 %, tolasining mayinligi – 6250-6700, tolasining uzulish uzunligi– 28,0-28,5 gk/teks, tolasining tipi – V.
An-chillaki-1. O‘zbekiston FA o‘simliklar biologiyasi institutida yaratilgan. Nav juda tezpishar, o‘suv davri 100-110 kun. Past bo‘yli bo‘lib, balandligi 60-70 sm gacha. Hosildorligi gektaridan 25-35 sentnYergacha. Nav tezpishar bo‘lganligi uchun vilt kasalligiga chalinguncha rivojlanish davrlarini o‘tishga ulgura oladi. Navni boshoqli don ekinlari yoki ayrim yem-xashak ekinlaridan keyin ekish mumkin. Undan takroriy ekin sifatida yoki qalin tup son hosil qilish uchun foydalanish paxtachilikda yangi yo‘nalishni vujudga keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |