O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

Ichki quloq tuzilishi va vazifalari.
Ichki quloqda chig‘anoq joylashgan bo‘lib, 
u yerda eshituv retseptorlari joylashgan. Chig‘anoq suyakdan tuzilgan spiral kanal 
boMib, sekin-asta kengayib boradi, odamda 2,5 o ‘ramni tashkil qiladi. Suyak 
kanalining diametri chig‘anoq asosida 0,04 mm, chig‘anoq uchida esa 0,5 mm ni 
tashkil qiladi. Suyak kanal boshidan oxirigacha, y a ’ni chig'anoqning deyarli 
uchigacha ikkita parda bilan ajralgan: yupqaroq parda 
vestibulyar membrana
yoki 
reysner membranasi,
zichroq va mayinroq parda esa 
asosiy membrana
deb ataladi. 
Chig'anoqning uchida ikkala membrana o ‘zaro birlashadi, ularda helicotma degan 
teshigi bor. Vestibulyar m em brana bilan asosiy membrana chig'anoq bilan suyak 
kanalini uchta tor yoM: yuqori, o‘rta va pastki kanallarga ajratib turadi.
C hig'anoqning yuqori kanali yoki vestibulyar narvoncha (scala vestibuli) oval 
darchadan boshlanib, chig‘anoq uchigacha davom etadi, bu yerda teshik orqati 
chig‘anoqning pastki kanali-nog‘ora narvoncha (scala tumpani)ga kelib tutashadi, 
nog‘ora narvoncha esa yum aloq darcha sohasida boshlanadi. Yuqori va pastki 
kanallari perilimfa bilan toMgan, o ‘z tarkibiga ko‘ra serebral suyuqlikka o ‘xshab 
ketadi.
Yuqori va pastki kanallar orasida o 'rta kanal yotadi. Bu kanalning bo'shligM 
ikkala kanal bilan tutashmaydi va endolimfa bilan toMgan boMadi. Bu suyuqlikning 
tarkibi perilimfaga nisbatan 100 barobar ko‘p kaliy ionlarini ushlasa, 10 barobar oz 
natriy ionlarini ushlaydi. C hig‘anoqning o ‘rta kanali ichida, asosiy membranada 
tovush sezuvchi apparat-kortiy organi joylashgan. Chig‘anoqda tukli retseptor 
h u jay ralar m avjud boMib, ana shu hujayralar tovush tebranishlarini nerv 
q o ‘zg‘alishlriga aylantiradi (trans formatsiya).
Tovush tebranishlarining chig'anoq kanallari orqali o'tishi.
T ovush 
tebranishlari uzangi orqali oval darcha membranasiga o ‘tib, chig‘anoqning yuqori 
va pastki kanallaridagi perilimfani tebrantiradi. Perilimfaning tebranishlari yumaloq 
darchaga yetib borib, yumaloq darcha membranasini tashqariga siljitadi. Vestibulyar 
membrana juda yupqa parda boMib, yuqori kanal perilimfasining tebranishlari shu 
parda orqali o ‘rta kanal endolim fasiga bemalol o ‘ta oladi. Shu tariqa, yuqori va 
o ‘rta kanallaridagi suyuqlik tebranishlami shunday o ‘tkazadiki, suyuqlik membrana 
bilan to ‘silmaganday va ikkala kanal yagona umumiy kanalday tuyuladi.
Kortiy organidagi retseptor hujayralarning joylashuvi va tizimi.
Asosiy 
membranada retseptor hujayralar ikki qavat boMib joylashadi. Ulaming ichki qavati 
bir qator retseptor hujayralardan tuzilgan, parda kanalining boshidan oxirigacha 
bunday hujayralarning um um iy soni 3500 ga boradi. Tashqi tukli retseptor 
hujayralar 3-4 qator bo‘ 1 ¡b, ulaming umumiy miqdori 12000-20000 ga yetadi. Kortiy
344
www.ziyouz.com kutubxonasi


organining har bir retseptor h u jay rasich o ‘ziqroqshakldabo‘ladi. Hujayraningbir 
qutbi asosiy membranaga tayanib turadi, tkkinchi qutbi esa ch ig ‘anoq parda 
kanalining bo‘shlig‘ida bo'ladi. Retseptom ing ana shu ikkinchi qutbida 60-70 ta 
tuk bor. Retseptor hujayraiaming tuklari ustida parda kanalning boshidan oxirigacha 
qoplovchi plastinka (membrana tectoria) yotadi.
8 9 - r a s m . 
Kortiy organi:
I — tektorial membrana; 2 —tashqi seiuvchi hujayralar; 3 — ichki sezuvchi hujayralar;
4 -spiral gangliylar; 5 - nerv tolalari; 6 - bozal membrana;
7
— 
tayanch hujayralar
Eshiiuv retsepsiyasimexanizmlari.
Tovushlar ta'sirida asosiy membrana tebrana 
boshlaydi, birmuncha uzunroq retsep to r tuklari qoplovchi plastinka tegishi 
natijasida bukiladi. Tukchalam ing b ir necha gradusga bukilishi nozik vertikal 
iplaming (mikrofiloment) taranglanishiga olib keladi. Vertikal iplarining taranglanishi 
1 dan 5 tagacha kanallaming ochilishiga olib keladi. Ochiq kanallar orqali kaliy 
ionlari oqimi hujayra ichiga kira boshlaydi. Eshituv retseptorining elektrik javobi 
100-500 mks dan keyingina yuzaga chiqadi, ya’ni mexanik ta ’sir berilgandan so‘ng 
ikkilamchi hujayra ichi tashuvchilarsiz membrana kanaliari ochiladi, bu xossa uni 
sekin ishlovchi fotoretseptorlardan farqlaydi.
Tukli retseptor hujayraiaming presinaptik membranasini depolyarizatsiyasi 
sinaptik yoriqqa neyromediatorlar ajralishini ta’minlaydi (glutam at yoki aspartat). 
M ediator post sinaptik membranaga ta ’sir etib, unda qo‘zg‘atuvchi post sinaptik 
potensialni chaqiradi, so‘ngranerv markaziga impulslaming generatsiyasi kuzatiladi.

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin