O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Sabzavotchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə82/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

20.2.3.Sabzavotchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Oxirgi yillarda sabzavotchilik tarmog‘i asosiy mahsulotlarining rentabellik darajasi ko‘pchilik, ayniqsa shaharlar atrofida joylashgan xo‘jaliklarda, bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga mos ravishda o‘zgarmoqda. Bu yutuqqa odatda Erkin va shartnoma baholarining ko‘tarilishi hisobiga Yerishilmoqda.
Ammo ko‘pchilik shirkat va fermer xo‘jaliklarda 1 s sabzavotning o‘rtacha to‘liq tannarxi yildan yilga ko‘tarilmoqda. Bunday holat asosan mehnat unumdorligining pastligi, zararkunanda va kasallika qarshi kurash hamda urug‘ xarajatlarining ko‘payishi hisobiga sodir bo‘lmoqda. Ilg‘or xo‘jaliklar va ilmiy-tekshirish institutlari tajriba natijalarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, yuqori va sifatli hosil olish va uning tannarxini pasaytirish uchun quyidagi real imkoniyatlardan to‘laroq foydalanishga e’tibor berish lozim:
Ko‘pchilik sabzavotlarning suvga talabchanligi, uning ildiz sistemasining tuproqda yuza joylashishi va kam rivojlanganini hisobga olib, uni o‘z vaqtida va belgilangan me’yorda sug‘orishni tashkil etish, masalan, bosh piyozni 18-20 marta 500-600 m.kub hajmida; sarimsoqni 7-10 marta 500-600 m.kub hajmida; pomidorni 15-16 marta 600-700 m.kub hajmida; bodringni 12-14 marta 550-600 m.kub hajmida va h.k. Qisqa muddatlarda sug‘orilsa hosildorlik yuqori va sifatli bo‘ladi;
Sabzavot ekinlarini tabiiy va sun’iy unumdorligi yuqori uchastkalarga joylashtirilishi lozim; kuchli sho‘rlanagan yerlarda hosildorlik keskin pasayib ketadi;
Sabzavot ekinlari tuproqdan hosil bilan birga ko‘p miqdorda ozuqa moddalarini olib chiqishini hisobga olib, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish davrida ozuqa moddalariga bo‘lgan talabning keskin tafovutini hisobga olib va h.k. ularni oziqlantirish ilmiy asoslangan miqdorlarda va muddatlarda amalga oshirilishi zarur;
Sabzavotchilikda mineral o‘g‘itlar bilan mahalliy o‘g‘itlar (chirigan go‘ng, sidYeratlar) birga qo‘llanilsa, ularning samaradorligi yuqori bo‘ladi;
Sabzavot ekinlarining oziqlanishida molibden, marganes, bor, mis, rux, kobalt kabi mikroelementlardan foydalanish xam katta ahamiyatga ega. Ulardan foydalanish ekinlar hosildorligini 15-20% ga oshiradi, sifatini yaxshilaydi, kasalliklarga chidamliligini oshiradi;
Ayrim sabzavotlar ko‘chat shaklida ekiladi. Ularni o‘z vaqtida tayyorlash va sifatini ko‘tarish maqsadida yopiq maydon sabzavotchiligini tashkil etish zarur.
Sabzavot ekinlarini boshqa ularga mos ekinlar bilan almashlab ekishni amalga oshirish lozim, ilg‘or xo‘jaliklar tajribasi shuni ko‘rsatadiki bedapoyadan bo‘shagan yerlar, polizlar, shuningdek, dukkaklilar karam, piyoz uchun eng samarali o‘tmishdosh hisoblanadi. Sabzavot ekinlari ko‘pi bilan 3-4 yilda oralatib ekilishi kerak.
Sabzavot ekinlarining hosildorligi va sifatini oshirish uchun eng muhim omil davlat standart (GOST) reyestridan o‘tkazilgan sifatli, toza, sog‘lom unuvchanligi yuqori nav, elita, 1 klass urug‘larini ekish maqsadga muvofiqdir;
Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda)O‘zbekistonda sabzavotning quyidagi navlari yaratildi va rayonlashtirildi:
bodringning (ochiq usul) quyidagi navlari rayonlashtirilgan:
maftun, 10, UZ, 2013 y.,
pomidorning (ochiq usul) quyidagi navlari rayonlashtirilgan: nuravshon F1 .14. UZ.2011 y., Marvarid (chYerri).14. UZ. 2013 y., Turon F1 .14. UZ. 2010 y.,
piyozning Oq dur F1.14. UZ. 2013 y., Faravon F1.14. UZ. 2014 y.,
osh lavlagining diyor .14. UZ. 2010 y., yagona. 14. UZ. 2014 y.,
tarvuzning fermer .12. UZ. 2010 y., sharq ne’mati.14. UZ. 2012 y.,
qovunning dilxush .14. UZ. 2014 y., kichkintoy.14. UZ.2010 y.navlari.
Tovar mahsulotlarini Erkin va shartnoma, bozor iqtisodiyotining qiymat, talab va taklif qonunlari talablari asosida tashkil topgan baholarda sotish va h.k.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin