O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl


Dehqonlarning jismoniy tarbiyasi



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə9/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Dehqonlarning jismoniy tarbiyasi. G'arbiy Yevropa davlatlarida ozod dehqonlaming qullikka solinishi, ularni ekspluatatsiya qilishning kuchayishi va ularni harbiy ishda qatnashishdan chetlashtirilishi xalq ommasi jismoniy tarbiyasiga g'oyat darajada salbiy ta’sir ko'rsatdi. Dehqonlarda ishdan bo'sh vaqt ancha qisqarib qoldi va jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish uchun zarur bo'lgan moddiy imkoniyatlar,kamayib ketdi. Buning natijasida o'yinlar, raqslar va turli mashqlarni o'z ichiga olgan musobaqa turlari bilan nishonlanadigan ko'pgina eski xalq bayramlari unutildi.Biroq dehqonlar o’zlarining og'ir va huquqsiz ahvollariga qaramasdan, o'z muhitida ilgarigi davrlardagi an’anaviy jismoniy mashqlarni saqlab qolishga harakat qildilar.

X1V-XV asrlardagi rasmlarda dehqonlarning otda chopishi, raqslari, ularning yugurishga, kurashga va langar cho’pga tirmashib chiqishga doir musobaqalari aks ettirilgan Germaniya knyazliklarida yerga tashlab qo'yilgan shamshir atrofida raqsga tushish g'oyat ommalashgan edi. Yevropaning shimoliy rayonlarida, jumladan, Skandinaviyada chang'ida yurish va konki uchish ancha keng qo'llanilar edi. Fransiyada to'p bilan o'ynaladigan o'yinlar mashhur edi. «Sul» o'yinida ko'pincha aksari qishloqlarning aholisi ishtirok etar edi. O'ynovchilar ikki guruhga bo'linishar edi. O'yinning vazifasi to'pni egallab olib, uni o'z qishlog'iga olib ketishdan va oldindan belgilab qo'yilgan nishonga tashlashdan iborat edi. O’ynovchilar soni ko’pincha bir necha yuz kishiga yetar edi Xuddi shunga o’xshash o’yinlar Angliyada turli nomlar (futbol, xerling, kemping va boshqalar ) bilan mashhur edi.

Xalq hayotida saqlanib qolgan o’yin va mashqlar dehqonlarda jismoniy tarbiya tizimining yo’qligini birmuncha to’ldirar va ularda mehnat qilish va feodallarga qarshi kurashish uchun zarur bo’Igan ma'naviy va jismoniy fazilatlarning tarbiyalanishiga imkon berar edi.

Feodallarga qarshi chiqadiga xalq lashkarini tayyorlashda jismoniy mashqlar katta o’rin tutar edi. Yomon qurollangan piyoda dexqonlar sovutga o’ralib olgan otliq ritsarlarga qarshi jang qilishga majbur bo’lar edi. G'alayonchilar, birinchi navbatda ritsarlarni otdan urib tushirar edilar. Buning uchun esa ular otliqlami arqon bilan o'rar yoki otlarning oyog’ini chopib tashlar edilar. Piyoda qolga ritsarlar beso’naqay bo’lib, qo'zg’olonchilar ularni so’yil, to’qmoq, gurzi va toshlar bilan urar edilar. Bu usullar ularga o'zlarining dushmaniga jiddiy talofat yetkazish imkonini berar edi. Masalan, so'nggi o'rta asr davrida taboritlar asosan chax dehqonlaridan iborat bo'Igan xalq lashkari xarakat qildi.

XV asrning boshlarida gusit urushlari olib borilayotgan paytda taboritlar o'zlarining yo'lboshchisi Yan Jijka lashkari kurashga yaxshi tayyorgarlik ko'rar edi. Hatto o'smirlar ham palahmondan tosh otish mashqiga qatnashar va bunga maxsus o'rgatilar edi. Taboritlar eng daxshatli quroli to'qmoq edi. To'qmoq bilan minutiga 20-30 zarba urish mumkin edi, bu esa oldindan jiddiy tayyorgarlik ko'rishni talab etar edi. Dehqonlarning yer mulki va o'z shaxsiy mulkiga ega bo'lishi yollanma ishchilaming ko'payishini ta'minladi. Feodallar va din peshvolari jismoniy mashqlar va xalq o'yinlariga qarshi edi. Buning negizida, asosan, dehqonlar va shahar hunarmandlarini qo'zg'alon ko'tarish, eng avvalo, jismoniy va harbiy kuchga ega bo'lish imkoniyatidan mahrum etish maqsadi yotar edi. Shunga qaramasdan, xalq qadimgi o'yinlar va jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish, an'anaviy bayram hamda marosimlarda ulami qo'llashni ma'lum darajada davom ettiigan.

XIV asrda Shveysariyada 16-18 yoshdagi o'smirlar o'rtasida yugurish, sakrash, kurash, nayza uloqtirish,tayoqlarda qilichbozlik kabi sport turlari bo'yicha mu- sobaqalar o'tkazilgan. Dehqonlar orasida kurash, tosh otish (uloqtirish), yugurish, tayoqlar bilan qilichbozlik, konkida uchish, otda poyga, lapta, to'p bilan o'yin, chim xokkey, chang'ida yurish kabi turlar keng tarqalgan. Yevropa davlatlarida dehqon va hunarmandlar XV asrda katolik dini va feodallarga qarshi g'alayon va qo'zg'alonlarida jismoniy mashqlardan harbiy maqsadda samarali foydalanganlar.

Dehqonlarning mehnati feodal madaniyatining moddiy asosi edi. Feodallar, quldorlardan farqli ravishda dehqonlarning jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishini rasman taqiqlamadi. Biroq tinkani qurituvchi kundalik mehnat dehqonlarning butun kuchini quritar edi. Ularning tomoshalar, jismoniy mashqlar uchun vaqti ham, kuchi ham yetmas edi. Cherkov xalqning jismoniy mashqlariga qarshi chiqdi. Cherkov xalq orasida badan to'g'risida g'amxo'rlik qilishning gunoh ekanligi to'g'risida rivoyat tarqatdi, o'zini tiyishni va tarki dunyo qilib hayot kechirishni targ'ib qildi. Biroq dehqonlar o'zlarining muhitlarida qadimdan yashab kelayotgan jismoniy mashq va o'yinlami mehnat faoliyatiga va feodallarga qarshi kurashga tayyorlash vositalaridan biri sifatida saqlab qolishga intildilar.


Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin