O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Pillachilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə95/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

21.13.Pillachilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Tarmoqning asosiy mahsuloti xom so‘ngra kerakli darajada quritilgan pilladir. Pillani qayta ishlash jarayonida ip, undan esa ipaklik gazlamalar ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlardan insonlar uchun o‘ta yumshoq, silliq va chidamli kiyim-kechaklar tayyorlanadi. Uzok yillar davomida ulardan samolyot, kosmik kemalarga parashyut, elektr simlarida izolyator, tibbiyotda, jarroxlikda tikish ipi sifatida va boshqa tarmoqlarda turli maqsadlarda foydalanib kelingan.
Keyinchalik bu buyumlar kimyoviy(sun’iy) tolalardan tayyorlanishi tufayli ipak ipi va gazlamasi asosan insonlar iste’moli uchun foydalanilmoqda.
Pilla ipidan eng chiroyli va nafis atlas, adras, shoyi, duxoba, gilam va boshqa xil matolar to‘qiladi. Bir sentnYer xom-pilladan 100-150 metrgacha ipak gazlama to‘qiladi. Tayyorlangan kiyimlarning chakana baholarda qiymati 500-650 ming so‘mga teng.
Pillaning yetilishi juda murakkab jarayon. Uning urug‘i sanoat tehnologiyasi asosida olinadi va rivojlantiriladi. 20-30 kun ichida qurtning og‘irligi 10-14 marta ko‘payadi. Buning uchun qurt yashil tut bargi bilan intensiv oziqlantiriladi. Qurtlar1-2 yoshida har 2-3 soatda, 3-4 yoshda – har 3-4 soatda, 5 yoshida esa – har 4-5 soatda takror oziqlantiriladi. Bir gramm pilla urug‘i 20-30 kun o‘sish davrida 50-60 kg yashil barg iste’mol qiladi va 3-4 kg xom pillaga aylanadi. 1kg pilla ishlab chiqarish uchun 15-17 kg barg sarflanadi.
Qurt go‘ngi o‘simlikchilikda organik o‘g‘it, sanoatda kislota olish uchun ishlatiladi.
Pillani qayta ishlash jarayonida tashkil topgan ko‘kolkalar mo‘yna chorvachiligida qo‘shimcha ozuqa shaklida ishlatiladi. Ko‘kolkaning to‘rtdan bir qismi yog‘ qolgan qismi esa turli xil mineral moddalardan iborat.
Xom pilla ishlab chiqarishda mehnat resurslari, band bo‘lgan binolar va boshqa resurslar mavsumiy foydalaniladi. Agar ular bir marta tashkil etsa 20-30 kun, ikki marta-40-60 kun foydalaniladi, xolos. Ammo, ko‘pchilik xo‘jaliklarda qo‘shimcha tarmoq sifatida rivojlantiriladi.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin