O nazarov monografiya


Mana bu jadvalga diqqat qiling



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix14.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#155522
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

 
Mana bu jadvalga diqqat qiling: 
Jadval 
Rayonlar 
Keltirilgan 
Kasallandi 
O‘g‘irlangan So‘yib 
yuborildi 
Kirov 
871 
567(68,0%) 
84(9,6%) 
409(46,9%) 
Ordjonikidze 
1439 
1300(90,3%) 
48(0,2%) 
532(37,0%) 
Bog„dod 
3110 
1236(39,7%) 
65(2,0%) 
735(23,6%) 
Bu ma‟lumot 1937-yil dekabriga ta‟lluqlidir. 
Lekin bir narsani hisobga olish kerakki, chorva mollarini chetdan keltirish yoki 
mahalliy chorvani joylashtirish uchun STFlarning yo„qligi , oqibatida shaxsiy 
xo„jaliklarda ham chorva mollari keskin kamayib ketdi. Masalan, 1933-yili 
O„zbekiston bo„yicha chorvaning umumiy soni quyidagi tarzda edi: 
Jadval 
1.01.1934-yil 
1934-yil 
O„sish (foiz 
hisobida) 
Yirik shoxli mollar 857,4 
878,4 
2,5 
STF va sovxozdagi
Chorva 
20,0 
21,5 
7,8 
Umumiy soni
12,5 
12,7 
3,2 
Bundan tashqari, respublika bo„yicha chorvaning umumiy soni sog„in sigirlar 
bilan qo„shib hisoblaganda quyidagicha edi: 
Jadval 
Yillar 
Sovxozlarda 
umum 
chorva 
Sog‘in 
sigir 
sovxozlarda 
STFlarda 
Jami 
Umum 
chorva 
Sog‘in 
Sigir 
Umum 
chorva 
Sog‘in 
sigir 
1932 y 
20,6 
7,6 
17,3 
3,7 
357,4 
330,3 
1933 y 
37,6 
14,2 
46,4 
13,2 
910,8 
434,0 


76 
O„zbekiston bo„yicha birinchi va ikkinchi besh yilliklarda ham chorvachilikka 
e‟tibor qoniqarli bo„lmagan. Dastlabki besh yillikda chorva sonining keskin kamayib 
ketishi sababini quloq qilinganlar chorvasining majburiy ravishda tortib olinishidan 
izlash kerak.Bu O„zKP (b) MK 1931-yil 2-martdan “Quloqlarning qorako„l va zotdor 
qo„ylarini musodara qilish to„g„risidagi qarorning noto„g„ri
104
chiqarilganligi 
sabablidir. Lekin tortib olishlar va qo„rqitish orqali amalga oshirilgan tadbirlar ham 
chorvachilikni tiklay olmadi. Yakka tartibdagi va shaxsiy xo„jaliklar chorvasi ham 
kamayib keta boshladi. Masalan, Bauman tumanda 1935-yilda hammasi bo„lib 
5828ta xo„jalik bo„lsa , shundan 2555 tasining sigiri yo„q edi
105

Shu tariqa, respublikada paxtachilikka e‟tiborning kuchayishi natijasida 
chorvachilikka bo„lgan intilish susaya bordi. To„g„ri yuqorida aytilganidek, bu sohani 
rivojlantirish uchun bir qancha tadbirlar ko„rildi. Ammo bu ko„rilgan iqtisodiy 
tomondan quvvatlanmadi. Birinchi besh yillikda paxta mustaqilligi uchun kurash 
shiori ostida chorvachilikka mos keladigan joylarga zarar yetkazildi. Oqibatda, o„z 
mulki va asosiy tirikchilik manbai chorvachilik bo„lgan xonadonlar undan ajraldi va 
undan ko„p kechirish hamda oilani iqtisodiy tomondan mustahkamlab turgan yagona 
imkoniyati ham xalqdan tortib olindi. Xalqning qashshoqlashuvi eng avvalo 
boshlangan bo„lib, geografik jihatdan chorvachilikka ixtisoslashgan mintaqa Sun‟iy 
ravishda va asossiz ravishda izdan chiqarildi. Xalqning kayfiyati va hasrati 
tinglanmadi. Hamma narsaga paxta o„sadimi, bo‟ldi. Demak, paxta ekish kerak
ekmaslik dushmanlik, deb qarab kelindi, shu asosda ish tutildi. Mintaqadagi o„ziga 
xos holatlar buzildi . Buning asorati bugungi kunda ham o„z ta‟sirini ko„rsatmoqda. 
Chunki, ko„rilgan tadbirlar shuni ko„rsatadiki, Oktabr to„ntarishidan keyingi davrda 
chorvachilikning keskin kamayib ketishi ba'zi tarixchi olimlar (Aminova R.X.. 
Ibragimova A.Y. Jamolov O.B. ) tomonidan “sovet davlatiga dushmanlik qiluvchi 
sinflar tomonidan qilingan urinishlar tufayli yuzaga keldi” degan umumiy xulosa 
qilindi va shu talqin bilan bugungi kungacha yetib kelindi. Chunki har holda hech 
kim me'ros mulk bo„lgan narsani hech bir zamonda tekinga topshirishga rozilik 
104
Аминова Р.Х. Осущестление коллективизации в Узбекистане (1929-1932 гг). Т.: Фан, 1977. Ст. 108. 
105
ЎзРМДА. Ф-90, рўйхат – 8, 1716 – йиғма жилд, Б.40. 


77 
bermasa kerak. Shuning uchun chorvachilikga yetkazilgan zarar mintaqamizning 
geografik shart-sharoitlarini yaxshi o„rganmasdan, hamda paxta yakkahokimligiga 
asoslangan tuzumning joriy etilishi tufayli yuz berdi. Ushbu sohani tiklash uchun 
ko„rilgan tadbirlar, qarorlar bir-biriga zid va ko„plari iqtisodiy tomondan puxta ishlab 
chiqilmagan tadbir va qarorlar edi.
Qishloq xo„jaligini kollektivlashtirish davrida dehqonchilik va chorvachilikka 
yetkazilgan zararning oqibatlarini ko„rib o„tdik. Demak, har ikkala sohadagi 
kamchiliklar bir-biriga taqqoslagan holda quyidagi xulosaga keltiradi:
Birinchidan kollektivlashtirish boshidan oxirigacha dehqon hamda yakka 
tartibdagi xo„jaliklarni to„g„ridan - to„g„ri siquvga olish xarakterida bo„ldi. 
Ikkinchidan, 
kolxozlar 
tuzish 
davrida 
ishlab 
chiqarish 
vositalarini 
umumlashtirish borasidagi nuqsonlarni ro„y-rost aytilmagani oqibatida, ularni 
joylarda tugatmaslik natijasida ko„p noroziliklar kelib chiqdi.
Uchinchidan, qishloq xo„jalik, jumladan g„alla mahsulotlarini yetishmasligi, 
paxta mustaqilligiga erishish uchun ko„rilgan tadbirlar natijasida yuz berganligini 
alohida ta'kidlashimiz kerak.
To„rtinchidan, kolxozlarning ishlab chiqarish rejalarini tuzishda partiya 
xodimlari tomonidan yuqoridan turib boshqaruvi natijasida dehqonlarni mustaqil 
fikrlash va ish yuritish yo„li to„sib qo„yildi. 
Beshinchidan, qishloq xo„jaligi butunlay eski usulda ish yuritish, yangilikni 
ozida joriy etish imkoniyatlaridan maxrum bo„ldi. Oqibatda ishlab chiqaruvchining 
ishlab chiqarish vositalaridan va mehnat natijalaridan begonalashuviga olib keldi. 
Oltinchidan, don tayyorlashning barbod bo„lishi tufayli davlatga kolxoz 
mahsulotini majburan yetkazib berishi joriy etildi. Don va boshqa qishloq xo„jalik 
maxsulotlarining katta qismining narxi bozor narxidan 10-12 barobar arzon qilib 
belgilandi.
Yettinchidan, mamlakat bo„yicha yagona tizim joriy etildiki, bu o„z navbatida 
kolxozlarning erkin ko„chib yurish hamda o„z kasbini o„zgartirishga, turmushini 
yaxshilashga imkon bermadi.


78 
Sakkizinchidan, kolxozchilar fuqarolik passporti yo„qligi oqibatida ularni 
kolxozga muqim qilib qo„yish va ularning mexnatiga majburiy tus berishga sabab 
bo„ldi. Buning orqasida qishloqlarda dehqonlarning yerdan bezishi ommaviy tus 
olishiga sabab bo„ldi.
To„qqizinchidan, ommaviy ravishda monokulturaga o„tish, dehqonlarning 
iqtisodiy ahvolini og„irlashtirdi va har qanday noroziliklar siyosiy yo„l bilan hal 
qilinishi tufayli qishloqning haqiqiy egasi o„z yerida begona kishidek his qilish 
ruhiyatini, ya'ni “davlatniki” degan tushunchaning paydo bo„lishi bilan mehnatga 
bo„lgan munosababtini o„zgartirdi. Natijada mahalliy aholining turmush darajasi 
keskin ravishda pasayishi, mehnatdan bo„yin tovlash kabi baholandi.
O„ninchidan, sinfiy tabaqalanish, ya'ni quloq qilishlar dehqonlarni sotsial 
tarkibini o„rganilmasdan, me'ros mulki xisobga olinishi tufayli, ko„chirish, sun'iy 
ravishda qishloqdagi ishbilarmonlarni, mexnatni tashkil qiluvchilarni ta'qib ostiga 
olish, qishloq xo„jalik maxsulotlarini taqchilligiga, xatto ocharchilikka olib keldi
xolos.
Va nihoyat, dehqonchilik bilan be'vosita bog„liq bo„lgan chorvachilik sohasi 
ham yuqoridagi kamchiliklar tufayli uzoq yillar davomida asl xoligacha, ya'ni yer-suv 
islohotidagi davr ko„rsatkichini ushlab turishni iloji bo„lmadi. Sababi, dastlab paxta 
mustaqilligiga erishish uchun kurash davrida ozuqa ekin maydonlarining keskin 
kamayishi hamda quloq va dehqon xo„jaliklari tarkibidagi chorvalarni kolxozga 
umumlashtirish va tortib olishlarning keskin bo„lishi orqali. Eng asosiysi, me'ros 
mulkka nisbatan chiqarilgan qarorlarning noto„g„ri ekanligi, respublikaning geografik 
shart-sharoiti hisobga olinmaganligi, shaxsiy chorvalarni saqlashdagi cheklashlar 
hamda soliqlarning ortib borishi davlatga go„sht topshirish rejasining respublika 
imkoniyatidan kelib chiqib rejalashtirilmaganligi, berilgan qarorlarni bajarish 
shartligi, STFlar va boshqa turdagi sohalar ahvolini og„irlashtirgani, shuningdek 
kolxoz ustavi bilan shaxsiy chorvaga ega bo„lish to„g„risidagi ko„rsatmalarning bir-
biridan farq qilishi va nihoyat, chorvachilikka bo„lgan e'tibor asosan quloq 
xo„jaliklari xisobiga o„zgarishlar qilish mumkin degan fikr bilan ish tutish orqali katta 
yo„qotishlarga olib keldi. 


79 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin