17
1.2 Qishloq xo‘jaligini yoppasiga jamoalashtirish
( jarayon va ziddiyat )
Ma'lumki, kollektivlashtirish tadbirini amalga oshirish tarixi bilan bog„liq
muammolar ko„lami keng. Garchi uni amalga oshirish muddatlari belgilangan
bo‟lsada qishloq xo„jaligining ortda qolish sabablari baholanganda tarixiy o„tmishni
tahlil qilish shuni ko„rsatmoqdaki, eng asosiy omillar – “sotsiolistik” taraqqiyot
yo„llarini tanlash, dehqonchilikni inqilobiy o„zgartirish usullari inobatga olinmagan
edi. Qishloq muammolariga bag„ishlangan ishlarda ma‟lum ijtimoiy–psixologik
xususiyatlarga ega bo„lgan dehqon, qishloq xo‟jalik mehnatining o„ziga xos
tomonlari nazardan chetda qolgan edi. Eng asosiysi-qishloq xo„jaligida yuritilayotgan
siyosatning ustuvor tamoyillariga to„la ishonch hosil qilingan edi. Demak,
O„zbekistonda markaziy rayonlarga nisbatan dehqon xo„jaligining ijtimoiy-iqtisodiy
va madaniy jihatdan kam taraqqiy etganligini hisobga olgan holda ish yuritilganligini
tan olishimiz va bunga albatta haqiqat ko„zi bilan qarashimiz lozim.
Qishloq xo`jaligini tiklash va rivojlantirishning dastlabki bosqichida (yer-suv
islohoti) kooperatsiya muhim rol o„ynagan. Kooperatsiya o„n minglab mayda dehqon
xo„jaliklari va sanoat o„rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, mehnat ishab
chiqarishning o„sishiga xizmat qilishi, mehnatkash dehqonlarning moddiy ahvolini
yaxshilashga, davlat korxonalarini kerakli xomashyo bilan ta‟minlashga qaratilmog„i
lozim edi. Qishloq xo„jalik kooperatsiyasi shahar va qishloq o„rtasidagi
bog„lanishning shakllaridan biri biri bo„lib xizmat qiladi.
Ayniqsa, qishloq xo„jaligini qayta qurishning dastlabki bosqichlarida
respublikamiz iqtisodiyotida bu soha ko„p tarmoqli ekanligi inobatga olinib, ish
ko„rilganligi hujjatlarda qayd etilgan va ayrim o„zgarishlarga olib kelganligini
yuqoridagi bobda misollar orqali ko„rib o„tdik. Sababi-qishloq xo„jaligini qayta
qurishni primitiv holatdagi texnika va o„sha davr psixologiyasi orqali amalga oshirib
bo„lmas edi. Shu sababli, davrga baho berish lozim. Ilmiy xulosalar haqqoniy va
xolisona bo„lishi zarur.
Yuz bergan voqealarni tahlil qilar ekanmiz, voqeylikni inkor etmaymiz, balki
uni garchi u sinfiy xarakterda bolsa ham to„laligicha olamiz. Chunki ilmiy xulosalar
18
insoniy va milliy qadriyatlarga mos keladigan bo„lishidan tashqari o„z ilmiyligini
yo„qotmasligi kerak deb o„ylaymiz.
Kollektivlashtirishning dastlabki bosqichida respublika hayotining sotsial-
iqtisodiy tomonlari, jumladan jo„g„rofiy sharoiti, kishilarning dunyo qarashi, madaniy
saviyasi, asosiy tarmoqlar nimalardan iborat ekanligi jiddiy ravishda o„rganilgan
emas. Bu masala haqida hozirgacha ilmiy va tarixiy adabiyotlarda fikr mulohaza
aytilmaganligi sababli biz o„z ilmiy ishimizda ko„proq asossiz ravishda
jadallashtirish, soxta kollektivlashtirishning oqibatlari respublika hayotida qanday
salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelganligini manbalar asosida, hamda ilgari
chop etilgan ishlarni tanqidiy o„rganish orqali tahlil etib davrga holisona baho
berishga harakat qildik.
Kollektivlashtirishni jadallashtirish, jumladan markaz ko„rsatmalarini ortig„i
bilan uddalashga kirishib ketilib, asosan siyosiy rahbariyat ko„rsatmalari asosida ish
olib borildi.
Kollektivlashtirishni asossiz ravishda jadallashtirish aynan 1930 -yilning
bahorida boshlandi va asosiy g„allakor rayonlarda kollektivlashtirishni 1930-yilning
oxirida tugatish ko`zda tutilgan edi. Bu davrda iqtisodiy jihatdan tayyorgarlik oxiriga
yetkazilmagan bo„lsa ham, dastlabki 17 ta rayon yoppasiga kollektivlashtirilgan
rayon deb e‟lon qilindi. Sotsialistik musobaqa joriy etildi. Pirovardida kolxozlarni
tuzish va ularni son jihatdan ko„paytirish kuchayib ketdi. Shu bilan bog„liq tarzda
1930-yildan kolxoz hayotida ixtiyoriylik tamoyilining buzilishi ham boshlandi.
Kolxoz qurilishiga ma‟muriy-buyruqbozlik usuli joriy etildi. Respublikaning ichki
imkoniyatlarini mustaqil hisob-kitob qilish, vaziyatni holisona ko„rib chiqish
butunlay markaz qo„liga berib qoyildi. Direktiv planlashtirish hamda buyruqbozlik
tizimi joriy etildi. Oqibatda dehqon mehnatiga majburiylik tusi berildi va
dehqonlarning kolxozlardan bezishi shu tariqa ro„y bera boshladi.
Ayniqsa Stalinning 1929-yil 7-noyabrda bosilib chiqqan “Buyuk burilish yili”
degan maqolasi jadal jamoalashtirishni “nazariy“ jihatdan asoslab berdi. Unda keng
19
qishloq ommasi kolxozlarga kirish uchun yetildi, deb aytilgan edi.
19
Shunga muvofiq
O„zbekistonda kolxoz qurilishi to„g„risidagi ilk qaror O„zKP (b) MKning 1929-yil 4-
dekabr kuni bo„lib o„tgan yig„ilishida
20
1929-30-yillarda O„zbekistonda kolxoz
qurilishi rejasi tasdiqlanishidan boshlandi. Yig„ilishda 1929-yilning dekabr oyidan
boshlab kollektivlashtirishda Ittifoqdagi asosiy g„allakor rayonlarni quvib yetish,
xatto o„zib ketish masalasi kun tartibiga qo„yildi.
Vaholanki, kollektiv xo„jaliklar O„zbekiston bo„yicha bu davrda 1,2 foizni
tashkil qilardi xolos. Shuningdek Toshkolxozseksiyasining raisi Otaxonovning
ko„rsatmasiga ko„ra
21
Toshkent okrugi bo„yicha beshta rayonda yoppasiga
kollektivlashtirishni ( Toshkent, Yangiyo„l, Mirzacho`l, Piskent va Bekobod ) 1930-
yilning
15-fevraligacha
tugatish
zarurligi
qayd
qilindi
va
yoppasiga
kollektivlashtirishni amalga oshirish uchun birinchi navbatda amalga oshirilishi kerak
bo„lgan vazifalar quyidagicha belgilab chiqiladi:
1.
Kolxozlarni yot unsurlardan tozalash ;
2.
Yangi kolxozlarni tuzish harakatini tezlashtirish va ularning iqtisodiy qudratini
yaxshilash ;
3.
Tuzilgan kolxozlarni o„z vaqtida ustav va bitimlar bilan ta‟minlash.
Okrugdagi boshqa rayonlarni kollektivlashtirishni 1930-yil oxirida tugatish
belgilandi. Ushbu hujjatda kolxozga kirmoqchi bo„lganlar o„z mehnat qurollari va
chorva mollarini topshirmasa, kolxozga a‟zo qilib olinmasligi aytiladi. Kolxozga
kirayotgan dehqonlarning ko„pchiligi o„z shaxsiy chorvasiga ega emasligi
rahbariyatga ma‟lum bo„lsa-da, bu borada noto„g„ri olib borilganini ta‟kidlash lozim.
Bundan tashqari, kollektivlashtirish bo‟yicha okrug shtabining a‟zosi o„rtoq
Sidorovning ta‟kidlashicha, kolxozga a‟zo bo„lib kirmoqchi bo„lgan xar bir odam 16
yoshdan oshgan bo‟lishi, hamda a‟zolik badalini to„lashi kerak. A‟zolik badali oilada
16 yoshdan har bir kishidan olinishi qayd qilib o„tiladi.
22
Bunday tadbirlarga har
19
Правда газетаси,1929, 7 ноябрь.
20
Социалистическое сельское хозяйство Узбекистана.-Т.: Узбекистан,1978.-14-ст.
21
Тошкент ВДА.Ф-182.оп-1,д.49,208-варақ.
22
Тошкент ВДА.Ф-182.оп-1,д.49,208-варақ.
20
doim amal qilinmagan. Chunki vaziyat tezroq soxta kollektivlashtirishni taqozo etar
edi.
A‟zolik badalidan tushadigan mablag„lar kolxozning bo„linmas fondiga
o„tkazilishi ta‟kidlangan, ammo tushgan mablag„larning hisob kitobi qayd qilingan
hujjatlar arxivda topilgani yo„q. Kolxoz tuzishda tartib-qoidalarni keskin buzish
natijasida Piskent va Bo„ka rayonlarida ikki hafta mobaynida 3 tadan kolxoz tashkil
qilindi. Ular qog„ozda mavjud, amalda yo„q kolxozlar edi.
23
Shunday voqealar boshqa okruglarda ham yuz berdi. Masalan hujjatlarda
Namangan okrugidagi Yangiqo„rg„on tumanda yoppasiga kollektivlashtirish 1930-
yili tugallandi va 50 ta kolxoz tuzildi deyilgan. Lekin kolxozlarning ko„pchiligi faqat
qog„ozda edi xolos. Sababi kolxozlashtirish majburiy asosda olib borilgan. Masalan,
Yangiqo„rg„on ijtimoiy ta‟minot bo„limi raisi rayondagi qishloqlardan birida bu
qoidaga bo„ysunmagan 10 batrakni qamoqqa oldi.
24
Shuningdek, rayondagi “Olmos” kolxozini tuzish paytida 800 ta xo„jalik ikki
kun ichida ro„yxatdan o„tkazilib, dehqonlar xohishi inobatga olinmasdan kolxozga
yozib qo„yilganligi va 24 yanvar kuni kolxozga kiruvchilar o„zlarining barcha
chorvalarini bozorga olib borib sotganliklari aniqlandi. Demak, dehqonlar kolxozning
maqsad va mohiyati xamda qoidalari aniq emasligi tufayli yuqoridagi voqealar
ko„lami
kengaydi
degan
xulosa
qilish
lozim.
Bu
davrda
yoppasiga
kollektivlashtirilgan rayonlarda ham ishlar ko„ngildagidek olib borilmagan. Sababi –
birinchidan, sug„oriladigan yerlarning suv bilan ta‟minlanmagani va ekin ekishga
tayyor emasligi; ikkinchidan, kolxozga zo„rlab kiritish yoki yolg„ondan qo„shib
yozishlar oqibatida kollektivlashtirish zarar ko„ra boshlaganidadir.
25
Faktlarga murojaat qilaylik: birgina Yangiyo„l tumanida birinchi marta
ro‟yxatga olingan 180 ta xo„jalik qog„ozda bor edi xolos. Eng achinarlisi shundaki,
bu xo„jaliklar nomi ikkinchi marta ro„yxatga olinib, kollektivlashtirilgan xo„jalik
sifatida ma‟lumot uchun berilganligi aniqlandi.
23
Правда Востока.1930.20 январь.
24
Правда Востока.1930.5 январь.
25
Тошкент ВДА.Ф-182, оп-1,д.99,28-варақ.
21
Bundan tashqari, soxta kollektivlashtirishni tezlashtirish rejadan o„zib ketish,
“sotsiolistik musobaqa” da g„olib chiqish uchun G‟allakor tumanlarni quvib o„tish
g„oyalari ishlab chiqilishi xalqqa juda qimmatga tushdi. Bu xol iqtisodiy tanglikni
tezlashtirganligini quyidagi raqamlardan bilsak bo‟ladi. Masalan, 1929-yili
respublikada 24200 dehqon xo„jaliklari kollektivlashtirilgan bo„lsa ( 2,4 foiz ), 1930-
yili 261845 dehqon xo„jaliklari ( 23.2 foiz ) kollektivlashtirildi. 1931 yili 427536
dehqon xo„jaliklari ( 48.2 foiz ) kollektivlashtirildi.
26
Kollektivlashtirishning dastlabki kunlaridanoq izdan chiqishi aksariyat holda
mahalliy rahbarlar yuqoridan kelgan buyruqlarni ko„r-ko„rona bajarishga majbur
qilinganligi tufayli yuz berdi. Natijada, tumanlar va kolxozlarning rahbarlari tobora
yuqori partiya organlari buyruqlarining ko„r-ko„rona bajaruvchisiga aylanib, partiya
o„rganlari xo„jalik bevosita arlashish doimiy vakolatini to„la qo„lga kiritishi tufayli
soxta siyosiy qarorlar ko„lami yanada kengayib bordi.
Dostları ilə paylaş: |