Mana bu jadvalga diqqat qiling:
Jadval
Rayonlar
Keltirilgan
Kasallandi
O‘g‘irlangan So‘yib
yuborildi
Kirov
871
567(68,0%)
84(9,6%)
409(46,9%)
Ordjonikidze
1439
1300(90,3%)
48(0,2%)
532(37,0%)
Bog„dod
3110
1236(39,7%)
65(2,0%)
735(23,6%)
Bu ma‟lumot 1937-yil dekabriga ta‟lluqlidir.
Lekin bir narsani hisobga olish kerakki, chorva mollarini chetdan keltirish yoki
mahalliy chorvani joylashtirish uchun STFlarning yo„qligi , oqibatida shaxsiy
xo„jaliklarda ham chorva mollari keskin kamayib ketdi. Masalan, 1933-yili
O„zbekiston bo„yicha chorvaning umumiy soni quyidagi tarzda edi:
Jadval
1.01.1934-yil
1934-yil
O„sish (foiz
hisobida)
Yirik shoxli mollar 857,4
878,4
2,5
STF va sovxozdagi
Chorva
20,0
21,5
7,8
Umumiy soni
12,5
12,7
3,2
Bundan tashqari, respublika bo„yicha chorvaning umumiy soni sog„in sigirlar
bilan qo„shib hisoblaganda quyidagicha edi:
Jadval
Yillar
Sovxozlarda
umum
chorva
Sog‘in
sigir
sovxozlarda
STFlarda
Jami
Umum
chorva
Sog‘in
Sigir
Umum
chorva
Sog‘in
sigir
1932 y
20,6
7,6
17,3
3,7
357,4
330,3
1933 y
37,6
14,2
46,4
13,2
910,8
434,0
76
O„zbekiston bo„yicha birinchi va ikkinchi besh yilliklarda ham chorvachilikka
e‟tibor qoniqarli bo„lmagan. Dastlabki besh yillikda chorva sonining keskin kamayib
ketishi sababini quloq qilinganlar chorvasining majburiy ravishda tortib olinishidan
izlash kerak.Bu O„zKP (b) MK 1931-yil 2-martdan “Quloqlarning qorako„l va zotdor
qo„ylarini musodara qilish to„g„risidagi qarorning noto„g„ri
104
chiqarilganligi
sabablidir. Lekin tortib olishlar va qo„rqitish orqali amalga oshirilgan tadbirlar ham
chorvachilikni tiklay olmadi. Yakka tartibdagi va shaxsiy xo„jaliklar chorvasi ham
kamayib keta boshladi. Masalan, Bauman tumanda 1935-yilda hammasi bo„lib
5828ta xo„jalik bo„lsa , shundan 2555 tasining sigiri yo„q edi
105
.
Shu tariqa, respublikada paxtachilikka e‟tiborning kuchayishi natijasida
chorvachilikka bo„lgan intilish susaya bordi. To„g„ri yuqorida aytilganidek, bu sohani
rivojlantirish uchun bir qancha tadbirlar ko„rildi. Ammo bu ko„rilgan iqtisodiy
tomondan quvvatlanmadi. Birinchi besh yillikda paxta mustaqilligi uchun kurash
shiori ostida chorvachilikka mos keladigan joylarga zarar yetkazildi. Oqibatda, o„z
mulki va asosiy tirikchilik manbai chorvachilik bo„lgan xonadonlar undan ajraldi va
undan ko„p kechirish hamda oilani iqtisodiy tomondan mustahkamlab turgan yagona
imkoniyati ham xalqdan tortib olindi. Xalqning qashshoqlashuvi eng avvalo
boshlangan bo„lib, geografik jihatdan chorvachilikka ixtisoslashgan mintaqa Sun‟iy
ravishda va asossiz ravishda izdan chiqarildi. Xalqning kayfiyati va hasrati
tinglanmadi. Hamma narsaga paxta o„sadimi, bo‟ldi. Demak, paxta ekish kerak,
ekmaslik dushmanlik, deb qarab kelindi, shu asosda ish tutildi. Mintaqadagi o„ziga
xos holatlar buzildi . Buning asorati bugungi kunda ham o„z ta‟sirini ko„rsatmoqda.
Chunki, ko„rilgan tadbirlar shuni ko„rsatadiki, Oktabr to„ntarishidan keyingi davrda
chorvachilikning keskin kamayib ketishi ba'zi tarixchi olimlar (Aminova R.X..
Ibragimova A.Y. Jamolov O.B. ) tomonidan “sovet davlatiga dushmanlik qiluvchi
sinflar tomonidan qilingan urinishlar tufayli yuzaga keldi” degan umumiy xulosa
qilindi va shu talqin bilan bugungi kungacha yetib kelindi. Chunki har holda hech
kim me'ros mulk bo„lgan narsani hech bir zamonda tekinga topshirishga rozilik
104
Аминова Р.Х. Осущестление коллективизации в Узбекистане (1929-1932 гг). Т.: Фан, 1977. Ст. 108.
105
ЎзРМДА. Ф-90, рўйхат – 8, 1716 – йиғма жилд, Б.40.
77
bermasa kerak. Shuning uchun chorvachilikga yetkazilgan zarar mintaqamizning
geografik shart-sharoitlarini yaxshi o„rganmasdan, hamda paxta yakkahokimligiga
asoslangan tuzumning joriy etilishi tufayli yuz berdi. Ushbu sohani tiklash uchun
ko„rilgan tadbirlar, qarorlar bir-biriga zid va ko„plari iqtisodiy tomondan puxta ishlab
chiqilmagan tadbir va qarorlar edi.
Qishloq xo„jaligini kollektivlashtirish davrida dehqonchilik va chorvachilikka
yetkazilgan zararning oqibatlarini ko„rib o„tdik. Demak, har ikkala sohadagi
kamchiliklar bir-biriga taqqoslagan holda quyidagi xulosaga keltiradi:
Birinchidan kollektivlashtirish boshidan oxirigacha dehqon hamda yakka
tartibdagi xo„jaliklarni to„g„ridan - to„g„ri siquvga olish xarakterida bo„ldi.
Ikkinchidan,
kolxozlar
tuzish
davrida
ishlab
chiqarish
vositalarini
umumlashtirish borasidagi nuqsonlarni ro„y-rost aytilmagani oqibatida, ularni
joylarda tugatmaslik natijasida ko„p noroziliklar kelib chiqdi.
Uchinchidan, qishloq xo„jalik, jumladan g„alla mahsulotlarini yetishmasligi,
paxta mustaqilligiga erishish uchun ko„rilgan tadbirlar natijasida yuz berganligini
alohida ta'kidlashimiz kerak.
To„rtinchidan, kolxozlarning ishlab chiqarish rejalarini tuzishda partiya
xodimlari tomonidan yuqoridan turib boshqaruvi natijasida dehqonlarni mustaqil
fikrlash va ish yuritish yo„li to„sib qo„yildi.
Beshinchidan, qishloq xo„jaligi butunlay eski usulda ish yuritish, yangilikni
ozida joriy etish imkoniyatlaridan maxrum bo„ldi. Oqibatda ishlab chiqaruvchining
ishlab chiqarish vositalaridan va mehnat natijalaridan begonalashuviga olib keldi.
Oltinchidan, don tayyorlashning barbod bo„lishi tufayli davlatga kolxoz
mahsulotini majburan yetkazib berishi joriy etildi. Don va boshqa qishloq xo„jalik
maxsulotlarining katta qismining narxi bozor narxidan 10-12 barobar arzon qilib
belgilandi.
Yettinchidan, mamlakat bo„yicha yagona tizim joriy etildiki, bu o„z navbatida
kolxozlarning erkin ko„chib yurish hamda o„z kasbini o„zgartirishga, turmushini
yaxshilashga imkon bermadi.
78
Sakkizinchidan, kolxozchilar fuqarolik passporti yo„qligi oqibatida ularni
kolxozga muqim qilib qo„yish va ularning mexnatiga majburiy tus berishga sabab
bo„ldi. Buning orqasida qishloqlarda dehqonlarning yerdan bezishi ommaviy tus
olishiga sabab bo„ldi.
To„qqizinchidan, ommaviy ravishda monokulturaga o„tish, dehqonlarning
iqtisodiy ahvolini og„irlashtirdi va har qanday noroziliklar siyosiy yo„l bilan hal
qilinishi tufayli qishloqning haqiqiy egasi o„z yerida begona kishidek his qilish
ruhiyatini, ya'ni “davlatniki” degan tushunchaning paydo bo„lishi bilan mehnatga
bo„lgan munosababtini o„zgartirdi. Natijada mahalliy aholining turmush darajasi
keskin ravishda pasayishi, mehnatdan bo„yin tovlash kabi baholandi.
O„ninchidan, sinfiy tabaqalanish, ya'ni quloq qilishlar dehqonlarni sotsial
tarkibini o„rganilmasdan, me'ros mulki xisobga olinishi tufayli, ko„chirish, sun'iy
ravishda qishloqdagi ishbilarmonlarni, mexnatni tashkil qiluvchilarni ta'qib ostiga
olish, qishloq xo„jalik maxsulotlarini taqchilligiga, xatto ocharchilikka olib keldi,
xolos.
Va nihoyat, dehqonchilik bilan be'vosita bog„liq bo„lgan chorvachilik sohasi
ham yuqoridagi kamchiliklar tufayli uzoq yillar davomida asl xoligacha, ya'ni yer-suv
islohotidagi davr ko„rsatkichini ushlab turishni iloji bo„lmadi. Sababi, dastlab paxta
mustaqilligiga erishish uchun kurash davrida ozuqa ekin maydonlarining keskin
kamayishi hamda quloq va dehqon xo„jaliklari tarkibidagi chorvalarni kolxozga
umumlashtirish va tortib olishlarning keskin bo„lishi orqali. Eng asosiysi, me'ros
mulkka nisbatan chiqarilgan qarorlarning noto„g„ri ekanligi, respublikaning geografik
shart-sharoiti hisobga olinmaganligi, shaxsiy chorvalarni saqlashdagi cheklashlar
hamda soliqlarning ortib borishi davlatga go„sht topshirish rejasining respublika
imkoniyatidan kelib chiqib rejalashtirilmaganligi, berilgan qarorlarni bajarish
shartligi, STFlar va boshqa turdagi sohalar ahvolini og„irlashtirgani, shuningdek
kolxoz ustavi bilan shaxsiy chorvaga ega bo„lish to„g„risidagi ko„rsatmalarning bir-
biridan farq qilishi va nihoyat, chorvachilikka bo„lgan e'tibor asosan quloq
xo„jaliklari xisobiga o„zgarishlar qilish mumkin degan fikr bilan ish tutish orqali katta
yo„qotishlarga olib keldi.
|