O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


G’- ekin maydoni, ga E = m*n = m



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə118/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

G’- ekin maydoni, ga
E = m*n = m3/ ga (3)
bu yerda: m- ekin maydonini bir marotaba sug’orish me’yori, m3/ga
n- ekinni sug’orishlar soni, marta
3. Sug’orish suvi mahsuldorligi:
a) miqdor ko’rinishida:
Mm suv = YAM/ Wbrutto = ts/m3 (4)
b) qiymat ko’rinishida:
Mq suv = YAMQ/ Wbrutto = so’m/m3 (5)
bularda: YAM- yalpi mahsulot miqdori, ts
YAMQ-yalpi mahsulot qiymati, so’m
4.YAlpi mahsulot miqdori:
YAM = G’*X = ts (6)
bunda: G’- ekin maydoni, ga
X- ekin hosildorligi, ts/ga
5.YAlpi mahsulot qiymati:
YAMQ = YAM*Xb = so’m (7)
bu yerda: Xb- 1ts ekinni xarid yoki sotilishi bahosi, so’m/ts
6.Foyda:
F = YAMQ - Xjami = so’m (8)
bunda: Xjami – ekin yetishtirish uchun yil davomida sarflangan jami harajat, so’m
Xjami = YAM* T1ts = so’m (9)
bunda: T1ts - 1ts ekinni yetishtirish tannarxi, so’m/ts
7.1000m3 suv hisobiga olingan:
a) yalpi mahsulot miqdori:
YAM1000m3 = YAM/ Wbrutto = ts/ming m3 (10)
b) yalpi mahsulot qiymati:
YAMQ1000m3 = YAMQ/ Wbrutto = so’m/ming m3 (11)

v) foyda:


F1000m3 = G’/ Wbrutto = so’m/ming m3 (12)

3-Topshiriq. Xo’jalikda sug’orish suvidan foydalanish iqtisodiy samaradorligini aniqlang.


Topshiriqni bajarish uchun berilgan ma’lumotlar.
Berilgan ma’lumotlar
10-jadval



Ko’rsatkichlar

O’lchov birligi

Y i l l a r

20__

20__

20__

1.

Ekin maydoni (paxta)

Ga

10..

9..

8..

2.

Hosildorlik

ts/ga

30,1

32,5

31,0

3.

YAlpi xosil

TS










4.

1 ts paxtani o’rtacha xarid bahosi

so’m/ ts


360..


420..


560..


5.

1 ts paxtani tannarxi

so’m/ts

29140

33750

44370

6.

YAlpi mahsulot

m.s










7.

I/ch xarajatlari

m.s










8.

Suv manbaidan olingan suv miqdori

mln.m3



7,1


6,0


5,3


9.

Sug’orish sistemasi FIK

-

0,72

0,70

0,73

10.

Sug’orishlar soni (o’rtacha

Marta

4,1

4,2

4,0

11.

1 marta sug’orish me’yori

m3/ga

1100

1200

1000

Ushbu jadvalning 1,3-qatorlaridagi oxirgi ikkita nuqta o’rniga talaba variant raqamini qo’yadi. Jadvaldagi baholar «shartli» berilgan.
11-jadval
Sug’orish suvidan foydalanish iqtisodiy samaradorligini aniqlash





Ko’rsatkichlar

O’lchov birligi

Y i l l a r

20__

20__

20__

1.

Suv manbaidan olingan suv miqdori

mln.m3












2.

Sug’orishga berilgan suv miqdori

mln.m3












3.

Sug’orish sistemasi FIK

-











4.

Suvdan foydalanish koyeffitsiyenti

-











5.

1000 m3 suv hisobiga olingan:
a) yalpi mahsulot miqdori;
b) yalpi mahsulot qiymati;
v) foyda

ts/ming m3


so’m/ming m3
so’m/ ming m3










Topshiriqni bajarish tartibi.
7-jadval ma’lumotlaridan va (1)- (12) formulalardan foydalanib quyidagilar 8-jadvalda aniqlansin va iqtisodiy tahlil qilinsin:

  1. Sug’orishga berilgan suv miqdori.

  2. Suvdan foydalanish koyeffitsiyenti.

  3. 1000 m3 suv hisobiga olingan:

a) yalpi mahsulot miqdori;
b) yalpi mahsulot qiymati;
v) foyda.


10–amaliy mashg’ulot. Mavzu: «Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi » (2 soat). (1-qism)


1. Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar:

  1. Qishloq xo’jaligidagi mehnatning o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Mehnat resurslari.

  3. Iqtisodiy faol mehnat resurslari.

  4. Mavjud bo’lgan mehnat resurslaridan foydalanish koyeffitsiyenti.

  5. Mehnat resurslarining xo’jalik faoliyatida qatnashishi (1 oyda, 1 yilda).

  6. Belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koyeffitsiyenti.

  7. Mehnatning mavsumiylik koyeffitsiyenti.

  8. Mehnatning unumdorligi darajasi.

  9. Ishsizlar.

  10. Mehnat bozori (mehnat birjasi).

  11. Mehnat bozori nazariyasining asoschilari.

  12. Mehnat bozoridagi iqtisodiy munosabat buyumi.

YUqorida qayd qilingan tayanch so’z va iboralar uchun mos keladigan ta’riflarni aniqlang:

  1. Bir ishchi yoki hizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi-kuni, kishi-soatini) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo’lgan vaqtga nisbati.

  2. Mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanmagan qismi.

  3. Insonning mehnat qilish qobiliyati.

  4. Bir yil, bir oy mobaynida eng ko’p ish kunini shu davrdagi eng kam ish kuni miqdoriga nisbati.

  5. Qishloq hududlari (jumladan, qishloq xo’jaligi) dagi fuqarolarning mehnat qilish imkoniyatini, ya’ni taklifini, ularni ishga yollash (sotib olish), ya’ni ish bilan ta’minlovchilar hamda ijtimoiy-iqtisodiy himoya qiluvchilar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qonun talablari darajasida amalga oshiradigan maskan (hudud) yoki sub’ekt.

  6. Haqiqatda sarflangan jami ish vaqti miqdorini shu davrda ishlab chiqilgan mahsulot miqdoriga, qiymatiga hamda bajarilgan ish hajmiga nisbati.

  7. SHotlandiyalik iqtisodchi A.Smit, ingliz iqtisodchisi D.Rikardo, Nobel mukofoti lauriyati, amerikalik iqtisodchi Paul A.Samuyelson va boshqa olimlar.

  8. Xo’jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni sarflangan mehnat resurslarining umumiy miqdoriga nisbati.

  9. Mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan 16 – 60 yoshdagi erkaklar, 16 – 55 yoshdagi ayollar.

  10. Mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog’liqligi; mehnatdan foydalanishga ishlab chiqarish mavsumiyligining ta’sir qilishi; qishloq xo’jaligidagi mehnatning o’simliklar hamda tirik mavjudotlar (hayvonlar, o’simliklar) bilan uzviy bog’langanligi; qishloqdagi mehnat saviyasi va bilim darajasining nisbatan pastligi; tarmoqda tor doiradagi ixtisoslashishning kamligi; qishloq xo’jaligida sarflanayotgan mehnat tarkibida ayollar va yoshlar mehnati salmog’i (hissasi) ning ko’pligi; qishloq xo’jaligida mehnatga to’lanayotgan haq va uning ijtimoiy himoyalanishi boshqa tarmoqlardagiga nisbatan pastligi va boshqalar.

  11. Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qatnashgan mehnat resurslari miqdorini (kishi) xo’jalikda shartnoma (buyruq) bo’yicha mavjud bo’lgan mehnat resurslari miqdoriga nisbati.

  12. Mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan 16 – 60 yoshdagi erkaklar, 16 – 55 yoshdagi ayollar, shu bilan birgalikda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lgan o’smirlar va nafaqaxo’rlardir.

Javoblar va ularni tekshirish jadvali

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

J





































V/





































2. Quyidagi javoblarni to’g’ri yoki noto’g’riligini tasdiqlang:

  1. Mamlakatimizning qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan barcha talablarini qondirishda jonli va buyumlashgan mehnatning ahamiyati ulkan. CHunki u qiymatni yaratadi, qolaversa, insonning ongli–maqsadga yo’naltirilgan faoliyatidir.

  2. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi inson mehnati hamda mehnat buyumlari va vositalari, tabiiy sharoitlarni e’tiborga olgan holda samarali uyg’unlashishini talab etadi.

  3. Turlicha tabiiy sharoitda, har xil darajada ixtisoslashgan xo’jaliklarda bir xil ish jarayonlarini amalga oshirish uchun har xil miqdorda bir turdagi mehnat sarflanmaydi, uning samaradorligi ham bir-biridan farq qilmaydi.

  4. Kech kuz, qish va erta bahorda mehnat sarfi keskin kamaymaydi, hosilni yig’ib olishda unga bo’lgan talab ortmaydi. SHu davrda mavsumiy ishchilar shartnoma asosida jalb etilmaydi.

  5. Mehnat unumdorligi deganda, foydalanilayotgan texnikalar, tehnologiyalar yordamida bir birlikdagi mahsulotni yetishtirish, ishni bajarish uchun sarflanadigan vaqtning miqdorini nazarda tutish lozim.

  6. Mehnat resurslari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ishlab chiqarish resurslarining eng faol omili sifatida katta ahamiyatga ega.

  7. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslarining miqdoriga, tarkibiga, malakasiga va ulardan foydalanish samaradorligiga bog’liq emas.

  8. Qishloq xo’jaligida doimiy ishchilarga - muddatsiz ishga qabul qilinganlar; doimiy ishchilarga - muddatsiz ishga qabul qilinganlar; vaqtinchalik ishchilarga - 2 oygacha muddatga qabul qilinganlar kiritiladi.

  9. Korhonalarning mehnat resurslaridan tashqari ba’zi hollarda qishloq xo’jaligida (mavsumiy ishlarda) mehnat shartnomasi asosida chetdan jalb qilinganlar mehnatidan ham foydalaniladi, shu jumladan yollanma ishchilar ham.

  10. Tarmoqda band bo’lgan mehnat resurslari miqdori va salmog’ining pasayishi respublikada amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy siyosatning ma’lum darajadagi natijasidir.

  11. Mehnat birjalari murojaat etgan ishsizlarni belgilangan tartibda ro’yxatga olmaydi, ularga ishsizlar maqomini bera olmaydi.

  12. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish kuchiga bo’lgan taklifning talabdan oshib ketishi ish kuchi (mehnat) bozorini bo’lishini muqarrar qilib qo’yadi.




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin