O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

Elektroolfaktogramma.
Hid biluv epiteliysi yuzasidan yozib olingan summar 
elektr potensialiga 
elektroolfaktogramma
deb ataladi. Bu monofazali negativ tolqin 
b o ‘lib amplitudasi 10 m vgacha yetadi va birnechasekund davom etadi. Ba’zida 
elektroolfaktogram m ada potensiaining pozitiv og‘ ishlarini ham payqash mumkin, 
agar uzoq vaqt davomida ta ’sir etilganida katta negativ toMqin yozib olinadi.
H id biluv axborotlarini kodlash.
Mikroelektrodlar yordamida qilingan tajribalar 
shuni ko'rsatdiki, ta'sim ing sifati va intensivligidan kelib chiqib, retseptorlar
348
www.ziyouz.com kutubxonasi


impulsatsiyaning chastotasini oshirib javob beradilar. H ar bir hid biluv retseptori 
bir emas, balki bir necha hid taratuvchi moddalarga ja v o b beradi, lekin ulam ing 
ayrimlariga ko‘proq e ’tibor beradi. Retseptom ing bu xossasi zamirida har xil 
moddalar ta’siriga hid biluv sensor tizim m arkazlarida ayni shu hidlarga nisbatan 
tanish va kodlash hodisalari ro ‘y beradi. E lektrofiziologik tekshirishlar shuni 
ko‘rsatdiki, organizmga berilgan har xil hidlarga piyozchaning qo‘zg‘algan va 
tormozlangan qismlari turlicha b o iish im a’lum bo‘ldi. Yuqoridagi tadqiqotlarasosida 
hid bilish jarayonida 
axborotlarning
kodlash usullarini to ‘la ochib bermadi.
Hid biluv tizimining markaziy proyeksiyasi.
Hid biluv tizimining o ‘ziga xos 
îomoni shundaki, uning afferent tolalari talam usda kesishm aydi, ya’ni bosh 
miyaning qarama-qarshi tomoniga o ‘tmaydi. Hid biluv piyozchasidan chiquvchi 
trakt bir necha tutamlardan tashkil topadi va quyidagi oldingi miya bo‘limlariga 
yo‘naladi: oldingi hid biluv yadrosiga, hid biluv b o ‘rtig‘iga, prepiriform po‘stloqqa, 
periamigdalyar po‘st!oqqa va bodomsimon yadrolar kompleksining bir qismiga. 
Hid biluv markazlarining barchasi ham hidni ajratishda ishtirok etmaydi, shuning 
uchun bu markazlami assotsiativ markazlar tarzida qarash maqsadga muvofiq bo‘ ladi. 
Bu markazlar murakkab ovqatlanish, himoya, jin siy va boshqa refleksni yuzaga 
chiqaruvchi tizimlar bilan o ‘zarobog‘lanishini ta’minlaydi. Hid biluv piyozchasining 
efferet idora etilishi ham yaxshi o ‘rganilmagan.
Odamlarda hid biluv tizimining sezuvchanligi.
Insonlarda bu sezgirlik ju d a
yuqori: bitta hid biluv retseptori hid taratuvchi moddaning bitta molekulasi asosida 
q o ‘zg‘alishi mumkin, unchalik ko‘p bo‘lmagan retseptorlam ing qo‘zg‘alishi hid 
bilish hissini chaqirishi mumkin. Shunday bo‘lsa ham, insonlar hid taratuvchi modda 
hidi bosh!ang‘ich konsentratsiyaning atigi 3 0 -6 0 % ini ajrata oladi (ajratish 
bo‘sag‘asi). Itlarda bu ko'rsatkich odamlarga nisbatan 3 - 6 marotaba yuqori. Hid 
biluv tizimda adaptatsiya birmuncha sekin ro‘y beradi, bu holat havo tezligiga va 
hid taratuvchi moddaning konsentratsiyasiga bogMiq bo'ladi.
T a ’m biluv tizimi. Evolyutsiya jarayonida ta ’m bilish ovqatni iste’mol qilish 
yoki qilmaslikda muhim bosqichga ko'tarildi. Tibbiy sharoitlarda ta’m bilish boshqa 
sensor tizimlar hid biluv, taktil va termik sensor tizimlar bilan birgakombinatsiyalandi. 
T a ’m bilish xuddi hid bilish kabi xem oretsepsiyaga asoslangan. T a’m bilish 
retsep to rlari o g ‘iz b o ‘sh lig ‘iga tushgan oziq m o d d a la rn in g xarakteri va 
konsentratsiyasi to‘g ‘risidagi axborotlami uzatadi. U lam ing qo‘zg‘alishi miyani 
turli bo‘limlarida shunday murakkab zanjir reaksiyalarini chaqiradiki, bunda yo 
hazm a’zolarini ishga tushiradi yoki organizm uchun zararli moddalami og‘iz orqali 
tuflab chiqarib yuboradi.
Ta'm bilish retseptorlari.
T a ’m bilish retseptorlari tilda, halqumning orqangi 
devorida, yumshoq tanglayda, bodom chalarda va kekirdak ustida joylashgan. 
Ulaming ko‘pchiligi tilning uchida, qirg'oqlarida va tilning orqangi qism ida 
joylashadi. Ta’m biluv hujayraiari kolbachasimon shaklga ega bo'lib, odamlarda 
uning uzunligi va kengligi 70 mkm atrofida. T a’m biluv hujayraiari tilning shilliq 
qavati yuzasigacha yetib bormaydi, balki og‘iz b o ‘shlig‘i bilan maxsus teshiklari 
orqali bogManadi.
349
www.ziyouz.com kutubxonasi


T a’m biluv h u jay ra lari - organizmdagi eng kam umr ko'ruvchi epitelial 
hujayraiardir, o‘rtacha har 250 soatda eski hujayra yangisi bilan almashiniladi. Har 
b ir ta ’m biluv h u ja y ra la rid a uzunligi 10-20 m km b o ‘lgan 3 0-40 ta nozik 
mikrovorsinkalar b o ‘!adi. Bu mikrovorsinkalar retseptorlar qo‘zg‘alishidamuhim 
ahamiyatga egadir. T axm in qilishlaricha, mikrovorsinkalarda faol markazlar- 
stereospetsifik qism lar b o ‘lib, har xil moddalami tanlab adsorbsiyalaydi. Oziq 
moddalaming kim yoviy energiyasini retseptorlar nerv q o ‘zg‘alishiga aylanish 
mexanizmi hali oxirigacha ochilmagan.

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin