Birinchi xalqaro Kongress. Qadimgi olimpiya o'yinlarimng o'tkazilishi to'xtatilganidan keyin (394 y.) roppa-rosa bir yarim ming yildan oshiq vaqt o'tdi. yilda Xalqaro Olimpiya qo'mitasining tashkil etilishi va 1896 yil I Olimpiya o'yinlarining o'tkazilishi bilan sport olamining yangi tarixiy davri boshlandi. Bu ikki katta sohaning tashkil etilishi fransuz jamoat arbobi, pedagog va ma'rifatchi baron Per de Kuberten(1863-1937) faohyati bilan chambarchas bog'liqdir. U zodagon (aristokrat) oilasida tug'ilib, tarbiya oladi. Uning dunyoqarashi demokratiyaga ishonch, sportdagi irq, millatchilik va kamsitishlaiga nafrat ruhida shakllangan. Bir qancha yillar fransuz sport uyushmasida kotib bo'lib xizmat qilgan. U jismoniy tarbiya va sport bo'yicha qator kitoblarning muallifidir.
Per de Kuberten Olimpiya o'yinlariga (1912) bag'ishlab o'tkazilgan san'at tanlovida «Sport madhiyasi» poemasi uchun oltin medal bilan taqdirlangan edi Kubertenning xalqaro olimpiya harakati rivoji uchun qilgan xizmatlari hech bir narsaga almashtirib bo'lmas darajada bebahodir.
Birinchi xalqaro atletik kongress 23 iyun 1894 yilda Parijdagi Sorbonna univresitetida o'tkaziladi. Kongressda 12 mamlakat vakillari ishtirok etadi. 21 mamlakat esa yozma ravishda o'z roziligini bildiradi. Katta mamlakat hisoblangan Germaniya bundan bosh tortadi, chunki mamlakat tepasidagi harbiylar Olimpiya o'yinlari g'oyalariga qarshi edilar.
Kongressda asosan to'rtta masala muhokama etiladi, ya'ni: Havaskorlik va professional sport haqida.
Olimpiya o'yinlarini qayta tiklash to'g'risida.
O'yinlarning dasturi va uni o'tkazish tartiblari haqida.
Xalqaro Olimpiya qo'mitasining tarkibi haqida.
1894 yil 23 iyunda Kongressda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tuzilganligi haqida qaror qabul qilindi. Uning tarkibiga Yunoniston, Fransiya, Rossiya, Angliya, AQSH, Shvetsiya, Vengriya, Chexiya, Belgiya, Argentina, Yangi Zelandiya vakillari kiritiidi. Olimpiya qo'mitasining birinchi Prezidenti etib yunonistonlik Demetrius Vikelas (1894-1896) saylandi.
Keyinchalik uning o'rnini Per de Kuberten egalladi va 1925 yilgacha XOQ Prezidenti sifatida faoliyat ko'rsatdi. So'nggi 12 yil davomida u XOQ Faxriy Prezidenti deb hisoblandi.
Kongressda Olimpiya xartiyasitasdiqlandi. Unda XOQning maqsad va vazifalari, o'yin qoidalari va ular bilan bog'liq asosiy masalalar ifoda etilgan edi.
I Kongress Xalqaro Olimpiya harakatida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning mohiyati keyingi Olimpiya harakatini rivojlantirishda asosiy o'rinda turadi. Kongress kun tartibidagi barcha masalalami Ko'rib chiqib, tegishli qarorlarni qabul qildi.
Olimpiya Kongressida I Olimpiya o'yini Afinada o'tkazish haqida qaror qabul qilingan edi. Antik Olimpiya o'yinlari vatani yunoniston bo'lganlgi va D.Vikelasning XOQ Prezidenti qilib saylanishi buning asosiy sababi edi.
1896 yil 6 aprelda Afinada I yozgi Olimpiya o'yinlariochildi. O'yinlarga 14 mamlakatdan 245 nafar sportchi keldi. Ular Avstraliya, Avstriya,Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Yunoniston, Daniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Chili, Shveysariya, Shvetsiya mamlakatlarining vakillari edi.
O'yinlar dasturiga ko'ra 9 tur: yengil atletika, gimnastika, suzish, yuk (tosh) ko'tarish, kurash, o'q otish, qilichbozlik, velosiped poygasi va tennis bo'yicha kurashlar olib borildi. Yengil atletika turida AQSH sportchilari 9 ta (12 tadan) yuqori natijalarni qo'lga kiritdi. Uch hatlab sakrashda D.Konnoli birinchi Olimpiya chempioni bo'ldi. Gimnastika turida Germaniya sportchilari g'olib bo'ldi. K.Shuman tayanib sakrashda eng yaxshi natijaga erishdi. Velopoygada fransuz P.Masson g'olib keldi. Tennisda ingliz D.Boland, suzish venger A.Xayosh ustunlik qilishdi. Otish va qihchbozlik bo'yicha ochkolar to'plashda yunonlar yuqori ko'rsatkichlaiga erishib, g'olib bo'lishdi. Yunonlar umumiy ochkolar bo'yicha birinchilikni egalladi. Amerikalik R.Garret disk uloqtirishda va yadro iig'itishda g'olib bo'ldi. Shuningdek, u uzunlikka sakrashda ikkinchi va balandlikka sakrashda uchinchi o'rinni egallab, barchaning e'tiborini qozonishga sazovor bo'ldi.
Qiziqarli tomoni shundaki, Garret o'yinlarga tasodifan tushib qolgan. Chunki u Yunonistonda o'z ta'tilini o'tkazib yuiganda, Olimpiya o'yinlari haqidagi xabarni eshitadi va jamoa ro'yxatiga o'z ism-sharifini kiritadi. U umrida disk uloqtirmagan, faqat o'yindan 3 kun oldin mashq qilib o'rgangan. Uning tabiiy qobiliyati va sportdagi faoliyatlari Olimpiya chempioni bo'lishga sabab bo'Igan.
Afinadagi Olimpiya o'yinlari maqsaddagidek bo'lib o'tdi. Kubertenning boshlagan harakati to'la amalga oshdi. Bu XX asrning eng diqqatga sazovor tadbirlaridan biriga aylandi va Olimpiya o'yinlarining har to'rt yilda o'tkazib borilishiga asos soldi.
Xulosa qilib aytganda, Xalqaro sport uyushmalarining tashkil etilishi va xalqaro sport musobaqalarining o'tkazilishi qadimgi yunon olimpiya o'yinlarini qayta tiklashga sabab bo'ldi. Bu yo'lda Yevropa mamlakatlarining hissasi g'oyat kattadir.
Xalqaro Olimpiya o'yinlarini tashkil qilishdagi harakatlarda fransuz jamoat arbobi Per de Kubertenning tinimsiz va mashaqqatli mehnatlari hamda yunon xalqining o'z an'analariga sodiqligi tarixda o'chmas iz qoldirdi. Olimpiya o'yinlari faqat ishtirok etgan davlatlaminggina emas, balki jahondagi juda ko'p mamlakatlarning sportchilari, yoshlari va mutaxassislarini dadil qadamlar bilan Olimpiya harakatini rivojlantirishga rag'batlantirdi.
Jahonda Olimpiya o'yinlari xalqaro miqyosida o'tkazishiga asta-sekin zamin tayyorlangan. XIX asrning oxirida bu ish to'la amalga oshirildi.
1920 yilda birinchi jahon urushdan keyingi davrdagi olimpiada o'yinlari bo'lib o'tdi. Bu o'yinlar Belgiya poytaxti Antverpen shaxrida o'tkazildi. Urush natijasida yetkazilgan zarar iqtisodiy qiyinchiliklar o'yinlarni tayyorlash va o'tkazishga ta'sir qildi. Belgiya hukumati zarur bo'lgan sport inshoatlarini qurishga yetarli darajada mablag' olmagani uchun ham sport inshoatlari ayrim metsenat- kapitalistlar bergan yordam va sportchilar ortasida yig' ilgan mablag' hisobiga qurildi.
1920 yilda bo'ladigan olimpia o'yinlari (hisob bo'yicha VII olimpiada o'yinlarga) xalqaro ahvol keskinlashib ketgan bir vaqtda tayyorlanildi. Dunyoning oltidan bir qismi jahonda birinchi ishchi-dehqonlar davlati vujudga keldi. Birinchi marta VII olimpiada o'yinlarida besh qit'a sportchilarining birligi va do'stligining simvoli - beshta xalqaro olimpiada bayrog'i hirpiradi. Ammo, bunga qaramasdan, Germaniya va uning 1914-1918 yillar jahon urushidagi ittifoqchilarining sportchilari olimpiada o'yinlariga qo'yilmadi. olimpiada o'yinlarida 29 mamlakatdan 2606 sportchi qatnashdi. Urushda qatnashmagan yoki undan kam zarar ko'rgan mamlakatlarning sportchilari yaxshigina muvaffaqiyatlarga erishdilar. O'yinda 13 ta yangi rekordlar o'matildi, shundan 6 tasi jahon rekordidan yuqori edi. Qo'lga kiritilgan medallarning g'ayri rasmiy hisobi va hisoblab chiqilgan ochkolar (bu 1912 yildagi olimpiada o'yinlardan boshlab yuritilgan) bo'yicha birinchi o'rinni AQSh, ikkinchi o'rinni Shvetsiya, uchinchi o'rinni Angliya, to'rtinchi o'rinni Finlyanda sportchilari egalladilar.
olimpiada o'yinlari 1924 yili Parij (Fransiya) da o'tkazildi. Bunda 44 mamlakatdan 3092 sportchi qatnashdi. AQSh sportchilari Yevropaga yengilgina g'alabaga to'la erishish ishonchi bilan keldilar. Ammo Yevropa sportchilari, ayniqsa, finlar, inglizlar ularga qattiq qarshilik ko'rsatdilar.
Futbol o'yinlari ayniqsa qiziqarli o'tdi. Sportning bu turida Urugvay komandasi g'olib chiqgan edi. IX Olimpiada o'yinlarida 46 mamlakatdan 3015 sportchi qatnashadi, jumladan Germaniya sportchilari ham qatnashdilar. Sport nuqtai nazaridan olib qaraganda bu o'yinlar uncha ahamiyatga ega emas edi. Sportning ko'pgina turlaridan erishilgan texnik natijalar 1924 yildagi olimpia o'yinlaridagi natijalardan past edi. Uncha ko'p bo'lmagan yaxshi natijalar IX olimpiadaning sport texnika natijalarining umumiy manzarasi (yani musobaqalarda qo'lga kiritilgan past ko'rsatgichlar) ni o'zgartira olmadi. Olimpiada o'yinlari 1932 yilda Los-Anjeles (AQSh)da o'tkazildi. Amerikaning hukmron doiralari Amsterdamda ancha putur yetgan AQShning sport sohasidagi obrosini tiklashni ko'zlab, X olimpia o'yinlarini katta dabdaba bilan o'tkazishga qaror qildilar. Los-Anjeles sport inshoatlarining yirik kompleksi - olimpiada stadioni. suzish xavzasi, mashq qilish maydonchalari maydonlar va olimpiada qishlog'i qurildi. Aqsh komandasining muvaffaqiyat qozonishini ta'minlash uchun ungajuda ko'p mashhur negr sportchilari kiritildi.
Ammo AQSh xukmron doiralarining X olimpiada o'yinlaridan kutgan umidlari to'la ro'yobga chiqmadi. Olimpia o'yinlarida 38 mamlakatdan 1408 sportchi qatnashdi. Yaponiya vakillari suzishda g'olib chiqdilar. Ular 6 ta imkoniyatdan 5 ta oltin medal oldilar.
XOQ 1936 yilda bo'ladigan XI olimpiada o'yinlarini fashistlar Germaniyada o'tkazishga qaror qildi. Bu jahonning ilg'or kayfiyatdagi barcha sportchilarining qat'iy noroziligiga sabab bo'ldi. Jahonning ilg'or jamoatchilik fikri Berlin o'yinlariga baykot e'lon qilishdi. olimpiada o'yinlarini fashistlar Germaniyadan birorta
demokratikmamlakatga ko'chirishini talab qildi. Ammo shunga qaramasdan, o'yinlar Berlinda o'tkazildi. XOQ jahon sport jamoatchiligining ovoziga quloq solmadi. olimpiada o'yinlarida 49 mamlakatdan 4069 sportchi qatnashdi. Sport musobaqalarida, ayniqsa yengil atletika musobaqalarida negr sportchilari ustunlik qildilar. Keyinchalik XOQ «o'yinlarda qayg'uli o'qibatlarga olib kelgan harbiylashtirish va natsizmning kuchli ruhi hukmronhk qilganligini» tan oldi.
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari o'rtasidagi davrda qishki olimpiada o'yinlari ham o'tkazila boshlandi. I qishgi Olimpiada 1924 yili Fransiyada Shamoni degan joyda bo'lib o'tdi. Olimpiada programmasiga chang'ida yugirish, slalom, tramplinkida figurali yugirish kiritildi. II Qishgi olimpiada 1928 yili Shvetsiyada Sent-Moritseda o'tkazildi. Bu olimpiada 1932 va 1936 yillardagi olimpiada o'yinlarida g'alaba qozongan novregiyalik figurachi Soniya Xeni katta yutuqga erishdi. Oq olimpiada 1932 yil AQShda, Leyk Plesidada o'tkazildi. Bu olimpiada 1936 yilda Germaniyada, Garmish-Partenkirxenda bo'ldi. Barcha qishki olimpiada o'yinlarida Skandinaviya mamlakatlari, ayniqsa Norvegiya sportchilari katta muvaffaqiyatga erishdilar.
Urushdan keyingi yillarda Olimpiya o'yinlari yana davom ettirildi. 1948-1952- yillarda Olimpiya o'yinlarida AQSH g'olib chiqdi va keyingi o’yinlarda esa ikkinchi o'ringa tushib ketdi, ya'ni Melburn (1956), Rim (1960), Myunxen (1972), Barselona (1992) olimpiadalarida ikkinchi o'rinni egallaganlar. Uchinchi o'rinlami esa 1976- yilgi qishki (Insburg) va yozgi (Monreal), 1988-yiIda Seulda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida oldilar. Amerika sportchilari ko'proq yengil atletika, suzish, o'q otish, basketbol, boks, figurali uchish kabi turlarda doimo ustun bo'lib kelmoqda.
Olimpiya sporti urushdan keyingi yillarda chet el mamlakatlarida keng miqyosda rivojlanib ketdi. Bunga, asosan, bu mamlakatlarda ikki yozgi va qishki Olimpiya o'yinlarining o'tkazilishi sabab bo'ldi. Shu asosda gimnastika, dzyu-do hamda qishki sport turlari Yaponiyada; konkida uchish va chang'i sport turlari, xokkey Kanada, Skandinaviya mamlakatlari va Finlyandiyada; konkida figurali uchish, tog' chang'i sporti Fransiya, GFR va Avstraliyada; futbol-Braziliya, Angliya, GFR, Gollandiya, Italiya, Argentina va boshqa mamlakatlarda rivoj topdi.
Jahonda jismoniy tarbiya va sport rivoji bir xilda bo'lmadi. G'arbda sport bilan shug'ullanuvchilaming ijtimoiy guruhlari ko'p qirralidir.