93
yetuk bilimdoni K. Eshchanov ustozlik qildi. Komil Eshchanov madaniyatli, bilimli
va mehribon inson edilar. Ustoz sifatida u kishi ideal edilar, desam to‟g‟ri bo‟ladi.
Har doim ustoz o‟z maslahatlarini darig‟ tutmadilar. Xatto ustoz ilmiy ishimni
tayyorlash jarayonida professor R. Aminova, professor I. Alimovlarning bu soha
bo‟yicha bergan tavsiyalari xamon yodimda turibdi. Ishni tayyorlash davrida 8 yil
davomida Farg‟ona vodiysidagi mavjud arxiv materiallari bilan tanishib chiqishga va
mavzuga oid materillarni to‟plashga ketgan vaqtimga xech achinmayman.
Himoyadan so‟ng o‟z faoliyatimni yana Guliston davlat universitetida davom
etkazdim. 2004-2005 yillar universitetning tarix fakul‟teti dekani, dekan o‟rinbosari
va uzoq yillar Tarix kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritdim. Faoliyatim
davrida men nafaqat jamoalashtirish davriga balki, Uyg‟onish davri xamda tibbiyot
soxasiga qiziqishim sabab, o‟tgan vaqt davomida “O‟rta Osiyo qomusiy
mutafakkirlarining jaxon ilmi fani taraqqiyotiga qo‟shgan xissasi”, “Xorazm ma‟mun
akademiyasi tarixidan”, “Tibbiyot ilmi tarixidan” kabi ko‟plab risolalarni chop
ettirdim.
Insonning yoshi ulg‟aygan sayin bosib o‟tilgan hayot yo‟liga bir nazar solib
turgani ma‟qul ekan. Men ham 60 yoshni qoralabman. O‟tgan umrimdan roziman.
Ota-onamni qo‟limdan kelgunicha rozi qilishga urindim. Umr yo‟ldoshim, Dilbar
bilan bir o‟g‟il, bir qizni tarbiyalab, uyli-joyli qilganmiz. O‟g‟lim Azizjon qurilish
sohasini tanladi. Qizim Xurshida pedagok sifatida yosh avlodga saboq berib
kelmoqda. Yаxshi insonlar bilan quda bo‟lganman. Kuyovim, Ulug‟bek o‟z
o‟g‟limdek, kelinim Madina o‟z qizimdek. To‟rt nafar nevaramiz bor.
Dostları ilə paylaş: