O nazarov monografiya



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix14.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#155522
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

Bu ma'lumot Domullozoda imzosi bilan qayd qilingan. 
Shuningdek, Zelen tumandan 1931-yil 31-avgustda 111 ta xo„jalik, jami 470 
kishidan iborat kolxozchilar quloq qilinib, O„zSSR xududidan ko„chirib yuborilgan.
82
Umuman, rahbarlarni tozalash davrida ham kamchiliklar ro„y bergan. Jumladan
81
Тошкент ВДА.Ф-25,рўйхат-1, 132-йиғма жилд,94-варақ. 
82
Коллективизация сельского хозяйство в республиках средней Азии и Казахистана: опыт и проблемы.-Алма-
Ата,Гылым,1990.141-ст. 


58 
1930-yil 2-mart kuni Toshkent okrugi bo„yicha bo`lib o„tgan yig„ilish 
komissiyasining xujjatlarini olib ko„radigan bo„lsak, hujjatlarni rasmiylashtirish 
davrida ortiqcha qog„ozbozliklar, amaldagi qonun-qoidalarga rioya qilmaslik 
holatlari yuz berganligini ko„rishimiz mumkin. 
Arxiv materiallari shohidlik beradiki, quloq qilish faqatgina badavlat 
xo„jaliklarga emas, balki o„rtaxol dehqonlarg nisbatan qo„llanilayotganligi ham 
ma'lum. Masalan, respublika prokuraturasi ma'lumotiga ko„ra, 1930-31 yillarda don 
tayorlash kompaniyasi davrida quyidagi holat yuz bergan:
83
Xo„jaliklar turi 
Xammasi 
Jazoga tortilganlar 
Oqlanganlar 
Quloqlar 
1034 
1025 

O„rtaxollar 
50 
44 

Kambag„allar 



Mansabdor 
shaxslar 
33 
29 

Jami: 
1126 
1104 
22 
“Don tayyorlash” ishi yuzasidan jazoga tortilganlarning 44 foizining mol-mulki 
musodara qilingan. 19 foizi esa O„zbekistondan chetga ko„chirib yuborilgan. 
Bundan tashqari 1930-yilda Zangiota, O„rtaovul, Boyqush qishloqlarida quloq 
xo„jaliklari bir qismining saylovda ishtirok etish masalasi quyidagicha hal 
qilinganligini ko„rish mumkin:
84
Zangiota qishlog„idan 
1.Xo„jayev Mullaxo‟ja 
2.Jamoliddinov Xusamitdin 
3.Maxmudxo„jayev Toshxo„ja 
1-kategoriya 
3-kategoriya 
3-kategoriya 
O„rta ovul qishlog„idan 
1.Qo„shoqov Abdullo 
2.Qo„shoqov Yormuhammad 
3.Qo„shoqov Sulaymon 
4.Shayxov Abdulla 
1-kategoriya 
1-kategoriya 
1-kategoriya 
1-kategoriya 
Boyqush qishlog„idan 
1.Nazarqulov Sotti 
2.Pirmuhammadov Bo„tabek 
3.Abdukarimov B. 
3-kategoriya 
3-kategoriya 
3-kategoriya 
83
Коллективизация сельского хозяйство в республиках средней Азии и Казахистана: опыт ипроблемы.-Алма-
Ата,Гылым,1990.143-ст. 
84
Тошкент ВДА.Ф-25,рўйхат-1,825-йиғма жилд,156-варақ. 


59 
Agar o„rtaxol dehqonlarni ijtimoiy holatini ko„radigan bo„lsak, ushbu jadvaldan 
ko„rish mumkinki, quloq qilish oddiy bir holga aylanib qolgan,
“kambag„allar uyushmasining” (1929-yil oktabr oyida “Qo„shchi” ittifoqi 
asosida ta'sis etilgan - O.N.) yig„ilishi orqali ushbu masalalar salbiy tomonga, asossiz 
quloq qilish tomonga yo„naltirilgani hujjatlar tahlil qilinganda ma'lum bo„ldi.
Shu tariqa, 1930-yillardan e`tiboran kolxozlarni tozalash ommaviy tus olishiga 
zamin tayyorlandi va kambag„al hamda o„rtaxol dehqonlarning 50 foizi shu toifaga 
kiritildi va kolxozdan chiqarildi. Bu kolxoz ustavini buzishdan boshqa narsa emas 
edi. Buyruqbozlik asosida ish olib borish, “kolxozlar begona unsurlar bilan to„lib 
ketgan” degan xulosa bilan ish yuritish bevosita xatoliklarni keltirib chiqardi.
Quloqlarni sinf sifatida tugatish keyingi yillarda faqat zo„ravonlik asosida xam 
keskin tus ola boshladi. Masalan, VKP (b) MK O„rta Osiyo byurosining 1931-yil 30-
yanvardagi “O‟rta Osiyoda kollektivlashtirish to„g„risida” gi qarorida 1930-yil dekabr 
plenumi qaroriga ko„ra kollektivlashtirishni paxtakor rayonlarda 50 foizga yetkazish 
hamda soxta yoppasiga kollektivlashtirish asosida quloqlarni sinf sifatida yo„q 
qilishni kun tartibidagi birinchi masala qilib qo„yilganligi ta'kidlangan.
Natijada, O„zSSR XKS ning soxta kollektivlashtirish masalasi bo„yicha 1931-yil 
27-apreldagi komissiya hujjatida aytilishicha, kolxozlarni tozalash davrida masalaga 
jiddiy e'tibor berilmagan, hamda 1930-yil 1-aprelgacha bo„lgan davrda kolxozlardan 
4910 kishi chiqarilgan. Shulardan, 878 tasi quloqlar, 173 tasi quloq toifasiga yaqindir, 
145 tasi dindorlar, 216 tasi savdogarlar, 55 tasi ustavga bo„ysunmaganlar. Qolgan 
528 tasi har xil masalada kolxozdan chiqarildi. Eng muhimi 2336 ta kishining qanday 
qilib kolxozdan chiqarilganligi tekshirib ko„rilganligi qayd qilingan. lekin ularning 
taqdiri xolisona hal qilinmagan. Ular quloqlar toifasida qoldirilganligi hujjatlarda 
qayd qilingan.
Vaholanki, xalq noroziligini oldini olish maqsadida hukumat 1930-yil 14-
martdagi qarorida
85
“Xalqning kundalik xayoti uchun zarur bo„lgan bozorlarni ochib 
qo„yish, hamda dehqonlar o„z yetishtirilgan mahsulotlarini erkin ravishda sotishiga 
85
Компартия Узбекистана в резолюциях и решениях съездов и пленумов ЦК.1-ч.1925-1937гг.-
Т.:Узбекистан,1987.-522-ст. 


60 
yo„l ochib berish” ta'kidlangan edi. Shuningdek qarorda dehqonlarning diniy 
erkinliklari xisobga olinib, diniy ta'qib qiluvchilarni, ya'ni aybdorlarni so„zsiz 
jazolash kerakligi uqtirilgan. shunga qaramasdan quloq qillish jatumanda yuqorida 
qayd qilingan holatlar oddiy tusga aylanib bordi. Jumladan, Beshariq tumandagi 
quloqlarni sinf sifatida tugatish davrida o„rtaxol dehqonlardan nohaq 6 ta xo„jalik 
sudga tortilgan.
86
Bo„ston qishlog„idan agrouchastka oqsoqoli Ramazonov dehqonlar 
mol-mulkini baholash paytida shunday ish tutadi: “sizlarda nima bo„lsa, hammasini 
yozib olamiz va kimda ikkita xalat bo„lsa, bittasini olamiz”, deb aytgan bemani 
so„zlari to„g„risida ma'lumotlar mavjud. Umuman quloq qilish davrida ko‟plab 
kambag„al dehqonlar aziyat chekdilar. Ba'zi bir rayonlarda quloq qilinganlar 15 
foizga, saylovdan mahrum qilish 15-20 foizgacha yetgani ma'lum.
Siyosiy rahbarlar soxta kolxoz tuzumi tuzishdagi ayrim imkoniyatlar yana bir 
ishga solindi. 1930-yil 6-mart kuni Markazkomda bo„lib o„tgan partiya xodimlari 
yig„ilishida kolxoz tuzumining asosiy formasi - artel bo„lib, qishloq kishilarni 
shaxsiy tegirmonlarini olish hamda bozorlarni yopib qo„yish quloqlarga qarshi kurash 
degan ma'noni bildirmasligi qayd qilingandi. Lekin ko„rilgan tadbirlarni hech qachon 
nihoyasiga yetkazilgan emas yoki iqtisodiy asoslanmagan holda bo„lgani uchun shu 
hodisa yuz berdi.
Jumladan Bag„dod tuman “dehqon” kolxozida quloqlardan tozalash paytida 21 
ta batrak kolxozdan ko„chirilgan, dehqonlarning arizalari ko„rib chiqilmagan, 
pirovardida dehqonlar asossiz quloq qilingan. Namangan tumanga kelgan hukumat 
rahbari Y. Oxunboboyev 6 ta kolxozchi va 3 ta kambag„al dehqon paxta planini 
bajarmagani uchun qamalgan faktiga duch keladi.
87
Shuningdek, Yuqori Chirchiq 
tumandagi “mehnat birligi” kolxozida 250 ta xo„jalik mavjud bo„lib, xo„jalik rahbari 
To„lagan Ro„ziyev va rais mouvini Nurbek Saidaliyevlar “Biz kolxozdan hech kimni 
chiqarmaymiz, xohlasa rayon rahbarlari kelib chiqarsin, agarda qo„llarida asoslari 
bo„lsa”, deydilar. Marg„ilonning shahar va qishloqlarida dehqonlarni tekshiruv 
o„tkazish orqali toifalarga bo„lmoqchi bo„ladilar. Masalan, Konor Ariq qishloq 
86
Уша жойда. 
87
Правда востока.1930 йил 21 ноябрь. 


61 
sovetida rais Safiyev bir dehqonning uyini tekshirib, yagona uy urchug„ini musodara 
qildiradi. Sababi, VKP( b) MK O„rta Osiyo byurosining 1931-yil 30-yanvardagi 
qaroriga ko„ra sovxozlarda 20 foiz, paxtakor rayonlarda esa 50 foizgacha quloqlar 
tugatilishi kerak degan ko„rsatma asos bo„lib xizmat qildi. Tarixchi olim 
S.Saidaliyevning ma'lumotiga ko„ra, 1930-31-yillarda kolxozlardan 40 ming quloqlar 
chiqarilgan. Shundan 31,7 minggi chekka o„lkalarga surgun qilingan.
88
“Quloqlarga” qarshi kurash natijasida ta'qib qilinganlar qisman respublikaning 
aholi kamroq yashaydigan mintaqalariga yuborilardi. U yerlarda 17 ta maxsus 
qo„rg„on qurilgan edi. O„zbekistondan tashqariga - Shimoliy Kavkazga, Ukrainaga, 
Sibirga yuborilardi. 1933-yilga kelib respublikadan tashqariga majburan ko„chirilgan 
“quloqlar “ oilalarining soni 5,5 mingdan oshib ketgan edi.
89
Xullas, yuqori partiya va 
sovet hamda xo„jalik rahbarlarining aksariyatini (chaqirilmaganlar- O.N.) kolxozlarga 
rahbarlik lavozimiga tayinlash oddiy bir holga aylandi (bu yerda 25 mingchilar 
ko„zda tutilmoqda - O.N.) xujjatli ma'lumotlarga qaraganda, 1930-33 yillar davrida 
kolxozlarga, o„sha vaqtda aytilishicha “suqilib kirib olgan” quloqlar va “yot unsurlar” 
dan 30 mingdan ortiq kishi haydab chiqarilgan. Ulardan aksariyat qismi bir qolipda 
“jamoalashtirishga qarshi faol chiqishlari uchun” degan ayblash bo„yicha qatag„on 
qilindi.
90
Bu esa kolxozlar ichki demokratiyasini, ya'ni o„z-o„zini boshqarish 
tamoyillarini buzdi hamda dehqonlarga bo„lgan munosabat sinfiylik nuqtayi-
nazaridan qarab belgilash oddiy bir holga aylandi.
Demak, kollektivlashtirishni amalga oshirishda qonunchilik va inson huquqlari 
poymol etilgan. Chunki, 1930 yillardan boshlangan ma'muriy-buyruqbozlikning 
kuchayishi oqibatida mahalliy rahbarlarning javobgarligi, tashabbuskorligi, obro„-
e'tiboriga putur yetkazildi. Ularning ko„pchiligi tuzum qurboni bo„ldilar. Natijada 
dehqonlar orasidagi masuliyatlarni sezilarli darajada kamayishi oqibatida 
mehnatkashlarni ham quloq qilishga keng yo„l ochib beradigan tadbirlarni amalga 
oshirilishiga oid harakat boshlandi. Har qanday to„siqlar “siyosiy qarorlar” dastagi 
88
Сайдалиев С.Осушествление коопертивного плана в Узбекистане.-Т.:Госиздат,1958.66-ст. 
89
Алимова Д.А.,Голованов А.А.Узбекистан мустабид совет тузуми даврида: сиѐсий ва мафкуравий тайзик 
окибатлари.-Т.:Ўзбекистон,2000-50-б. 
90
Ўзбекистоннинг янги тарихи.2-китоб,-Т.:Шарк,2000.-355 бет. 


62 
bo„lgan “ishonchli” odamlar tomonidan amalga oshirilishi tufayli xalqning so„nggi 
umid va imkoniyatlari butunlay yo„qqa chiqarildi.
Boylar va quloqlar ( nomunosib - O.N.) bilan kurash bahonasida dehqonlarni 
saylov huquqidan maxrum qilishgan hamda o„zbilarmon, ishchan yer egalariga urush 
e'lon qilingan edi. Dindorlarga, ma'muriyat harakatlariga qarshi chiqqanlarga ham 
quloqlashtirish siyosati yuritilgan. Ayrim raxbarlar o„z shaxsiy ishlari bo„yicha 
o„zlariga yoqmagan odamlarni ham quloq qilishgan. “Yoppasiga kollektivlashtirish 
asosida quloqlarni sinf sifatida tugatish” siyosati boshidan oxirigacha xato siyosat 
bo„lgan. U nafaqat quloqlarga tinch yo„l bilan “sotsializmga o„tishga” imkon 
qoldirmagan, balki ularning tashkilotchilik qobiliyatlarini va mablag„larini yangi 
ijtimoiy tuzumni mustahkamlash maqsadida foydalanishga xam yo„l qo„ymagan 
hamda moddiy ahvoli ancha yaxshi va o„ziga to„q bo„lganlarni jismoniy jihatdan yo„q 
qilinishiga yo„naltirilgan. 
“Quloqlarni tugatish” siyosatini o„tkazishda sifat jihatidan ijtimoiy mezonlar 
to„g„ridan to„g„ri xo„jalik rivojlanish darajasini xajmi jihatidan baholash mezonlari 
bilan almashtirilgan. Quloq kategoriyasiga asosan Sho„ro tomonidan ajratib berilgan 
yerida o„z mehnati bilan xo„jalikni o„rta darajadan yuqoriga ko„tara olgan 
mehnatkash dehqonlar kiritilgan edi. Rahbar xodimlarning katta qismi quloqlar safiga 
o„ziga to„q o„rtaxol dehqonlarni ham kiritgan. Vaholanki, qishloq mehnatkashlari 
bunday dehqonlarni ilg„or dehqonlar deb atab, ulardan qishloq xo„jaligini yaxshilash 
va mustahkamlash borasida ko„p narsani o„rgansa bo„ladi deb baholaganlar.
Shunday qilib, kolxoz qurilishi sur'atlarini suniy ravishda avj oldirish 
kolxozlarni, “sotsialistik asosda mustahkamlash” ko„p sonli odamlarning qurbon 
bo„lishiga, ularning begunoh qoni to„kilishiga sabab bo„ldi.
Qishloqda sinfiy siyosatni ishlab chiqarishda asosan oldingi yillarda o„tkazilgan 
axolini ro„yxatga olish ma'lumotlaridan foydalanib, soliq qonunchiligi, yer o„lchash, 
texnika bilan ta'minlash, kredit va kooperativ siyosat, ma'muriy amaliyot kabi 
sohalarda turli qaror va ko„rsatmalar ishlab chiqilgan. Ular ko„pincha joylarga 
kechikib borgan. Ayrim hollarda esa ularda ko„rsatilgan usullarlar qarama-qarshi 
bo„lgan va dehqonlarni sinf sifatida ajratishda qiyinchilik tug„dirgan.


63 
Markaziy partiya va sovet organlari qishloq sovetlari va partiya tashkilotlariga 
ishongan. Biroq joylardagi partiya va sovet xodimlarining tajribasi yo„q edi va ular 
ko„pincha dehqonlarning ijtimoiy ahvolini aniqlashda to„g„ri ma'lumotlar bera 
olishmagan.
Umuman, jamoalashtirish o„zbek qishlog„i tarixiy rivojlanishining sog„lom 
jarayonlariga to„sqinlik qildi. U dehqonlarning davlat tomonidan asoratga solinishiga 
olib keldi. Kolxozlarga zo„rlik bilan haydab kiritilgan dehqonlar barcha asosiy 
fuqarolik huquqlaridan mahrum qilindilar. Shu tariqa qishloqda yangi tuzumning 
mustahkam asosi bo„lgan odamlar quloq qilindi.

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin