Angliya birinchi jahon urushi natijasida g'olib mamlakatlar qatoriga kirgan edi. Ammo bu hoi uning iqtisodiy va siyosiy ahvolini mustaxkamlamadi.
B. Shou o’zining «Mafusailga qaytish» nomli asariga yozgan muqaddimasida Angliya maktablaridagi tarbiyani juda aniq qilib hamda haqqoniy tarzda xarakterlab berdan edi: «Imtiyozli maktabda bolani turli yo'l bilan bema'nilikka, axloqsizlikka o'rgatiladi, uni tekin daromad olishga asoslangan bizning jamiyatimiz mohiyatiga ko'ra aldaydilar, unga be'manilik, dabdabalik va vatanparvarlikka ishonch ruhi singdirildi, ammo uni otishga, otda chopishga, jismoniy kuchini o'stirishga o'rgatish kerak bo'lganda, u o'zining bu mashqlarning hammasini yaxshi, hatto iloji boricha a'lo darajada bajarishini chinakam istaydigan odamlardan eng malakali yordam va yo'l-yo'riq oladi. Ular mushtlashishini din yo'lidan boorish, o'ldirishni esa erkak kishining ziynati, deb tushunadilar.
AQSHda maktab, o'rta va oliy o'quv yurtlari yordamida yoshlami o'z ideologiyasi ruhida tarbiyaladi, ulami jahonga hokim bo'lish bo'lish planlarini amalga oshirishga, «amerikacha yashash»ni propaganda qilishga tayyorladi. Amerika cherkovi, harbiy boshqarma va juda ko'p yarim sport-yarim harbiy tashkilotlar, masalan, «Amerika legioni» kabi tashkilot ham ana shu maqsadda ish olib bordi». Jismoniy tarbiya burjuaning butun tarbiya sistemasining bir qismiga aylana bordi. 1920 yilda AQShning Sport rahbarlari va universitetlardagi o'yinlar jamiyati komiteti jismoniy tarbiya vazifalarini aniqlar ekan, uning muhim vazifasi yoshlami itoatgo'ylik va intizomlilik ruhida hamkorlik qilish, o'z manfaatidan voz kechish ruhida va ularda Amerika jamiyati uchun zarur bo'Igan boshqa fazilatlami tarbiyalab yetishtirishdan iborat deb ko'rsatildi.
Bir qancha kapitalistik mamlakatlarda birinchi va ikkinchi jahon urushlari o'rtasidagi davrda jismoniy tarbiyasi tizimida yangi usullar keng tarqaldi. Bu usullar armiya va maktablarda jismoniy hamda harbiy tayyorgarlik sohasida o'tkazilgan islohotlarga bog'liq ravishda paydo bo'Igan edi. Yangi usullar xukmron sinflarining buyurtmasini bajarishga qaratilgan edi.
Ular bu usullami birinchi galda maktab yoshidagi va harbiy xizmat yoshiga yetgan yoshlami tarbiyalash uchun yaratdilar.
O'sha yillarda muvozanat saqlash nazariyasi deb ataluvchi nazariya keng tarqaldi. Uning mohiyati shundan iboratki, jismoniy tarbiya texnika taraqqiyoti tufayli odamning yo'qotgan jismoniy kuchini tiklash kerak edi. Bunda asosiy e'tibor insonni har tomonlama o'stirishga emas, balki uni jismoniy jixatdan mustaxkamlashga qaratildi, masalaning tub mohiyati esa mehnatkashlaming ekspulatatsiya qilishning og'ir formalarida emas, balki taraqqiy etib borayotgan ishlab chiqarish texnikasida deb qaraldi.
K.Gaulgofer va M.Shtrayxeming Avstriya tabiiy maktab gimnastikasi metodikapitialistik mamlakatlar, ayniqsa Boltiq bo'yi davlatlari Polsha, Avstriya va Germaniya maktablarida keng tarqaldi. Bu gimnastika metodi birinchi jahon urushidan key in Avstriya va boshqa bir qator mamlakatlarda maktab ta'limi sohasida o'tkazilgan burjua islohatlari bilan bog'liq ravishda paydo bo'Igan edi. Avstriya tabiiy maktab gimnastikasi imperialistik urushgacha Avstriya-Vengriya maktablarida tarqalgan nemis A. Shissning sun'iy va to'qilgan maktab gimnastikasining o'rinini bosishi talab etilgan edi.
Gaulgofer va Shtrayxer maktab yoshidagi bolalar uchun jismoniy tarbiya darsini batafsil ishlab chiqdilar. Ular darsni uch qismga bo'lib, ularga quyidagi mashqlarni kiritdilar:
Ikkinchi gruppa-gavda uchun asosiy mashqlar, muvozanat saqlash, kuch va chaqqonlik mashqlari (yugurish, yurish va sakrash);
Uchinchi gruppa-tinchlantirish mashqlari (yugurmasdan bajariladigan o'yinlar, sekin yugurish). Shuningdek, ular ekskursiya, ochiq havoda o'ynaladigan o'yinlar, suzish, chang'i va chanada yurish, gimnasitika mashqlari bajarish (10 minut davomida) hamda sinf mashg'ulotlari paytida minutlari o'tkazishni taklif etdilar.
Avstriya gimnastika maktabining juda ko'p o'qituvchilari ikkinchi jahon urushi oldida Avstriya va Germaniyadagi fashistlar yo'lboshchilarining xizmatida bo'lgan edi. Fashirtlar armiyasi rezervlarini jismoniy va ideologik jihatdan tayyorlash ishida Avstriya tabiiy gimnastikaning ijodkorlari K.Gauldofer va M. Shtrayxer muhim rol o'ynadi.
Avstriya maktab gimnastikasi hamda daniyalik N.Bukning asosiy gimnastikasi bilan bir qatorda «ruh va gavda garmoniyasi» g'oyasini targ'ib etgan Zurening gigenik gimnastikasi metodlari, individual-tabiiy taraqqiyot nazariyasini haddan tashqari maqtagan Bode metodi va boshqalar G'arbiy Yevropa mamlakatlarida keng yoyildi. Butunlay biologik asosda yaratilgan bu metodlar yoshlarni sinfiy kurashning eng muhim vazifalaridan chalg'itishga qaratilgan edi. Gimnastika metodlarining barchasi yoshlarni yangi jahon urushida jismoniy, harbiy va ideologik jihatdan tayyorlashni o'z oldiga vazifa qilib qo'ygan burjua sporti va gimnastikasining ajralmas qismi edi.
AQShda 1926 yilda korxona egalariga qarashli sport turlari taxminan 2 million kishi bor edi. 1930 yillarga kelib bu klublarning a'zolari ikki barobar ko'paydi. Chikago borxonalarining biridagi faqat bitta sport klubida 28 mingdan ziyod a'zo bo'lgan. Bu korxonaga ishga kirishni istovchi xar bir ishchining zavod sport klubiga a'zo bo'lishi shart qilib qo'yilgan edi.
Mehnatkashlarni o'z ta’siri ostiga olish maqsadida ommaviy sport tomoshalarining assotsiatsiyalari, AQSh va Angliyadagi aktiv dam olish assotsiatsiyalari, Germaniyadagi «Quvonch tufayli kuch paydo bo'ladi», Italiyadagi «Ishdan keyin dam olish» va shular singari ommaviy tashkilotlarning keng tarmoqlarini vujudga keltirdi.
9
Yangi davrdagi jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi qanday bo'lgan?
Yangi davrda havaskorlik sporti va professional sportning farqi nimada?
Rekreatsion sport tushunchasi nima? asr oxirlarida chet el mamlakatlarida jismoniy madaniyat va sport taraqqiyotining xususiyatlari nimalardan iborat?
Adabiyotlar
Botirov X.A. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. Т., O'qituvchi, 1993
Eshnazarov J. Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish Т., 2008.