O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl


Shaharliklar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə10/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Shaharliklar jismoniy tarbiyasi. O'rta asrda shaharlarning ko'payishi (IX-XIV) xalq jismoniy madaniyati yangi shakllarining rivojlanishiga olib keldi. Shahar hunarmandlari, mehnatkashlari shaharni himoya qilish maqsadida qilichbozlik va o'q otish bo'yicha «birodarlik» jamiyatini tuzganlar. Bunday faoliyatlar Fransiya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Shveysariya kabi davlatlarda namunali bo'lgan. Shu asosda turli xil o'yinlar va ko'ngilochar tadbirlar ham tashkil qilingan. Angliyaning maydonlari va keng ko'chalarida sul (futbolga o'xshash o'yin) ommaviy ravishda o'tkazilib, tomoshabinlarni jalb etgan. Shahardagi ommaviy sayllarda akrobatika, kurash, mushtlashish kabi o'yin-mashqlar namoyish etilgan.

O'rta asr oxirlarida (XV-XVI a.a.) shahar zodagonlari kichik doirada o'q otish va qilichbozlik bo'yicha tuzgan «birodarlik» jamiyatlari mustahkamlana bordi. Shahardagi boylar jismoniy mashqlar va o'yinlar o'tkazish uchun maxsus joylar, moslamalar qura boshladi. Bunda asosan tennis, golf, kriketga katta e'tibor berildi.

Savdo va sanoatning birmuncha taraqqiy etishi o'rta asr shaharlarining o'sishiga olib keldi. Sex uyushmalariga birlashgan hunarmandlar shaharlarlaming markaziy figurasi va moddiy madaniyatining chinakam yaratuvchilari bo'ldi.

Shaharliklar shaharlarni talab kelgan va ularning savdosiga to'siq bo'lgan feodallarga qarshi kurashda o'zlarining qo'lida bo'lgan barcha vositalardan, jumladan jismoniy tarbiyadan ham foydalandilar. Jismoniy tarbiyaning asosini xalq jismoniy mashqlari va o'yinlari tashkil etar edi. Sex ishlab chiqarish uyushmalari ritsarlaming hujumi vaqtida piyoda askarlar otryadiga aylanib, shahar lashkarlarini tashkil etar va feodal otliq askarlariga qarshi muvaffaqiyatli harakat qilar edi.

Keyinroq shaharlarda maxsus yoy otuvchilar hamda qilichbozlar va nayzabozlaming birlashmalari vujudga kelib, ular qardoshlik birlashmalari deb nom oldi. Qilichbozlar qardoshliklariga nayzabozlik, qilichbozlik va oybolta irg'itishga o'rgatilar va mashq qilinar edi. Bu yerda qurol bilan zarba berish va zarbani qaytarish usullari, qurolsiz otliq askaming qurolli otliq askarga qarshi kurash usullari; tutish, bo'g’ish va boshqa elemmtlarni o'z ichiga olgan erkin kurash usullari o'rgatilar edi. Qilichbozlar qardoshliklari ishtirok etishni xohlagan barcha shaharliklar o'rtasida ochiq musobaqalar o'tkazar edi.

Yoy otuvchilaming qardoshlik uyushmalarida shaharliklarga kamalak va kamondan, keyinchalik esa, XIV-XV asrlardan boshlab o'q otadigan quroldan otishga o'rgatilar edi. O'q otish musobaqalari turli nishonlarga otilar edi. Langarcho'p uchiga bog'langan qush ko'pincha nishon vazifasini bajarar edi. Yoy yoki kamon otish vaqtida masofa 125-150 qadamga yetar edi. O'q otadigan qurol paydo bo'lgan vaqtda otish masofasi ancha kam o'zgardi, chunki dastlabki miltiqlar hali takomillashmagan edi. Xalq bayrami programmasiga qilichbozlik va o'q otish musobaqalaridan tashqari, odatda, yugurish, sakrash, kurashish, poyga va eshkak eshish bo'yicha poyga qilishga doir musobaqalar ham kiritilar edi.

Qurollar o'zboshimcha mahalliy feodal ritsarlarga qarshi kurashda shahar lashkarining harbiy qudratiga tayanar va shuning uchun shaharliklarning harbiy- jismoniy tayyorgarkigini takomillashtirishda shaharlami qo'llab-quvvatlar edi. Shaharlarda kamalak otish odatini rag'batlantirish yuzasidan korollaming ko'p sonli farmoyishlari chiqarilgan edi. Korollar shaharliklarni bevosita harbiy tayyorgarlikdan chakg'itadigan o'yinlarnigina ta'qiqlar edilar.

Shaharliklar hayotida to'p bilan o'ynaladigan turli xalq o'yinlari keng tarqalgan edi. Ingliz shaharlan ko'chalarida futbol o'ynalar edi. Fransiyada «kross» va «jo de pom» singari o'yinlar juda ommalashgan edi. Shaharlar katta bo'lmaguncha, barcha o'yinlar va musobaqalar shahardan tashqaridagi dala va yaylovlarda o'tkazilar edi. Biroq keyinchalik shaharlar o'sib, shahar atrofidagi yerlar poliz ekinlari va bog'lar bilan band bo'lgandan keyin holat jiddiy o'zgardi-o'yinlar shahar ko'chalarida o'tkazila boshlandi. Ko'tarilayotgan shahar burjuaziyasi bu o'yinlarni ta’qiqlash uchun harakat qila boshladi. Masalan, 1314 yil London savdogarlari iltimosi bilan ingliz koroli Eduard II shahar ichida katta to'p bilan o'ynaladigan o'yinlarni tasodifiy tomoshabinlar, yo'lovchilar va hatto imoratlar uchun xavfli, deb ta’qiqladi.

«Jo de pom» o'yinidagi o'zgarishlar shahar sharoitlarining o'yinlar taraqqiy etishiga bo'lgan ta’sirini yaqqol ko'rsatadi. XIV asrgacha «jo de pom» o'yini hamma joyda: dalada, ritsarlik qal’alarida, shahar qal’alari yonida, cherkov maydonlanda va boshqa yerlarda o'ynalar edi. Endi esa bu o'yin uchun atrofi yopilgan maxsus maydonlar qura boshladilar. Bu maydonlar ustiga to'r o'rnatilib, bu to'r ustidan to'pni ilgarigidek qo'l bilan emas, balki raketka yordamida qaytarib otish lozim edi.


  1. asr oxirida Fransiyada bu o'yin uchun hatto maxsus binolar ham qurilgan.

Angliyada futbol o'yini ham taxminan xuddi shunday taraqqiy etdi. Ilgarigi vaqtlarda bu o'yin dehqonlar o'yini edi. Hosil yig'ib olingandan keyin qo'shni qishloq dehqonlari hosili o'rib olingan dalalarda katta to'p bilan o'ynar edilar. Shaharliklar markaziy bozor maydonida yoki ko'chalarda futbol o’ynar edilar. Bu xol ko'pincha tartibsizlikka, shahardagi normal harakatning buzilishiga olib kelar edi. Shuning uchun asta-sekin o'ynaladigan joy va o'yinchilar sonini cheklovchi qoidalar yaratila boshlandi. Biroq ba’zi shaharlarda ko'chada o'ynaladigan o'yinlar XIX asming o'rtalariga qadar davom etib keldi.

O'rta asr shaharlarida akrobatlar va ayniqsa darbozlaming chiqishlari juda ham ommalashgan edi Darbozlar baland qilib tortilgan arqon ustida yuribgina qolmasdan, shu bilan birga, unda turli mashqlarni ham bajarar edilar. Ularning ko'pgina mashqlari, masalan, osilgan holatdan tiralib gavdani ko'tarish va turli - tuman aylanma harakatlar, keyinchalik gorizontal langar cho'pga-turnikning timsoliga o’tkazilar edi. Akrobatika mashqlaridan shaharliklar ichida g'oyat ommalashgan turi piramida tuzish edi. Akrobatlar turli murakkab sakrashlarni ham bajarishar edi. Keyinroq shaharlarda oshiq o'yini, karta o'yini va shunga o'xshashlar ham keng tarqaldi.

O'rta asr universitetlarining o'quv programmalarida jismoniy tarbiyaning yo'qligi talabalar orasida jismoniy mashqlarning tarqalishiga halaqit bermadi. Ko'pgina talabalar yoy otish va qilichbozlik uyushmalariga kirar edilar. Talabalar o'rtasida ko'pincha kurash va mushtlashish musobaqalari uyushtirilar edi. Talabalarning klublarida qilichbozlik, yog'och otda chavandozlik qilish va akrabatika qilish mashqlari ham o'tkazilar edi.

Shahar ashodalan jismoniy tarbiyasi So'nggi o'rta asr davrida shaharliklar ommasi bir-biridan keskin farq qiluvchi uch guruhdan: patritsiylar, byurgerlar va plebeylar gruppasidan iborat edi. Patritsiylar va byurgerlar shaharlaming xojayinlari bo'lib, hunarmandlar va shogirdlarni shafqatsiz ekspluatasiya qilar edilar. Shaharlarda aslzodalar jismoniy madaniyatining ravnaq topish jarayoni va keng xalq ommasi jismoniy tarbiyasining nisbatan tushkunligi sodir bo'lmoqda edi. XV asrda o'qchi uyushmalar shahar patritsiylarining harbiy, sport va politsiya xizmatining markaziga aylangan edi. Patritsiylar yoydan va pistoletdan o'q otish uchun maxsus uylar qurar, shahar va shaharlararo otish musobaqalari o'tkazar edilar. Qilichbozlar qardoshliklari ham sex aslzodalarining biqinib yashovchi tashkilotiga aylanib qoldi. Bu tashkilotlarga kirish uchun qilichbozlik san’atidan sinovdan o'tibgina qolmasdan, shu bilan birga shunga muvofiq mulk senziga ham ega bo'lish lozim edi.


  1. asrning oxirlariga kelib shahar patritsiyati o'z rezidensiyalarini lansknextlar kuchi bilan himoya qila boshladi. Bu hoi o'qchi uyushmalar va qilichbozlar qardoshliklarining harbiy amaliy ahamiyatining pasayishiga olib keldi. Otish va qilichbozlik mashg'ulotlari shahar aslzodalarining foydali va ko'ngilli tomoshalaridan biriga aylanib qoldi. Shahar bayramlari professional darbozlar, pantomimlar, harakatli o'yinlar, raqslar bilan to'ldirib borildi. Patritsiyan yoshlari raqslarga tushish va to'p o'ynashdan tashqari otda yurishga, ov qilishga va usti yopiq hovuzlarda cho'milishga qiziqar edilar. O'z navbatida byurgerlar ham jon kuydirib, oz imtiyozlarini himoya qilar va mehnatkashlaming qilichbozlik uyushmalari va qilichbozlar qardoshliklarida qatnashishlariga yo'l qo'ymas edilar.

O'rta asrlarda o'q otish qurollarining kashf etilishi ritsarlik tarbiya tizimi barham topishining muhim sabablaridan biridir. Endilikda shahar va qishloq aholisi o'rtasida jismoniy mashqlar turli xil o'yinlar bilan ommaviy shug'ullanish vaziyati yuzaga kela boshladi. Shahar va qishloqlarda o'zlariga xos bo'Igan an'analar, bayramlarda katta ziyofatlar uyushtirib, kurash, mushtlashish va boshqa mashq-o'yinlar namoyish- ko'rgazmasini tashkil etish keng rivojlandi.


Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin