O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə14/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Adabiyotlar

Botirov X.A. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. Т., O'qituvchi, 1993

Eshnazarov J. Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish . Т., 2008

Mavzu 4. O'RTA ASRLAR DAVRIDA MARKAZIY OSIYODA JISMONIY TARBIYA



  1. Sharqning buyuk alloma va mutafakkirlari ta'lim tarbiya xaqida.

  2. Abu Ali ibn Sino asarlarida jismoniy tarbiyaning mohiyati xaqida.

  3. Amir Temurning jangovorlik faoliyatida xarbiy-jismoniy tayyorgarlikning o'mi.

VIII asr boshlarida arab bosqinchilarining asosiy diqqati Markaziy Osiyo yerlariga qaratildi. 704 yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlandi. U Movaraunnahr yerlarini egallab, arab xalifaligiga qaratish istagi bilan yashadi. 705 yildan Markaziy Osiyo hududiga bostirib kirdi va Buxoro, Yettisuv, Samarqand, So'g'd, Faig'ona, Sirdaryo yerlarini egalladi.

Arablarga qarshi mahalliy xalqlar uzoq yillar davomida urush olib boiganlar. Lekin kuchlar teng bo'lmasligi oqibatida arablar bu yerlarni to'la istilo qilib, o'z dini va madaniyatini o'rnatish, Markaziy Osiyo xalqlarini Islom diniga bo'ysunishiga olib keldi. Bu esa, o'z navbatida, xalqning jipslashishi, odob-oqibatli bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Lekin ayollaming erkinligi, ochiq yuz bilan yurishi, awalgidek erkaklar bilan birgalikda teng mehnat qilishi, kurash, ot o'yinlarida bellashuvi taqiqlandi.

Islom qadriyatlari xalq ma'naviy hayotining uzviy qismi sifatida uning turmush tarzidan, xatti-harakatidan munosib o'rin oldi. Islom dinida musulmonlar jismni toza tutish, uxlash, dam olish, ovqatlanish, bolalami yoshlikdan odobli bo'lishga o'rgatishga da'vat qilindi.

VII-VIII asrlarda Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko’tarilish — «Sharq Renesansi» - Uyg’onish davrini boshlab berdi.

Butun Sharqda bo’lgani kabi Movarourmahrda ham ilm-fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar yetishib chiqdi.


Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin