2.3. Qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy turmushi.
Ma‟lumki, O„zbekiston qishloq aholisining ko„p qismi dehqonchilikning turli
sohalari bilan shug„ullanib kelishadi. Sobiq Ittifoq davrida olib borilgan siyosiy
qarorlarning mazmuni tufayli tashkil etilgan ommaviy jamoallashtirish davrida yuz
bergan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarning ayrim mazmun shaklini tahlil qilib
o„tmoqchimiz. Sababi, ommaviy kollektivlashtirish davri qiyinchiliklar va yo„l
qo„yilgan xato-kamchiliklarning asoratli natijalariga mustaqillikkacha bo„lgan
totalitar tuzum sharoitida o„z yechimini topish yo„lida turli xil urinishlar o„z natijasini
bergan emas. Shu sababli biz tadqiq qilayotgan davr hisoblangan ommaviy
jamoalashtirishda qishloq turmush tarzining to„laligicha faktlar asosida qayta tahlil
qilish orqali yo„qotilgan imkoniyatlarni, busohadagi xato-kamchiliklar natijasi yangi
qurilayotgan huquqiy demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun ma‟lum ma‟noda,
ayniqsa, qishloqxo„jaligi sohasida ayrim voqealarni oydinlashtirishda xizmat qilishi
mumkin.
Bugungi kunda shu narsa ravshanki, nafaqat agrar sektor,balki umuman
jamiyatimizning rivoji dehqonning mustabid kolxoz–sovxoz tizimi shakllantirgan
eski tipidan xo„jalik yuritish usullari va agrar islohot talablariga monand zamonaviy
tipiga o„tish muvaffaqiyatiga ko„p jihatdan bog„liq. Shu vaqtdan yangi tipdagi
mulkdor, sohibkor, tadbirkor dehqonni shakllantiishning umumiy qonuniyatlari bilan
birga mintaqaviy xususiyatlarini tadqiq etish ham ijtimoiy fan xodimlari oldida
turgan dolzarb muammolaridan biridir. Qishloq xo„jalik sohasidagi dastlabki
qiyinchiliklar, ayniqsa, qishloq aholisining moddiy turmush tarzi qishloqqa
hukmronlik munosabatini boshlab bergan davr 1929-yildan keyingi buyruq ortidan
buyruq kelishi tufayli qishloqning asrlar davomida tarkib topib kelgan xo„jalik
mexanizmi izdan chiqa boshladi. Oqibatda aholining turmush tarzini izdan chiqishi
boshlandi. Sababi,1927-yilda respublikamiz dehqonchilik rayonlarida taxminiy
hisob-kitoblarga ko„ra o„rtaxollar 53,3 foizni tashkil etgan.
106
Lekin keyingi davrda
ushbu jarayon ko„pgina firqa va yirik tashkilotlar rahbarini go„yo ma‟lum
106
Росляков А.А.Средазбюро ЦК ВКП(б),-Ашхабад;1975 г,127-ст.
80
“esankirash”ga solish qishloqqa jiddiy kuch ishlatish orqali xo„jalik yuritish uchun
muhim omil bo„lib xizmat qiladigan so„nggi imkoniyatlar boy berildi.
Bugun bizga ma‟lum bo„lishicha, agrar sohada ahvol yaxshi bo„lgan emas.
Axborot vositalarida chiroyli tasvirlangan kolxozchilarning baxtli turmush kechirishi
ortida keng dehqonlar ommasining ommaviy qashshoqligi, ochligi, kambag„alligi
yashirinib turardi. Yangi iqtisodiy siyosatdan yoppasiga kollektivlashtirishga, tovar-
pul
munosabatlaridan
markazlashgan
ma‟muriy
iqtisodiyotda
burilish
mehnatkashning moddiy ahvolini uning mehnati natijalari to„g„ridan-to„g„ri
bog„liqligiga ko„rinayotgan tabiiy jarayonlar siquvini belgilab berdi. Shu tariqa teng
taqsimlab berish tamoyili mustahkamlandi. Moddiy rag„batlantirish ishlab chiqarishni
me‟yorda ushlab turuvchi vosita vazifasini yo„qotdi. Ular ma‟muriy siquv,
buyruqbozlik, mafkuraviy rag„batlantirish usullari bilan almashtirildi. Bunday g„ayri-
iqtisodiy yondashuv aholi turmush tarzining uzoq muddatli salbiy oqibatlariga olib
keldi.
Markazning g„ayri dehqonchilik siyosati deyarli barcha qishloq xo„jalik
rayonlarida olib borilgani kabi O„zbekistonda ham bu siyosat salbiy oqibatlarga olib
kelib,
qishloq xo„jalik ishlab chiqarishida salbiy jarayonlar kuzatildi.
Masalan,birinchi besh yillik davomida bug„doy hosildorligi gektaridan 1,8 sentnerga
kamaydi. Bog„dorchilik va uzumchilik bo„yicha o„rtacha hosildorlik 1,5 marta
kamaydi.
107
Chorvachilik ham ko„rinarli darajada yo„qotishlar bo„ldi. Xususan,kolxozlarni
mustahkamlash borasida chora-tadbirlar ko„rilgan bo„lsa ham kollektivlashning
boshlang„ich davrida sodir bo„lgan chorva sonining keskin kamayishi tendensiyasini
to„xtatish imkoni bo„lmaydi. Masalan, 1931-32 xo„jalik yilida respublikada qoramol
soni 1008,6 dan to 878,0 mingtagacha kamaydi, dumbali qo„ylar 904,6 mingdan
592,7 ming boshgacha,echkilar soni 880,0 mingdan 451,7 ming boshgacha,otlar soni
12,7 foizga kamaydi.
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning keskin pasayishi hamda
agrar ishlab chiqarishning umumiy inqirozi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan
107
Голованов А.А.Инатов М.Н.Трагедия форсиованной коллективизации в Узбекистане.-Т.,1997г-100-ст.
81
ta‟minlanishiga ta‟sir etmay qolmadi. Bu esa kun sayin yomonlasha bormoqda edi.
Buning asosiy sababi, birinchidan, dehqonlar kolxozlarga kuch ishlatish yo„li bilan
kiritilganligi va ularning ijtimoiy ishlab chiqarishdan hamda mehnat samaradorligini
oshirishdan manfaatdor emasligida edi. Kolxoz dalalarida har bir oiladan bir-ikkita
odam ishlab, qolgan oila a‟zolari shaxsiy tomorqalari bilan band bo„lganlar.
Kolxozlarda muntazam ravishda, ayniqsa, hosilni yig„ib-terib olish davrida, ishchi
kuchi yetishmasdi va bu ishlarga shaharliklarni safarbar etib ishchi kuchining
yetishmasligini to„ldirishga urindilar.
Ikkinchidan,
1933-yilga
kelib,
paxta qishloq xo„jalik mahsulotlari
yetishtirishning umumiy miqdorida 81,5 foizni tashkil etishi, hamda paxta
yakkahokimligining
qaror
topishi
bilan
boshqa
oziq-ovqat
mahsulotlari
yetishtiriladigan maydonlar qisqara bordi. Davlat rejasini bajarish qolipi ostida olib
borilgan oziq-ovqat solig„i qishloqning qashshoqlashuviga olib keldi. Chunki
kolxozchilar butun kuchini kolxozda mehnat qilishga sarflasa ham, ularning
mehnatiga deyarli hech qanday haq to„lanmaydi. Balki faqat mehnat kuchlari yozilib
borilgan, xolos.
Sovxoz va MTSlarda oylik to„lanayotgan bo„lsa ham, amalda bu oylik juda kam
bo„lgan. Mehnatga haq to„lash tizimida umuman tushunmovchiliklar hukm surgan.
1933-yildan so„ng mehntga haq to„lashda yangi nizom kiritildi va ishchilar
tabaqalarga bo„linib, ularga mehnat haqi belgilandi. Shunday bo„lsa ham,
kolxozchilar va sovxoz ishchilarining mehnat haqi juda oz edi. Shuning uchun
bunday sharoitda qishloqda istiqomat qiluvchilar o„zlariningshaxsiy tomorqalarida
yetishtirilgan mahsulotlar bilan kun kechirardilar. Biroq bu yerda ham turli-tuman
soliqlar kiritilgan edi. Har bir daraxt, chorva, parandalarga soliq to„lanardi.
Ekinzorlar va yaylovlar chegaralari qat‟i belgilangan edi. 1935-yilgacha, ya‟ni
qishloq xo„jaligi arteli Nizomining qabul qilinganligiga qadar, shaxsiy tomorqa
dehqonlarning shaxsiy mulkdagi moddiy asosi deb hisoblangan. Bularning barchasi,
albatta, dehqonlarning turmush darajasining keskin pasayishiga olib kelgan. 1935-yil
fevralida qabul qilgan qishloq xo„jalik arteli Nizomi qishloqda ya‟ni munosabatlarni
belgilab berdi. Kolxozlarda ishlab chiqarishni va taqsimlash tashkil etish
82
tamoyillarini belgilab berdi. Uchastkasi bilan ta‟minlanishi kerak edi. Biroq, bu
tadbirning ahamiyatini ko„tarish xato bo„lar edi. Chunki, O„zbekiston amalga
ajratilgan yer uchastkalar ikki barobar kamroq edi. Hamda ko„plab kolxozchilar
umuman yer uchastkalariga ega emasdilar. Masalan, 1937-yilda O„zbekistondagi 66
ming kolxozchilar oilasida tomorqalari yo„q edi.
140 ming kolxozchilar oilasining tomorqa uchastkalari esa amaldagi me‟yordan
kam edi.
108
Aholining iqtisodiy ahvolini og„irlashuviga 1930-yildanboshlab iqtisodiy
terrorning kuchayishi, ya‟ni soliq turlarining yildan-yilga kuchayishi natijasida
kuzatildi. Masalan, 1931-yilda bir xo„jalikka solinadigan qishloq xo„jalik solig„i
miqdori kolxozchilarga-4 so„m, oddiy shaxsiy xo„jaliklarda -23 so„m, yakka
tartibdagi dehqon xo„jaliklariga soliq miqdori -398 so„m edi. Umuman
kollektivlashtirishning olti yili mobaynida shaxsiy xo„jalikka solinadigan qishloq
xo„jalik solig„ining miqdori 9 barobar ko„paydi.1935-yilga kelib u 23 so„mdan 210
so„mga yetdi.
109
Shuningdek, yakka tartibdagi dehqon xo„jaliklari uchun soliq miqdori yana ham
oshib borgan. Masalan, 30-yillar birinchi yamida uning miqdori qishloq xo„jalik
solig„ining deyarli ikki barobar miqdorida bo„lgan edi. Natijada, 1930-yilda yakka
tartibdagi xo„jalikdan 11 so„m olingan bo„lsa, 1935-yilda 84 so„mdan 124 so„mgacha
yetdi. Shu vaqtning o„zida kolxozchilar 1931–yilda hukumat qarori bilan yangi soliq
– “qishloq rayonlaridagi xo„jalik va madaniy qurilishga mo„ljallangan” soliq
kiritiladi. Besh yil ichida madaniy yig„imlar miqdori yakka tartib uchun 7- 8 marta
oshdi: 15so„mdan 62-145 so„mgacha.
110
Oxir-oqibatda xalqning so„nggi imkoniyati ham yo„qqa chiqarildi, chunki 1933-
yil 29-dekabr xo„jalik va madaniy qurilishga yig„imlar to„g„risidagi qaror chiqdi. Bu
soliqni kolxozchilar 15-aprelga qadar to„lab qo„yishlari kerak edi. Shunday qilib,
yakka tartibdagi dehqon xo„jaliklariga nisbatan o„tkazilgan soliq siyosati ularni 1931-
108
Ризаев Г.Сельское хозяйство Узбекистана за 40 лет.-Т.,Госиздат Уз ССР,1957.-53-ст.
109
Марьяхин Г.Л.Очерки истории с налогов с население в СССР.Госиздат,1964.-140-141-ст.
110
Марьяхин Г.Л.Очерки истории с налогов с население в СССР.Госиздат,1964.-148-ст.
83
1935-yillarda majburlabkolxozga kiritish uchun ishlatilgan o„ziga xos “tayoq” bo„ldi.
Bunda yakka tartibda soliq solish muhim rol o„ynaydi. Vaqti-vaqti bilan alohida
xo„jaliklardan soliq yig„ish barchani doimiy qo„rquvda ushlab turar edi va yakka
tartib xo„jaliklarni kolxozchi bo„lish “afzalligi” haqida eslatib turar edi.
Ma‟muriy buyruqbozlik, yakka tartibdagi xo„jaliklarni zarba berdi. Agrar
sohadagi hisob-kitob munosabatlari buzildi. Sanoat va qishloq xo„jaligi o„rtasida
o„zaro manfaatli ayirboshlashdan voz kechildi, oziq-ovqat solig„i tamoyiligi qaytildi
va natijasida iqtisodiyotda chuqur deformatsiyaga olib kelindi. Qishloq xo„jaligini
ommaviy kollektivlashtirish qishloqning turmush tarzini izdan chiqardi .Stalincha
kollektivlashtirish qishloqdagi tabiiy rivojlanish jarayonlarini to„xtatdi,tarixiy
taraqqiyot yo„lida o„g„ir tosh bo„lib,to„siq bo„ldi. U dehqonlarni buysundirib,ularni
umr bo„yi “Agro qamoq” ning kolxoz “kameralariga” qamab qo„ydi. “Yer haqidagi
Dekret” kabi dasturiy hujjatni inkoretgan tarzda yer uning haqiqiy egasidan tortib
olindi va umumxalq mulkini yaratish shiori ostida ma‟muriy-buyruqbozlik mevasi
bo„lgan soxta usuli xalq mulkchiligiga aylantirildi. Kolxozlarga zo„rlab kiritilgan
dehqonlarbarcha asosiy fuqarolik huquqlaridan, birinchi navbatda ko„chib yurish
erkinligi, kasbiy faoliyatni tanlas huquqidan mahrum bo„lishdi.
“Baxtli” kolxozchilar “to„kin-sochin hayotdan” qochib ketmasliklari uchun
ularning passportlari tortib olindi. Ularga kolxozlardan o„z xohishiga binoan chiqish
man etildi. Kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida esa 1932-yil 7-avgustda
agar kimki dehqonlarni kolxozlardan chiqishga undashga urinsa, u 5yildan 10
yilgacha muddatga “konsentrsatsion lagerga” qamaladi, deyilgan farmon chiqarildi.
O„zbekistonda mazkur farmoniga muvofiq 1933-yilning o„zida 2,5 ming dehqon
ma‟muriy javobgarlikka tortildi.
111
Kolxozchilarga haq to„lash tartibi butunlay izdan chiqdi. Birgina 1937-yilda bir
mehnat kuni haqi respublikada o„rtacha 4 so„m 15 tiyin bo„lgan bo„lsa, 1938-yilda 3
so„m 84 tiyingacha tushdi. Ko„pgina xo„jaliklarda mehnat kuni haqini to„lash kolxoz
kassalariga mablag„ yo„qligi tufayli olib borilmasdi. Bundan tashqari mehnat kunlari
111
Ўзбекистоннинг янги тарихи.2-китоб.Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида.-Тошкент; Шарк,2000.-
366-бет.
84
no„tog„ri hisoblangan holatlar ham kuzatilgan va dehqonlar ular bilan hisob-kitob
qilish vaqtida aldangan holatlar ham uchragan. Eng achinarlisi shuki,dehqon
turmushini belgilovchi omil hisobangan o„z xo„jaligidan ajratdilar yoki imkoniyati
yo„q darajaga keltirildi. Yordamchi tomorqa yerlari bilan barcha dehqonlar
ta‟minlamagan edi. Masalan, 1937-yilda o„z shaxsiy tomorqalariga ega bo„lmagan
dehqonlar 28,7 foizga yetdi, tomorqalari borlaridan 42,3 foizi esa o„sha davrda
atalgan iborani ishlatsak,”sigirsiz” xo„jaliklar bo„lgan.
112
Va nihoyat, xulosa shuki, amalga oshirilgan chora-tadbirlar avvalgidek asosan
ishchilar sinfining ahvolini bir oz o„zgartirishga qaratilgan bo„lib, qishloq aholisi esa
barqaror ijtimoiy ta‟minot doirasidan chetda qolaverdi. Shuni ham aytish kerakki,
ijtimoiy ehtiyojlar uchun budjet mablag„larining ko„payishini davlat ezilgan
dehqonlarni shu jumladan, O„zbekiston qishloq aholisini talash hisobidan qopladi.
Yoppasiga jamoallashtirishning usullari bilan shu tariqa dehqonlarnng asrlar
davomida shakllagan turmush tarzi buzildi, dehqonlar ishlab chiqaruvchi sifatida
buzilib, ular o„zga shaxslar xohish-istaklarini bajaruvchi ishchi kuchga aylantirildi,
yerdan begonalashdi, ishlab chiqarishning yakuniy natijalaridan manfaati pasaya
boshladi. Qishloqdagi xo„jalik aloqalalar tizimiga davlatning aralashuvi soxta
sotsialistik munosabatlarning mustahkamlanishi natijasida dehqonlar ongiga salbiy
ta‟sir ko„rsatdi. Dehqonlar yerga egalik qilish hissini yo„qota boshladi. Asrlar
davomida ishlab chiqilgan va mustahkamlangan mehnatsevarlik sifatlarini yo„qota
boshladilar. Mehnatiga va kasbiy mahoratga munosabatlari susaya bordi. Keng
miqyosida olib borilgan dinga qarshi tashviqot ishlari natijasida iqtisodiyot va
madaniyatning mafkuralashuvi natijasida, totalitar tuzum qadriyatlarining aholi
ongiga singdirish natijsida dehqonlar barcha sovet kishilari kabi umuminsoniy
qadriyatlariga hurmatsizlik negizida tarbiyalandi. Qishloqdagi an‟anaviy urf-odat va
ana‟analar qoralandi, xalqni tarixiy va madaniy xotirasi toptala boshladi.
Shunday qilib, hozir O„zbekistonda qishloq xo„jaligini rivojlantirish hamda
aholini turmush-tarzini yaxshilash uchun muhim jihatlar bo„yicha quyidagi xulosa va
112
Ўзбекистоннинг янги тарихи.2-китоб.Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида.-Тошкент; Шарк,2000.-
367-бет.
85
takliflarni bermoqchimiz va muhim jihatlari bo„yicha quyidagi xulosalar orqali
bermoqchimiz:
Birinchidan, qishloq xo„jaligida unutilgan haqiqiy shirkat xo„jalik asoslarini
qayta tiklash lozim.
Ikkinchidan,
ishlab
chiqarishda demokratizmni,
o„z-o„zini boshqarish
mexanizmini yaratish lozim.
Uchinchidan, davlat va boshqa xo„jalik subyekti o„rtasida o„zaro shartnomaviy
munosabatlarni yuzaga keltirishlari lozim.
To„rtinchidan, qishloq xo„jalik xodimlari erkin ishlab chiqarish strukturasini
shakllantirishlari lozim.
Beshinchidan, mehnatga tamomila yangicha munosabatni qaror toptirish zarur.
Oltinchidan, davlatning qishloq xo„jaligini ishlab chiqarishni to„g„ridan-to„g„ri
boshqarish usulida olib borishdan voz kechishi kerak.
Yettinchidan, dehqonga mulkchilik munosabatlarini his etuvchi faol shaxsga
aylantirish choralarini qurish lozim.
Sakkizinchidan, dehqonga eng qimmatli bo„lgan milliy an‟anaviy fazilatlarini
tiklanishi va mustaqillikka xizmat qilish to„g„risini shakllantirish lozim. Nihoyat,
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining qabul qilgan mulk
to„g„risida, yer to„g„risida, ijara pudrati kabi qonun va farmonlarni to„laqonligi
hayotga tadbiq etish yurt farovonligi uchun xizmat qiladigan har bir fidoyi insonning
eng dolzarb vazifalaridan biri bo„lib qolishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |