Sv .. yem ,lMu = yem (4.5)
bunda: Mu-Mehnatning unumdorlik darajasi, kishi-kuni, soati, so‘m;
Sv-mahsulot yetishtirish, hizmat ko‘rsatish uchun sarflangan ish vaqti, kishi-kuni,
soatda;
Em - sarflangan vaqt ichida yetishtirilgan mahsulot, q, so‘m.
Bu ko‘rsatkich yetishtirilayotgan bir birlikdagi (tsentnYer, tonna, so‘m) mahsulot uchun qancha sarflanganligini yoki sarflangan bir birlikdagi vaqt evaziga qancha mahsulot yetishtirilganligining, hizmatlar bajarilganligining darajasini ifodalaydi.
Mahsulot birligiga sarflangan jonli mehnat miqdori kamaysa yoki sarflangan bir birlik mehnat evaziga yetishtirilgan mahsulot birligi ko‘paysa, mehnat unumdorligi oshganligidan dalolat beradi. Bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligida ayrim ish, mahsulot turlari, davrlari xamda xo‘jalik mikyosida natura xamda qiymat ko‘rinishida aniklanadi. Uning darajasini qiymat ko‘rinishida bir necha yillar davomida aniqlashda kiyosiy baholardan foydalanish lozim. Shunda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘zgarishining ta’siri bartaraf etiladi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida katnashayotgan mehnat resurslaridan kanday foydalanilayotganlik xamda sarflanayotgan mehnatning unumdorlik darajasi aniklanib, chukur taxlil etiladi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichiga asoslangan xolda mehnat resurslaridan foydalanish darajasi, uni yaxshilash va sarflanishi zarur bo‘lgan mehnatning unumdorligini oshirish uchun kanday tadbirlarni ishlab chiqish kerakligi belgilanadi.
Samarali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uning mehnat resurslari bilan me’yor bo‘yicha ta’minlashishiga bog‘liq. Ishlab chiqarishning ish kuchi bilan yetarlicha ta’minlanmasligi ishlab chiqarish tehnologiyasiga rioya kilinmasligiga, pirovard natijada mahsulotni yetarlicha olinmasligiga olib keladi. Mehnat resurslari bilan me’yordan ortik darajada ta’minlanganlik esa ish kuchidan samarasiz foydalanishga va mehnat unumdorligining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Mehnat unumdorligi-xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan hizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbati, ya’ni Mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi.
Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning usishiga bog‘liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini xamda ijtimoiy-siyosiy tizimning rivojlanishini belgilab beradi.
Mehnatning unumdorligi darajasi.
Mehnat unumdorligining mutlak (absolyut) darajasini aniqlash uchun haqiqatda sarflangan jami ish vaqti miqdorini shu davrda ishlab chikilgan mahsulot miqdoriga, qiymatiga xamda bajarilgan ish xajmiga taksimlash zarur. Bu mehnatni tejash iqtisodiy qonunining talabi.
Amaliyotda esa u xaqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotning, bajarilgan ishning miqdori yoki qiymatini unga sarflangan ish vaqtiga taksimlash natijasida aniklanmoqda. Bunday usulda ular bir-birlarini inkor etmaydi, balki tuldiradi.
Bu ko‘rsatkich yetishtirilayotgan bir birlikdagi (sentnYer, tonna, so‘m) mahsulot uchun qancha vaqt sarflanganligini yoki sarflangan bir birlikdagi vaqt evaziga qancha mahsulot yetishtirilganligining, hizmatlar bajarilganligining darajasini ifodalaydi. Mahsulot birligiga sarflangan jonli Mehnat miqdori kamaysa yoki sarflangan bir birlik mehnat evaziga yetishtirilgan mahsulot birligi ko‘paysa, mehnat unumdorligi oshganligidan dalolat beradi. Bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligida ayrim ish, mahsulot turlari, davrlari xamda xo‘jalik mikyosida natura xamda qiymat ko‘rinishida aniklanadi. Uning darajasini qiymat ko‘rinishida bir necha yillar davomida aniqlashda kiyosiy baholardan foydalanish lozim. Shunda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘zgarishining ta’siri bartaraf etiladi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida katnashayotgan mehnat resurslaridan kanday foydalanilayotganlik xamda sarflanayotgan mehnatning unumdorlik darajasi aniklanib, chuqur taxlil etiladi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichiga asoslangan xolda mehnat resurslaridan foydalanish darajasi, uni yaxshilash va sarflanishi zarur bo‘lgan mehnatning unumdorligini oshirish uchun kanday tadbirlarni ishlab chiqish kerakligi belgilanadi.
Mehnat unumdorligining oshishi:
birinchidan, ishlab chiqarishning texnika bilan kurollanish darajasiga xamda ishlab chiqarishdagi ilm-fan yutuqlari va mehnatning energiya bilan ta’min etilish darajasiga;
-ikkinchidan xodimlarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga;
-uchinchidan ishlab chiqarishning texnika bilan kurollanish darajasi va yuqori tehnologiya darajasi o‘z-o‘zidan ko‘tilgan natijalarni bermaydi, buning uchun xodim lozim darajadagi malakaga ega bo‘lishiga;
-turtinchidan ma’lum darajada ishlab chiqarishdagi Mehnatning tabiiy, sanitariya- gigiyena sharoitlari kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan yil davomida to‘lik va samarali foydalanish xamda ularning mehnatlari unumdorligini oshirish uchun quyidagi chora- tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadga muvofikdir:
tarmoqning rivojlanishini e’tiborga olgan xolda qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish;
tarmoqning ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy-texnika ta’minotini yuksaltirish;
qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalarni, samarali tehnologiyalarni izchillik bilan tatbik etish;
qishloqda ishlash va yashash uchun barcha sharoitlarni yaratish;
Mehnatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va rivojlantirish;
kadrlarni tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy, ma’naviy ragbatlantirishni takomillashtirish va boshqalar.
Bu kabi chora-tadbirlarning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy etilishi tarmoqdagi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilab, Mehnat unumdorligi oshishiga ijobiy ta’sir etadi.
Umuminsoniy nuktai-nazardan Mehnatni motivatsiyalash mexanizmi bu insonni uning mehnat faoliyati natijasida uzining usib borayotgan moddiy va ma’naviy extiyojlarini kondirishga undovchi, jismoniy, akliy va ma’naviy-ruxiy xatti- xarakatlarini faollashtirishga yunaltirgan tadbirlar majmuidir
Nazorat va muhkama uchun savollar: Mehnat resurslari nima
Mehnat unumdorligi nima
Mehnat resurslari, mehnat unumdorligining ahamiyati nimada
Mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari va ular kanday aniklanadi