Ishchi sportining vujudga kelishi va rivojlanisbi Jismoniy tarbiya harakatining yanada kengroq yoyilishida ishchilar sport klubining tashkil qilinishi va rivojlanishi alohida o'rinda turadi. XIX asrning ikkinchi yarmida inqiloblarning ko'payishi va kuchayishi natijasida demokratiyaning amalga oshishiga imkon yaratildi. Bu esa havaskorlik sporti, gimnastika va turistik (sayohat) tashkilotlarning vujudga kelishiga sabab bo'ldi.
Birinchi marotaba 1850 yilda Germaniyada sport tashkilotlari tuzila boshlandi. Lekin reyxstagning 1878 yildagi «Qat'iy qonun»i asosida sotsialistik partiyagina emas, hatto kasaba uyushmalari va gimnastika klublari ham ta'qib qilindi. «Qat'iy qonun»mng bekor qilinishi bilan (1890 y.) ishchilar sport tashkilotlari yangidan qad ko'tardi. Shu davrda Berlin, Leypsig va boshqa shaharlarda Ishchilar gimnastika tashkiloti ittifoqining yig'ilishlari bo'ldi. 1813 yilda Germaniya Ishchilar sport uyushmasi tashkil etildi. XX asr boshlarida bunday tashkilotlar Vengriya, Belgiya, Chexiya, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda ham ta'sis etildi.
Tadbirkorlik sport klublari ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ular zavod, fabrika va turli muassasalarning rahbarlari tomonidan tashkil etilib, ishchi va xizmatchilaiga qaratilgan. Bu faoliyat faqat sport va turizm bilan shug’ullanishgagina qaratilib qolmasdan, ishchi va xizmatchilarning rahbarlari bilan aloqasini yaxshilash hamda turli oqimlaiga qo'shilmasligining oldini olishni ham nazarda tutgan.
Tadbirkorlik sport va gimnastika tashkilotlari Germaniya, AQSH, Angliya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda ham vujudga keldi. 1913 yil Gente shahrida (Bclgiy-Sj -Germaniya, Fransiya, Belgiya, Avstriya ishrhilar snort
tashkilotlari vakillari «Xalqaro ishchilar madaniyat va sport uyushmasi» Markaziy byurosini tuzdi. U 1914 yil fevraldan boshlab Bryusselda o'z faoliyatini boshladi. Birinchi jahon urushi yillarida ham bu tashkilot o'z faoliyatini susaytirmadi.
Jismoniy madaniyatda rekreatsion harakatlar Rekreatsiya - qayta tiklash, sog'lomlashtirish, hordiq chiqarish ma'nolarini bildiradi. Jismoniy madaniyatning taraqqiyotida rekreatsion harakat muhim o'rin tutadi. Chunki u faol dam oiishning mujassamlashgan vosita, usullaridan hisoblanadi.
Rekreatsion jismoniy madaniyat harakatining rivojlanishiga obyektiv sababiar ko'p. Ya'ni zavod-fabrikalar, maktablar va boshqa joylami qurish uchun joylami band qilish, shaharlaming kengayishi, ekologiyaning buzilishi, ishchi va mehnatkashlar ish vaqtining ko'payishi, dam olish hamda hordiq chiqarishga imkoniyatlaming kamayishidir. Yoshlar o'rtasida ichish, chekish, bezorilik va tartibsizlikning o'sishi ham ularga qarshi tadbirlar olib borishni taqozo etdi. Yana bir tomoni shundaki, fan- texnika taraqqiyoti va ba'zi kishilaming turmush sharoiti faol harakat qilishdan orqada qolib ketdi. Natijada, gipodinamiya hollari rivojlana boshladi. Bulaming barchasi salomatlikning susayishi va kasalliklarning ko'payishiga olib keldi. Ana shu illatlardan saqlanish yo'lida jismoniy tarbiyadan foydalanish ishiari shakllandi.
Bu yillarda birinchilardan bo'lib Angliya XIX asrning 70-yillarida harakat qildi va Londonda o'yinlar uchun maydonlar tashkil qilindi, istirohat bog'lari barpo etildi, turli ijtimoiy harakati faollari sayrlar, o'smirlar va katta yoshdagilar bilan o'yinlar o'tkazishdi. XX asrning 80-90-yillarida shunga o'xshash istirohat va ko'ngil ochish bog'lari AQSH, Germaniya, Polsha, Kanada, Fransiya, Avstraliya, Urugvay va boqsha mamlakatlarda ham bunyod etildi.
Lyuter Gulik. Rekreatsion harakatni davlat miqyosida tashkil etuvchilardan biri amerikalik shifokor Lyuter Gulik (1866-1918) hisoblanadi. Bu harakatning mohiyatini ilmiy asoslab berish unga tegishlidir. XIX asr o'rtalaridayoq AQSHda «O'yinlar uchun maydonlar kerak» degan harakat mavjud edi. Uning «Sof havo» dasturi asosida bolalar uchun yozgi dam olish oromgohi tashkil qilingan. Boston shahrida 1868-yilda birinchi marotaba o'yinlar uchun maydonlar qurilgan. 1861-yilda Vashington atrofida yozgi dam olish oromgohi qurilgan. Shu davrlarda ilk bor rekreatsion klublar vujudga kela boshladi.
1855-yilda sog'liqni tiklash va jismoniy tarbiya Amerika Assotsiatsiyasi ta'sis etilib, u o'yin maydonlari va sog'lomlashtirish oromgohlarini qurishda yordam berdi. Shunga o'xshash muassasalar boshqa davlatlarda ham tashkil qilindi. Ular Gcrmaniyada «Yoshlar va kattalarning o'yiniga ko'maklashish Markaziy komissiyasi», Daniyada «O'qituvchilar o'yiniga ko'maklashish milliy komissiyasi» Urugvayda - park va sport milliy kengashi, Polshada - yoshlarning o'yini va hordiq chiqarish komissiyasi, o'yinlar va sayrlar bo'yicha Shveysariya jamiyati bo'Igan.