24-mavzu: Mevachilik iqtisodiyoti Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda meva va meva mahsulotlarini o’rni va ahamiyati. Meva yetishtirishda xarajatlardan samarali foydalanish imkoniyatlari. Meva yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi masalalari. Meva yetishtirishda mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. Qishloq xo‘jaligida mevalarni sifatini oshirish masalalari va bu yo’nalishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribalari.
25-mavzu: Sabzavotchilik iqtisodiyoti Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda sabzavot va sabzavot mahsulotlarini o’rni va ahamiyati. Sabzavot yetishtirishda xarajatlardan samarali foydalanish imkoniyatlari. Sabzavot yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi masalalari. Sabzavot yetishtirishda mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. Qishloq xo‘jaligida sabzavotlarni sifatini oshirish masalalari va bu yo’nalishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribalari.
26-mavzu: Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti Respublika iqtisodiy barqarorligi xamda mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda chorvachilik tarmog‘ining tutgan o’rni. Chorvachilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibi. Chorvachilik tarmoqlari rivojining hozirgi xolati va istiqbollari. Chorvachilik tarmoqlari faoliyatinig samaradorlik ko’rsatkichlari. Qoramolchilik, qo‘ychilik, parandachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik iqtisodiyoti. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar ularni aniqlash tartibi. Chorvachilik tarmoqlari samaradorligini oshishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Chorvachilikda ilg‘or chet el tajribalari va ularni qo‘llash imkoniyatlari.
III.Amaliy mashg‘ulotlar bo’yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanining predmeti, vazifalari va uslublari
O‘zbekistonda agrar islohotlarning mohiyati, bosqichlari va asosiy yo’nalishlari
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada bir akadem guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tiladi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot tehnologiyalaridan foydalaniladi.