O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl


Amir Temurning harbiy-jismoniy tarbiyasi



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə19/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
Amir Temurning harbiy-jismoniy tarbiyasi.

Yevropa va Osiyoda mo'g'ul tatarlaming, ayniqsa, Chingizxonning istilochilik urushlari, uning oqibatlari qariyb 300 yil davom etadi. Bunday qullikdan ozod etish, mustaqil davlatlar sifatida rivoj topish va madaniyatning taraqqiy etishida Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlari tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.

Sobiq Ittifoq davrida Amir Temurning ijobiy xislatlari va amalga oshiigan tadbirlari tilga ohnmadi. Aksincha, u josus, bosqinchi, mustamlakachi deb qaraldi. Shunday bo'lsada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi yirik mamlakatlarda Amir Temur haqida tarixiy dalillar asosida romanlar yozildi, opera va dramalar namoyish etildi. Ular o'sha paytiarda xalqimizga yetib kelmadi.

O'zbekiston mustaqilligi tufayli Sohibqiron Amir Temurning haqiqiy faoliyati xalqimizga to'la ayon bo'ldi. 1996-yilda uning tavalludiga 660 yil to'lishi munosabati bilan o'tkazilgan xalqaro anjumanlar va yurtimizdagi an'analar uning nomini ochiqcha ilk bor tarannum etishga muvaffaq bo'ldi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temurga bag'ishlab katta hiyobonlar qayta bezatildi va uning haykallari o'matildi. Bu milliy qadriyatlarni qay tarzda tiklash va milliy madaniyatimizni yuksak cho'qqilar kabi yanada baland ko'tarishning buyuk namunasi bo'lib qoldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti l.A.Karimov Sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishiga bag'ishlangan tantanada shunday degan edi: «Bugun bunyod etilgan bobokalonimiz haykalida teran ramz bor - go'yoki jahongir tulporining j'ilovini tortib turibdi, qilichsiz qo'lini oldinga cho'zib jahon xalqlariga omonliq sog'inmoqda, «Kuch - adolatdadir»1 demoqda.

Jahonga dong'i ketgan buyuk sarkarda Amir Temurning yoshlarni harbiy, jismoniy va jangovorlikka tayyorlashdagi amaliy faoliyatlarini o'rganish va ulami o’quv jarayonlarida qo'llash ishlab chiqildi.

Jahongir Amir Temur hayoti va faoliyatiga mansub adabiy manbalar juda ko'p. Ulaming barchasi arab alilbosida hamda turk tilida chop etilgan. O'tgan asrning oxirlarida «Temur tuzuklari» ilk bor rus tiliga tarjima qilinib, (1894, 1934) u Markaziy Osiyo xalqlariga ham yetib kelgan. U qayta nashr etilmaganligi uchun deyarlik sobiq Ittifoq davrida Amir Temur to'g'risida bironta ijobiy baho beruvchi kitobni yoshlar o'qimaganligi ma'lum.

Amir Temur o'z saltanatini idora qilganligi va jahon xalqlariga Islom dini ma'rifatini yoyish haqida amalga oshirgan faoliyatlarini «Temur tuzuklari» kitobida bayon qilib bergan. Biz bu haqda faqat O'zbekiston mustaqillikka erishgan davrdagina ogoh bo'ldik, xolos va hozirgi kunda u haqda ancha chuqur ma'lumotlar berilmoqda. Bu o'rinda akademik B.Axmedovning «Amir Temur» tarixiy hujjatli roman i (1995) e'tiborga sazovordir.

«O'zbekiston tarixi va madaniyati» (1992), «O'zbekiston xalqlari tarixi» (1992, 1-qism) va boshqa manbalarning guvoh berishicha, Amir Temur yoshligidan harbiy mashqlarga nihoyatda qiziqqan bo'lib, o'zi ham faol urushlarda bir necha bor qatnashib tajriba orttirgan va mohir jangchi bo'lib yetishgan. Shuningdek, farzandlari

Jahongir, Mironshoh, Umarshayx, Shohruh Mirzo hamda nabiralari Pirmuhammad, Xalil Sulton, Muhammad Sulton va Mirzo Ulug'beklaiga ham jangovorlik sir- asrorlarini bevosita o'zi janglarga tayyorgarlik paytlari hamda katta janglar jarayonida o'igatgan.

«Temur tuzuklari»da piyoda va otda jang qilish, qilichbozlik va nayzabozlik, jangchining harbiy va jismoniy jihatdan tayyorgarligi, eng baland tog'li joylardan o'tish, daryolardan o'tish va h.k. haqida batafsil bayon qilinganligining guvohi bo'lish mumkin. Amir Temurning Boysun, Hisor, Hindiqush, Turkiston, Chotqol, Kavkaz tog'lari, hozirgi Qozog'iston va Rossiya hududlaridagi cho'llar, vodiylar hamda Sirdaryo, Amudaiyo, Dajla, Volga, Ganga va boshqa juda ko'p daryolardan kechib o'tishning o'zi bo'lmagandir. O'sha davrlardagi piyoda, otda yurish hamda jang qilish jarayonlarini ko'z oldingizga keltirib ko'ringda, mulohaza va xulosa qiling. Bir necha kunlab tinmay piyoda yurish, qilich, nayza, to'qmoq, xanjar va boshqa qurol- aslahalami ishlatish, dushmanni yengishda oyoq-qo'l, gavda kuchlari, epchillik, tezlik, hushyorlikni talab etgan. Fursat kelganda raqibi bilan yelkama-yelka ushlashib, kurashib uni yiqitish, taslim qilish uchun qanchadan-qancha amaliy kuch, mahorat, ustomonlik, jasurlik kerak bo'lgan.

Amir Temur o’zining amirlari, vazirlari, mingboshi, yuzboshi, o’nboshi va alp yigitlari, bahodirlariga o'zi o'rgatgan, shogirdlar tayyorlagan. Otda jang qilishda qilich, nayza, kamon-yoy, to'qmoq, kaltak, qamchi, arqon va hokazolardan foydalangan. Bu qurollar bilan jang qilish oson emas.

Har bir jangchi kuchli, epchil, jasur, mergan bo'lgan. To'g'ri kelganda yakkama- yakka ot ustida olishuv, tortishuv, og'darish, savalashish kabi tabiiy harakatlardan ham mardonavor foydalanganlar. Bu faoliyatlarni ham Amir Temur va uning maxsus sarkardalari jangchilarga qunt bilan o'rgatgan, ta'lim bergan. Amir Temur dam olish vaqtlarini ov qilish, sahro va tog'larga sayr qilish bilan o'tkazgan. Bunday hollarda otda va piyoda tog'larga chiqish, arqon, tayoqlardan foydalanish usullarini o'ylab topgan. Jangchilarga dam olish bergan paytlarda ulami poyga, kurash, qilichlashish, ko'pkari kabi mashg'ulotlar bilan shug'ullanishga da'vat etgan. Shaharlardagi qal'alami egallashda narvon, arqondan osilib chiqish, tushish usullaridan keng foydalanganlar.

«Amir Temur» tarixiy romanida tog'dagi yurish va janglar haqida shunday deyiladi: «Hammayoq yaxmalak edi. Shuning uchun ba'zilar arqon, narvon vositasida, arqoni yo'qlar sirpanib daraga tushdilar. Hazrat Sohibqiron maxsus o'zi uchun yasalgan bir yuz ellik gazlik cho'p narvon yordamida daraga tushdi... ertasi kuni quyosh tig' urmasdan, yana bir tog' cho'qqisiga ko’tarildilar. Yana ikki kun shu tariqa kechdi». Tezkor va katta daryolardan kechib o'tish oson emas, albatta. Amir Temur bunday paytlarda meshlar, yog'ochlardan yasalgan sollar, arqon tortib undan ushlashib o'tish usullari va boshqalardan foydalanganlar. Jangovorlik faoliyatida tog', o'rmon, sahrolarda, ayniqsa, kechasi va tuman kunlarida manzilga adashmay topib borish, chamalay bilish quyosh, oy, yulduz, soya, shamol va boshqa omillardan foydalanishni yaxshi bilgan. Amir Temur faoliyatida harbiy-jismoniy mashqlardan foydalanish eng ustuvor tadbirlardan biri bo'lgan.

Yuqorida qayd qilganimizdek, temuriylar orasida davlatni idora qilish, madaniy- marifiy jihatdan tarixda katta o'rin egallagan Zahriddin Muhammad Boburdir. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiqroq hukm surgan.

Bobuming otasi Umarshayx Mirzo Amir Temurning nabirasi, Faig'ona davlatining hokimi bo'lgan. Bobur yoshligidan ilm-fanga, she'riyatga qiziqqan, Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» (Slier) taxallusini olgan. Otasining vafotidan keyin (1494 y.), 12 yoshida taxtga o'tiigan. Qisqa qilib aytganda, u taxt uchun bo'lgan kurashlarda mag'lubiyatga uchrab, o'z yaqinlari va askarlari bilan Afg'oniston, Hindistonga yurish qiladi va bir umr o'sha yerda qolib ketadi. U o'z hayoti, zamonasi va barcha voqealarni «Boburnoma» asarda yozib qoldirilgan. Unda Hindikush tog'laridan otda uzoq mamlakatlarga o'tgani, tog'u-toshlarda chiniqish uchun yalangoyoq yuigani, kuch- g'ayrat to'plab jang qilgani haqida hikoya qiladi.

Taniqh adib Pirimqul Qodirov «Yulduzli tunlar», «Bobur», «Avlodlar davoni», tarixiy romanlarida nafaqat tarixiy voqealar, Bobur hayotinigina emas, balki o'sha davr madaniyati, urf-odatlari, mashaqqatlarga bardosh berishi, jismonan chidamli va kuchli bo'lishlik kabi ijtimoiy-tarbiyaviy tomonlarga katta e'tibor bergan. Bu esa hozirgi avlodlar, ayniqsa, yoshlami vatan tuyg'usi, uni himoya qilish, jangovarlik ruhini mustahkamlashda xizmat qiladi.

Buyuk sarkardalar Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va undan keyingi davrdagi hokimiyatni boshqaruvchilar o'z jangchilarini faqat jang qilish san'atinigina emas, balki ularni jangovorlik ruhida tarbiyalashning asosiy mazmuni jismonan kuchli, epchil, chaqqon, chidamli bo’lishga ham o'rgatganlar. Bunga yuqorida qayd etilgan jismoniy tarbiya vositalarini maqsad yo'lida ishlatganlar.

Xulosa qilib aytganda, uzoq va yaqin o'tmishimizda xalqimizning jismoniy madaniyati mazmun jihatdan ijtimoiy-tarbiyaviy sohada o'ziga xos milliy xususiyatlar bilan boyib kelgan. Ularning tarixiy yo'nalishlari hamda ilmiy-nazariy jihatlarini o'quvchi yoshlarning jismoniy tarbiya darslarida mukammal o'rganishlarini davr talabalari asosida ta'minlash bugunning dolzarb muammolaridan biridir

O’rta asrlarda qanday an’anaviy jismoniy tarbiya vosatalaridan foydalanilgan? Sharqning buyuk alloma va mutafakkirlari ta'lim tarbiya xaqida qanday fikrlarni bildirishgan?

Abu Ali ibn Sino asarlarida jismoniy tarbiyaning qanday vosatalarini tavsiya qilgan? Amir Temur askarlarning jangovorlik xarbiy-jismoniy tayyorgarliklarida qanday mashqlardan foydalangan?

Adabiyotlar

Akramov A.K. O'zberkistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. Т., 1997.

Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi. Т., O'qituvchi, 1997 Xoshimov K., Nishonova S.va b. Pedagogika tarixi. Т., O'qituvchi, 1997 Xo'jaev F.. O'zberkistonda jismoniy tarbiya. Т., O'qituvchi, 1997.

Eshnazarov J. Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish . Т., 2008

Mavzu 5. YANG I VA ENG YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARDA JT VA S (XVII asr o'rtalari - XX asrlar)



  1. Yangi davrda JT va S ning rivojlanishi xususiyatlari.

  2. Chet mamlakatlarda jismoniy tarbiyaning nazariy asoslarini vujudga kelishi.

  3. G'arbiy Evropa va AQSHda gimnastika va sport o'ymlari tizimlarining rivojlanishi.

Yer yuzida ijtimoy-madaniy turmushning tubdan o'zgarishi o'rta asrlarga kelib bog'lanadi. Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika qit'alaridagi ilg'or madaniyat vakillari jismoniy tarbiyani inson hayotining uzviy omili ekanligini isbotlashga harakat qildi. Natijada, jismoniy tarbiya vositalarini oilaviy hamda maktab tarbiyasida qo'llanishga erishishdi. Erishilgan ilg'or tajribalar davlatlardan-davlatlarga, qit'alardan- qit'alarga tarqaldi, ya'ni qilichbozlik, o'q otish, kurash, aravada poyga, suzish kabi o'nlab o'yin- mashqlar xalqaro miqyosda qo'llanila boshladi. Bu jihatlar Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, AQSH va boshqa ko'p davlatlarda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi hamda keyinchalik milliy sport turlarining yuzaga kelishiga sabab bo'ldi.

XV1-X1X asrlardagi burjua inqilobi feodal tuzumning asosini buzib-yanchib tashladi va kapitalizmning g'alabasini ta'minladi. Bu davrda tabiatshunoslikka doir juda ko'p ilmiy kashfiyotlar qilindi. Moddiy dunyoning barqarorligi va g'ayritabiiy kuchlaming yo'qligi haqidagi fikrlarga olib keldi. Odamning aqli, irodasi va jismoniy fazilatlarining namoyon bo'lishida tarbiya natijasi ko'rina boshladi. Bu hoi insonning pedagogikaga bo’Igan qiziqishi ortishiga va jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari amalda bajarilishiga sabab bo'ldi. Jon Lokk (Angliya), Jan Jak Russo (Fransiya), Iogann Pestalossi (Shveysariya)ning pedagogik qarashlari hamda XVIII asming oxiridagi nemis filantroplarining pedagogik tajribasi jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotning taraqqiy qilishiga katta ta'sir etdi.

Jon Lokk (1632-1704) ingliz burjua inqilobi davrining ko'zga ko'ringan faylasufi, pedagogi bo'Igan. O'sha vaqtlarda ingliz burjuaziyasi o'z mustamlakachilik hukmronligini kengaytirib borar va metropoliyalardagi siyosiy hokimiyat uchun kurashar edi. Ingliz burjuaziyasi faqat o'z metropoliyalaridagina emas, balki chet el mamlakatlarida ham faol harakat qilishga o'z mollarini zo'rlik bilan o'tkazishga, zarur bo'lganda esa kam taraqqiy etgan mamlakat xalqlarini bostirishga va o'ziga bo'ysundirishga qodir bo'Igan.

Lokk o'z falsafiy va pedagogik ta'limotida ingliz burjuaziyasi va unga qo'shilgan dvoryanlaming manfaatini ifoda qildi. U kishining ichki va tashqi tajribasini bilish manbai deb hisobladi. Uningcha, tashqi tajriba bevosita mavjud bo'Igan tashqi moddiy dunyo bo'lib, u kishi tomonidan sezgi a'zolari (tasawuri) orqali idrok qilinadi. Ichki tajriba esa inson qalbining faoliyati (refleksi), demak, «Bu ikki manba sezgi obyekti sifatida yagona mohiyatni tashkil etadi, barcha g'oyalarimiz ana shu mohiyatdan boshlanadi», - deb e'tirof etgan Lokk.

Sezish a'zolarini (sezish, hid bilish, ko'rish, eshitish) takomillashtirish, harakat a'zolarini (qo'l, oyoq) o'stirish, tanani chiniqtirish, foydali amaliy ko'nikmalar (suzish, otda yurish, eshkak eshish, qilichbozlik, o'q otish) hosil qilish, jismoniy kuchlarni yuqori darajada ishga solish uchun iroda kuchi va qobiliyatni kamol toptirish zarurligini ishonchli dalillar bilan isbotlab bergan. Bu g'oyalar o'sha davr ingliz maktablaridagi jismoniy tarbiyaga kuchli ta'sir etgan.

XVIII asrda fransuz ma'rifatchilari Didro, Gelvesiy, Golbax, Russo va boshqalar inson shaxsining shakllanishida tashqi muhitning hal qiluvchi roli to'g’risidagi ta'limotni taraqqiy ettirishdi.

Jan Jak Russo (1712-1778) xususiy mulkni kishilar tengsizligining asosiy sababi deb hisobladi. Shu sababdan, u bu sohada mulkchilikni cheklash tarafdori edi. Russoning «Emil yoki tarbiya» kitobida kishini tabiatga muvofiq ravishda individual tarbiyalash g'oyasi olg'a suriladi. Bu fransuz burjuaziyasi xohishiga muvofiq kelar edi. Russoning fikricha, inson erkin bo'lib tug'iladi, lekin u yo'rgakdalik chog'idayoq, dastlab o'z odatlarining quliga, so'ngra esa'jamiyat quliga aylanadi. Hech qanday odatlaiga ega bo'lmaslik - eng yaxshi odatdir.

«Tana jondan ilgari tug'iladi, shuning uchun dastlab tana to'g'risida g'amxo'rlik qilish kerak, bu har ikkala jins uchun ham umumiy bo'lgan tartibdir»,- deydi u. Russo jismoniy tarbiyani tabiiy ozod insonni tarkib toptirishning asosi, deb hisobladi. Bunda aqliy va mehnat tarbiyasini qo'shib olib borish zarurligini o'qtiradi. U keng xalq ommasining emas, balki mayda burjua sinfining tarbiyasi to'g'risida g'amxo'rlik qildi.

Shveysariyalik buyuk pedagog-demokrat Iogann Pestalossi (1776-1827) xalq maorifi g'oyasini quvvatladi.U tarbiya asosini odamning tabiiy qobiliyatlarini o'stirishdan, tarbiya maqsadini odamning ma'naviy qiyofasini tarkib toptirishdan iborat, deb bildi. Uning fikricha, tana faoliyati harakatlarda namoyon bo'ladi, harakatlar esa bo'g'inlar tuzilishi va harakatchanligiga bog'liqdir. U bo'g'inlar uchun gimnastika elementlarini ishlab chiqdi. Bunda barcha harakatlar o'z mazmunini topgan edi. Pestalossi elementar gimnastikani o'ziga xos «mehnat malakalari alifbosi» deb hisobladi, ya'ni ko'tarish, iig'itish yoki uloqtirish, aylantirish, urish va h.k. qilishga o'igatish zarur deb topdi.

XVIII asming 70-80-yillarida German davlatlarida yangi yo'nalishdagi maktablar paydo bo'ldi. Bular filantroplar (insonparvarlar) ochgan maktablar edi. O'qituvchilar bunday maktablarda akademistlar, pedagogistlar va fabulyantlar kabi guruhlarga bo'linishgan. Akademitslar - aslzodalar, pedagogistlar - amaldorlar, fabulyantlar mehnatkashlaming farzandlari bo'lgan. Bunday tartib filantroplaming feodal tabaqachilik tartiblariga qarshi emasligidan dalolat berar edi. Filantropinlardagi gimnastikaning mashhur rahbarlari Gerxard Fit (1763-1836) va Iogann Guts-Muts (1759-1839) kabilar edi. G.Fit «Jismoniy tarbiya ensiklopediyasi tajribalari» nomli uch tomli kitob yozdi. Kitoblarda jismoniy tarbiyaning qadimgi va o'sha davrlardagi tarixi, uning tarbiyaviy mohiyati aks ettirildi.



  1. Guts-Muts «Yoshlar uchun gimnastika» kitobini yozdi (1713). Bu kitobdan Yevropa davlatlarida keng foydalandilar. Chunki muallif kitobida jismoniy tarbiyaning nazariy va amaliy jihatlari, ayniqsa, mashqlaming aniq tasviri va ularning qo'llanish usullari bilan qo'shib bergan edi. U tasvirlagan gimnastik mashqlar sirasiga kurash, yugurish, sakrash, uloqtirish, iig'itish, suzish, arqon, shoti, langarcho'p bilan sakrash va daraxtlarga osilib-tirmashib chiqishga doir mashqlar hamda qo'l mehnati, o'yinlar kiradi.

Jismoniy tarbiyaning pedagogik nazariyasi bu davrlarda turli xilda mavjud bo'lgan. Ingliz faylasufi va sotsiologi Gerbert Spenser (1820-1903) jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasini qo'shib olib borishni quvvatladi. Shuningdek, nemis faylasufi Fridrix Nixil (1844-1889) va b. sport-gimnastika harakatini yangi davrda keng yoyishga xizmat qildi.

Fransuz pedagogi Jorj Demeni (1850-1917) fiziologiya va jismoniy mashqlar bo'yicha mutaxassis edi. «Jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslari» (1903), «Yoshlar jismoniy tarbiyasi» (1917) kabi kitoblarini yozdi. J.Demeni 1880-yilda Parijda «Muqobil gimnastika» klubini tashkil etdi. U shvedlar, nemislar va boshqa xalqlaming gimnastika tizimini izchil ravishda o'rgandi va tanqid qildi. Olim umumrivojlantiruvchi tabiiy mashqlar (yurish, yugurish, sakrashlar, yuk ko'tarish, osilish, uloqtirish, himoya va hujum mashqlari, qo'l, oyoq, gavda harakatlari va h.k.) bajarishning foydali jihatlarini asoslab berdi, bolalar, yoshlar va xotin-qizlar gimnastikasi tizimini ishlab chiqdi. Bu bilan gavda harakatlarini fiziologik asoslaiga moslashtirish zarurligini ta'kidladi.

Gimnastika tizimlari. XIX asrda iqtisod, siyosat, fan va texnikaning rivojlanishi natijasida jismoniy madaniyat ham rivoj topdi. Ayniqsa, harbiy tayyorgarlikda jismoniy tarbiya vositalari maqsadli ravishda qo'llana boshlandi. Ayniqsa, nemislar, shvedlar va fransuzlarning o'zlariga xos gimnastika tizimlari rivoj topdi. Gimnastika tizimi uchun oddiy mashqlargina emas, yengil atletika, suzish, boks, qilichbozlik, harbiy qurollardan otish va boshqa ko'p mashqlar asos qilib olindi. Bunday tizimlarni ishlab chiqish va amalda qo'llash bo'yicha mutaxassislar paydo bo'la boshladi.


Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin