O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Qoramolchilikning intensiv rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə87/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

21.5.Qoramolchilikning intensiv rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli

O‘zbekistonda uzoq yillar maxsuldorligi past, issiq iqlim sharoitiga moslashgan, kasalliklarga chidamli qoramolchilik rivojlantirilgan. Tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy mamlakatlardan zotdor va metis qoramollar sotib olingan. Respublika olimlari va mutaxassislari ularni iqlim sharoitiga moslashtirish ishlarini amalga oshirdilar va hokazo.


O‘zbekistonda qoramollarning sonini va ularning maxsuldorligini oshirish, binobarin, sut va go‘sht mahsulotlarini ko‘paytirishga erishildi (1-jadval).
1-jadval
O‘zbekistonda qoramollar va sigirlar bosh sonining davrlar bo‘yicha o‘zgarishi dinamikasi

Yillar

Jami qoramollar,
ming bosh

Shu jumladan sigirlar

Jami qoramol boshiga nisbatan, sigirlar, %

2005

6571,4

2821,3

42,9

2006

7044,6

2982,5

42,3

2007

7457,9

3124,9

41,9

2008

8026,3

3327,1

41,4

2009

8510,7

3535,7

41,5

2010

9094,7

3758,1

41,3

2011

9642,7

3878,4

40,2

2012

10141,3

3935,0

38,8

2013

10607,3

4020,6

37,9

2014

10995,2

4084,3

37,1

* O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Yillik statistik to‘plam. Toshkent 2013 yil va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Toshkent 2015 to‘plam materiallari.

Taxlil shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda 2005-2014 yillarda qoramollarning bosh soni keskin oshgan. 2014 yili 2005 yilga nisbatan ularning bosh soni 4423,8 ming boshga yoki 67,3 % ga ko‘paygan. Shu jumladan sigirlar soni xam oshib, 2005 yildagi 2821,3 boshdan 2014 yilda 4084,3 ming boshga yetgan hamda 1263 boshga yoki 44,8 % ga oshgan. Lekin bu davrda sigirlarning salmog‘i 42,9 % dan 37,1 % ga kamaygan. Shu yillarda qormallar tarkibida boshqa yirik shoxlilarning soni va salmog‘i oshib borgan. Bu ko‘rsatkich 2014 yilda 2005 yilga nisbatan 51,7 % dan 62,9 % ga ko‘tarilgan. Tahlil etilayotgan davrda, ekstensiv rivojlanish hisobiga bo‘lsa ham, chorvachilik mahsulotlari, ya’ni go‘sht va sut ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlari, turli toifalar bo‘yicha ijobiy tomonga quyidagicha o‘zgarib borgan (2-jadval).


Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, sigirlardan sut sog‘ib olish, so‘yilgan mollarning vazni va boshqa mahsuldorlik ko‘rsatkichlarida ham o‘zgarishlar bo‘lgan. 2014 yili 2005 yilga nisbatan bir bosh sigirdan sog‘ib olingan sut qariyb 28 % ga oshgan. So‘yilgan qoramolning tirik vazni ham 2014 yilda 2005 yilga nisbatan 1,8 martga oshgan. Mahsuldorlikning oshishi yalpi sut va go‘sht mahsulotlarining hajmiga ijobiy ta’sir qilgan. Shuningdek, bu yerda chetdan keltirilgan zotdor qoramollar salmog‘ining yildan-yilga oshib borishi ham muhim rol o‘ynamoqda.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin