O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl


Abu Rayhon Beruniy (973-1048)



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə17/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayhon Beruniy Xorazmning Qiyot shahrida dunyoga keldi.

Beruniy Xorazm tili bilan birga so’g’diy, forsiy, suryoniy, yunon, qadimgi yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o’rgangan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, falsafa va filologiyadan ham chuqur bilim oladi.

O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrixohlik ko’rsatadi. «Shams al-MaoIiy»(«01iy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O’rta Sharqqa mashhur qildi.

Beruniy yana «Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami» («Mineralogiya»). «Dorivor o’simliklar haqida kitob» («Kitob as-saydona fi-t-tibb») kabi asarlarni ham yozdi. «Mineralogiya» Sharqdagina emas, Yevropada ham mashhur bo’lgan.

Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’Ilaii, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O’quvchiga bilim berishda;



  • o’quvchini zeriktirmaslik;

  • bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;

  • uzviylik, izchillik;

  • yangi mazvularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va hokazoga e'tibor berish kerakligi uqtiriladi.

Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o’rnini ta’kidlashini uning yuqoridaqayd etilgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as-saydona», «al-Qonuni al-Mas’udiy», «Geodeziya» va boshqa asarlarida ko’ramiz.

Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo'lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o'zaro muloqoti, ijtimoiy muhit- jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.

Beruniy inson kamolotida 3 narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Yoshlami tarbiyalashda axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy gigiyenasi muhim ahamiyatga ega, degan olim.


Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin