O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


-jadval O‘zbekistonda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlari, ming tonna



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə88/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

2-jadval
O‘zbekistonda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlari, ming tonna

Yillar

Barcha toifadagi xo‘jaliklar



Shu jumladan

Fermer xo‘jaliklari

Dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari

Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar




Go‘sht (tirik vaznda)

Sut

Go‘sht (tirik vaznda)

Sut

Go‘sht (tirik vaznda)

Sut

Go‘sht (tirik vaznda)

Sut

2005

1061,2

4554,9

22,7

94,7

1002,4

4409,2

36,1

51,0

2006

1139,6

4855,8

24,3

111,2

1078,3

4709,1

37,0

35,5

2007

1208,7

5097,5

29,8

125,4

1147,4

4949,7

31,5

22,4

2008

1288,0

5426,3

32,4

151,6

1223,2

5250,2

32,4

24,5

2009

1367,8

5802,5

35,4

190,9

1300,1

5582,2

32,3

29,4

2010

1461,4

6169,0

37,8

205,0

1389,2

5927,8

34,4

36,2

2011

1564,2

6766,2

41,0

230,1

1481,6

6494,6

41,6

41,5

2012

1672,9

7310,9

45,1

256,8

1583,9

7008,5

43,9

45,6

2013

1787,8

7885,5

49,0

285,6

1690,3

7547,2

48,5

52,7

2014

1906,3

8431,6

55,3

608,6

1800,2

8064,6

50,8

58,4

* O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Yillik statistik to‘plam. Toshkent 2013 yil va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Toshkent 2015 to‘plam materiallari.

Qishloq xo‘jaligi keyingi sohasi chorvachilikda iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Bunda davlat tomonidan qishloq joylaridagi chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi hamda chorvachilik fermer xo‘jaliklarida chorva mollari sonini ko‘paytirish, naslchilik ishlarini kuchaytirish, zooveterinariya servis hizmatlarini ko‘rsatishni kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilash choralari maqsad qilib qo‘yildi. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 apreldagi 67-sonli “2006—2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi PQ-842-sonli “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlarini ko‘rsatish mumkin. Chorvachilik sohasidagi islohotlar natijasida, shuningdek, xorijdan keltirilgan zotdor mollar hisobiga ham 2013 yil boshiga kelib 2004 yilga nisbatan qoramollar bosh soni 5,9 mln dan 10,1 mln boshga yoki 171,2 foizga, shundan sigirlar soni mos ravishda 2,5 mln dan 3,9 mln ga, yoki 156,0 foizga, qo‘y va echkilar soni 9,9 mln boshdan 17,1 mln boshga yoki 172,7 foizga, parrandalar soni esa 17,7 mln donadan 47,5 mln donaga yoki 2,6 martaga o‘sdi8.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi
PQ-1047-sonli“Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bekamu-ko‘st to‘ldirish, asosan qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va tehnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korhonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan manfaatdor xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki iste’mol bozorini ular bilan to‘ldirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib unda 2009 yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab chiqarishning asosiy parametrlari, respublika viloyatlari bo‘yicha go‘sht va sut yetishtirishning prognoz hajmlari keltirilgan, shuningdek, respublika viloyatlarida 2009—2011 yillarda go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-tehnologiyalar va ixcham uskunalardan foydalanadigan yangi korhonalar, shuningdek xom sut tayyorlash bo‘yicha servis punktlarini barpo etish dasturi ishlab chiqilgan. Shuningdek ushbu qarorda 2009 yilning 1 iyulidan boshlab go‘sht-sut mahsulotini sanoat ko‘lamida qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasidagi faoliyat faqat yuridik shaxs shaklida tashkil qilingan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan bo‘lib, go‘sht va sutni qayta ishlaydigan korhonalarga o‘z mahsulotini avtofurgonlarda aholiga naqd pulga sotish huquqi berilgan. Keyingi yillarda, ya’ni 2011 va 2013 yillarda, ushbu qarorga qo‘shimchalar kiritildi va u hayotga tatbiq etilmoqda.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin