Hozirgi davr olimpiada harakati va olimpiada o'yinlari katta qarama-qarshiliklar zamonida rivoj topmoqda. Davr taqozosi bilan olimpizm mavjudligi haqida XOQ rahbarlari davlat arboblari, ba'zi sport uyushmalari xodimlari har xil nazariyalar, dasturlar (konsepsiya) Olimpiya harakati va olimpiya o'yinlari, ulardagi tijorat ishlari, kelajakdagi o'yinlarni o'tkazadigan joylar haqida o'zlariga katta baho berishmoqda, turli bashoratlar qilishmoqda.
Olimpiya kongresslari. 1973 y. Varnada (Bolgariya) o'tkazilgan X Olimpiya kongressi olimpiya harakati muammolarini butunlay hal qilishga kirishdi. Uning kun tartibida: hozirgi davr olimpiya harakati va uning rivojlanish istiqbollari; XOQ, XSF va MOQning o'zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o'yinlarining qiyofalari kabi masalalar muhokamaga qo'yildi. Kun tartibidagi masalalaming barchasini hal etisha olmagan bo'lsada, uch tomonlama (XOQ, MOQ va XSF) komissiya tuzildi. Shuningdek, kongress yakuni hujjatlari («Uch tomonlama komissiyaning xulosalari», «Jahonning barcha sportchilariga murojaat») olimpiya harakatining keyingi demokratlashishiga ancha turtki bo'ldi, kongress dunyodagi barcha sportchilarga murojaat qabul etib, ularni xalqaro tinchlik va do'stlikni mustahkamlash hamda Olimpiya harakatining sofligi yo'lida kurashishga chaqirdi.
Olimpiya harakatini yanada rivojlantirishda 1981-yilda Baden-Badenda (Germaniya) o'tkazilgan XI kongress muhim ahamiyat kasb etdi. Bunda uchta masala muhokamaga qo'yildi: keyingi olimpiya o'yinlari; sportda xalqaro do'stlik aloqalari; olimpiya harakatining istiqbol yo'llari. Muhokama jarayonida keyingi olimpiya o'yinlarini o'tkazish masalasi munozaralar, bahslarga sabab bo'ldi, turli munosabatlar izhor etildi. Shuningdek, hozirgi davr olimpiya harakati xususida ham har xil fikrlar bildirildi.
Kongressda XOQning 82 a'zosi, XSFning 37 vakili va Milliy Olimpiya qo'mitalarining (MOQ) 149 vakili ishtirok etdi. Kongressda ilk bor 34 nafar olimpiya chempionlari ham qatnashdi. Kongress tomonidan yakunlovchi qaror (deklaratsiya) qabul qilinib.'unda quyidagi jihatlar bayon etilgan edi:
Olimpiya o'yinlarida «ochiq o'yinlar» uchun joy yo'q; .
Olimpiya o'yinlariga sportchilarni qo'yish tamoyillari («26-qoida» Olimpiya xartiyasi) saqlanib qolaveradi;
Olimpiya o'yinlarini tashkil qiluvchi qo'mita va XOQ, XSF, MOQlarining o'zaro munosabatlari yanada mustahkamlab boriladi;
doping iste'mol qiluvchilami yanada qattiqroq jazolash choralari ishlab chiqiladi;
sportda kamsitish faoliyatlariga qarshi kurash davom ettiriladi;
«Olimpiya birdamligi» dasturini bajarishda qatnashuvchilar sonini ko'paytirish, taraqqiy etayotgan mamlakatlarga ko'maklashish tadbirlari rejalashtiriladi;
matbuot, teleradio orqali sport harakatidagi ijobiy jihatlami ko'proq yoritish, yoshlaming sportga qiziqishini tarbiyalashga e'tibor berish;
mamlakatlarning hukumatlaridan olimpiya harakatini rivojlantirishda ko'mak so'rash;
xotin-qizlaming sport harakatiga rahbarlik qilishlariga keng yo’l ochish.
asrda Olimpiya harakati rivojlanishi asosiy yakunlarini 1994 yil 29 avgust -
3 sentabrda Parijda o’tkaziladigan XII Olimpiya kongressi ko'rib chiqdi. Bunda 3000 kishi ishtirok etdi, ya'ni XOQ (101), XSF (132), MOQ (407), shuningdek, murabbiylar, sportchilar, olimlar, ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari qatnashdi.
Kongressga X.A. Samaranch raislik qildi. Bunda to'rtta masala muhokama etilib, har biri bo'yicha tavsiyalar qabul qilindi, ya'ni: Hozirgi davr Olimpiya harakatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo'shayotgan ulushlari (hissalari).
Jamiyatda sportchining o'rni va roli.
3.Sport ijtimoiy hayotda (sport va siyosat, sport va iqtisod, sport barcha uchun, taraqqiy etayotgan mamlakatlarda sport).
4.Sport va ommaviy axborot vositalari.
Kongressdagi mulohazalar, muzokaralarda XX asr davomida sportchilar mahoratini oshirish, yoshlarni tarbiyalashda olimpiya harakati, olimpiya o'yinlari g'oyat katta ahamiyatga ega bo'lganligi ta'kidlangan.
Katta sportda sportchilarni tayyorlashda ilmiy-texnik taraqqiyot natijalari, zamonaviy uskunalardan keng foydalanish zarurligi alohida qayd etildi.
Sportning ijtimoiy-tarbiyaviy va iqtisodiy salohiyati tobora oshib borayotganligi tufayli davlat rahbarlariga uni tobora rivojlantirishda yordam ko'rsatib turishlari, tavsiya etildi.
Jismoniy tarbiya va sportning mohiyati, olimpiya g'oyalarining ahamiyati o'sib borayotganligini e'tiboiga olgan holda, matbuot, teleradio faoliyatlarini maqsadli yo'naltirish ham taklif etildi.
Hozirgi zamon xalqaro sport va olimpiya harakatida XII Kongressdan keyin ham qator jiddiy muammolar saqlanib qolayotganligi ma'lum bo'ldi.
Ulardan biri dopingdan foydalanish, ikkinchisi Olimpiya o'yinlari va boshqa musobaqalarda hakamlikdagi odillik masalasi edi.
Hozirgi davrda sport natijalarining o'sishi tufayli sportchilarni tayyorlashda ma'lum qiyinchiliklar vujudga kelmoqda. Shu sababdan, ba'zi bir murabbiylar sportchilar faoliyatini sun'iy ravishda (doping asosida) kuchaytirmoqda. Olimpiya o'yinlarining yaxshi an'analarini saqlash yo'lida fidokorona mehnat qilayotganlar bu yo'lda qattiq kurashlar olib bormoqda.
Turli xil moddalarni qabul qilish sportchilar salomatligiga putur yetkazadi, o'zaro munosabat, do'stlik va hamkorliklarga barham beradi. Shu sababdan, 1962-yil Moskvada bo'lib o'tgan XOQ sessiyasida maxsus rezolutsiya qabul qilingan, unda dopinga qarshi kurashda faol ishlash zarurligi uqdirilgan edi. Shunga qaramasdan, bu nuqson kamayish o'miga tobora kengaymoqda. 1970-2005-yillar orasida har xil sport turlarida o'nlab jiddiy, hatto fojiaviy hodisalar hisobga olingan. IX Panamerika mintaqaviy o'yinlarda AQSHning 13 ta yengil atletikachisi doping ishlatganligi uchun o'yinlardan chetlashtirilgan. Osiyo o'yinlarida (Xirosima, 1994) 11 ta xitoy sportchisi man etilgan gormonal preparatlami ishlatganligi uchun musobaqalardan ozod qilingan. Shu sababdan, XOQ tomonidan so'nggi olimpiya o'yinlarida dopinga qarshi xizmat komissiyalari tuzildi. Xalqaro sportda doping ishlatish hollarining ko'payishi sababli XOQ 1999 yil 2-4 fevralda Xalqaro konferensiyada buni maxsus masala qilib ko'tarib chiqdi. Sportda bellashuvlarning halol, odilona bo'lishini ta'minlashda hakamlik omili ancha ustuvor turadi. XOQ xartiyasi va XSFlaming nizomlarida hakamlarning haqqoniy, adolatli bo'lishi alohida ta'kidlangan.
Shunga qaramasdan, olimpiya o'yinlari xalqaro sport musobaqalari va ular bilan aloqador faoliyatlarda hakamlar, tashkilotchi rahbarlar orasida g'irromlik, vijdonsizlik, hatto sotqinlik holatlari ko'p uchramoqda. Ulami butunlay yo'q qilish yo'lida mutaxassislar, axborot vositalari izchil kurash olib bormoqda.
Konkida figurali uchish, badiiy va sport gimnastikasi, boks, kurash, sport o'yinlarida natijalar bir yoki bir necha hakamlarning subyektiv fikrlari bilangina baholanadi. Bunday holatlarda ko'pincha chalkashlik yuz beradi yoki ataylab ta- rafkashlik qilish kuzatiladi. Bu holatlar maxsus yig'ilishlarda Ko'rib chiqiladi va nohaq hakamlar jazolanadi. Shu sababdan, hakamlik muammolari ilmiy-texnik jihatdan o'rganilib, eng zamonaviy texnik vositalardan foydalanishga o'tilmoqda. Ularning dalillari esa hakamlar hay'ati va nazorat qo'mitalarining ko'z oldida qayta namoyish etiladi. Bu o'rinda futbol o'yinidagi jiddiy harakatlami video tasviiga olish va qayta ko'rsatishni misol tariqasida keltirishning o'zi kifoyadir.
Olimpiya harakatida o'yinlar dasturi masalasi qattiq kurashlaiga sabab bo'lmoqda. Sportning u yoki bu turini kamaytirish yoki ko'paytirishga qaratilgan harakatlar o'yinlarning to'xtatilishi darajasigacha olib borishi mumkin.
Shu sababdan, sport turlari hozirgi davrda jamiyat taraqqiyotiga mos kelishi lozim. O'yinlar ilmiy-texnika taraqqiyoti, umumiy ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarini hisobga olmog'i, sportning kurashchanlik, go'zallik, hamjamiyatlik, do'stona muhitini yaratish tamoyillariga tayanishi shartdir.
Hozirgi davr muammolaridan biri, XOQ, MOQ, XSF faoliyatlarini muvoflqlashtirib turishdan iborat. Keyingi olimpiya o'yinlarining talab darajasi tashkil qilinishi shunga bog'liq bo'lib qolmoqda. MOQ hukumat tashkilotlari bilan, XOQ esa YuNESKO va BMT bilan uzviy aloqada ish olib bormog'i kerak.
2000 yilda XOQ prezidenti X.A.Samaranchning lavozimdagi muddati tugadi. Lekin Sidneyda (Avstraliya) bo'ladigan XXVI Olimpiya o'yinlarini o'tkazish va uni yakunlashgacha u o'z lavozimida faoliyat ko'rsatdi. X.A.Samaranch yoshi 80 dan oshganligi tufayh iste'foga chiqishini ma'lum qildi. 20 yildan (1980-2000 y.) ortiq davr mobaynida u XOQ Prezidenti sifatida xalqaro sport va olimpiya harakatining rivojlanishi yo'lida katta mehnat qildi. Buni sport olamining yetakchi va rahbar xodimlari tan olishdi. 2001 yil 13 iyulda Moskvada XOQning 112-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada asosan navbatdagi o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari shahrini belgilash va yangi prezidentni saylash kabi masalalar muhokama etildi. Yangi prezident lavozimiga belgiyalik Jak Rogge ko'p ovoz olib, XOQ prezidenti etib saylandi.
Jak Rogge 1942 yil 2 may kuni Gent shahrida tug'ilgan. IJ tibbiyot fanlari doktori, jarroh; ingliz, fransuz, nemis, golland va ispan tillarida gaplasha oladi. Regbi va yelkanli kema sporti bilan shug'ullangan. Yelkanli kema sporti bo'yicha Belgiya chempioni, Olimpiada (1968, 1972, 1976 yillar) o'yinlari ishtirokchisi. U Yevropa Olimpiya qo'mitasi Prezidenti (1989 y.) Insbruk, Kalgarida o'tkazilgan qishki Olimpiya o'yinlari missiyasi rahbari, Moskva (1980), Los-Anjeles (1984) va Seul (1988) olimpiadalari missiyasi rahbari bo'lgan. Dopingga qarshi Butunjahon Ittifoq agentligi (ADA) a'zosi, 1991 yildan XOQ a'zosi, olimpiada harakati, dasturi va komissiyasi a'zosi. XXVII va XXV11I Olimpiada o'yinlarini muvofiqlashtirish komissiyasining rahbari bo'lgan.
Xulosa shundan iboratki, XX asrning ikkinchi yarmida bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlari, kongresslari va turli sport tadbirlari Olimpiya harakatini rivojlantirishi hamda uni davr talablari asosida demokratlashtirish yo'llari ancha ijobiy bo'ldi. Bunda XOQ prezidenti Jak Rogge, Xalqaro sport uyushmalari rahbarlari, eng muhimi Olimpiya o'yinlarini o'tkazuvchi mamlakatlarning hamkorliklari ancha kuchaydi. Hozirgi davr xalqaro sport va olimpiya harakati muammolarini hal etishda jahon jamoatchiligi birdamligi yuzaga keldi.