O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

354
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shartlirefleks turlari.
Organizm ja v o b reaksiyasini chaqirayotgan shartJi ta’sirot 
turiga qarab tabiiy va sun’iy shartli reflekslar tafovut etiladi.
Tabiiy shartli refleks
deb, shartsiz ta’sirotning tabiiy belgilariga, xossalari (masalan: 
go‘shtning hidiga, ko‘rinishiga va h. k.) nisbatan hostl boMgan shartli refleks aytiladi.
Sun 'iy shartli refleks
deb, shartsiz refleksga hech qanday aloqasi bo‘lmagan 
ta ’sirotga (masalan: qo‘ng‘iroq chalish va uni ovqatlantirish bilan mustahkamlash) 
shartli refleks hosil qilishga aytiladi.
Shartli ta ’sirotni qabul qilayotgan retseptorlar tabiatiga qarab ekstraretseptiv, 
intraretseptiv va proprioretseptiv shartli reflekslar farqlanadi. 
Ekstraretseptiv shartli
reflekslar,
tananing tashqi retseptorlariga berilgan shartli ta ’sirotga hosil qilingan 
shartli reflekslardir. Bu turdagi shartli reflekslar kengtarqalgan bo‘lib, o ‘zgaruvchan 
tashqi muhitga moslashish reaksiyasini ta'minlaydi.
Intraretseptiv shartli reflekslar
intraretseptorlam ing fizikaviy va kimyoviy 
ta ’sirlanishidan hosil b o ‘luvchi, g o m eo sta z jarayonini t a ’m in lo v ch i shartli 
reflekslardir.
Proprioretseptiv sharti reflekslar,
tana k o ‘ndalang ta r g ‘ il m uskullari 
proprioretseptorlarini qitiqlashdan hosil b o ‘luvchi va h arakat k o ‘nikmasini 
ta’minlovchi shartli reflekslardir.
Berilayotgan shartli ta’sirotning tarkibiga qarab sodda va murakkab shartli 
reflekslar aniqlangan.
Sodda shartli refleksda
shartli ta ’sir sifatida oddiy ta'sirlovchi (yorug‘lik, 
tovush va h. k. ) qo'llaniladi. O rganizm hayot faoliyatida shartli ta ’sir yakka, oddiy 
b o lm asd an , balki u makon va zam ondagi voqea va hodisalar majmuyi sifatida 
ta ’sir qiladi. Bunday paytdaorganizm ni o ‘rab turgan tashqi m uhit to ‘la yoki uning 
ayrim qismlari shartli ta’sirot vazifasini o ‘tashi mumkin. Bunday ta ’sirlar natijasida 
hosil bo‘lgan reflekslar murakkab shartli reflekslar deb ataladi.
Shuningdek, bir vaqtda va ketm a-ket m a’ lum bir vaqt oralig* ida berilgan shartli 
ta’siro tlarta ’sirida hosil boMgan shartli reflekslar ham mavjud. B ulargam avjudva 
izli shartli reflekslar kiradi.
Mavjud shartli refleksda
shartli va shartsiz ta’sirotlar fazoda m os keladilar. 
M avjud shartli reflekslaming bir necha turlari bor. 
Mavjud mos keluvchi shartli
refleks,
shartli ta’sirot berilgandan 1-2 sekunddan so‘ng shartsiz ta ’sirot bilan 
mustahkamlanishidan hosil boMgan shartli refleksdir. 
Mavjudorqadaqolganshartli
refleks
shartli ta’sir berilgandan 5 -3 0 sekund o ‘tgandan so ‘ng shartsiz ta ’sirot 
bilan mustahkamlanadi. 
Mavjud-kechikuvchi shartli refleks
shartli ta ’sirot uzoq 
vaqt yakka o ‘zi ta ’sir qilgandan s o ‘ng (m: 3 minut) sh a rtsiz t a ’sirot bilan 
mustahkamlanadi.
Izli sharti refleks -
shartli ta ’sirot to ‘xtagandan so‘ng, ta’sirot natijasida kelib 
chiqqan qo‘zg‘alishlardan qolgan izlar shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlash orqali 
olingan shartli refleks.
Shartli ta ’sirotni shartsiz ta ’sir b ilan mustahkamlash usuliga qarab shartli 
reflekslar birinchi vayuqori tartibli shartli reflekslar, taqlid qilish, assotsiativ shartli 
refleks va vaqtga hosil qilingan shartli reflekslarga boMinadi. A gar shartli ta ’sir
355
www.ziyouz.com kutubxonasi


shartsiz ta ’sir bilan mustahkamlanishi orqali shartli refleks hosil qilinsa, bunday 
shartli refleks 
birinchi tartibli shartli refleks
deb ataladi. Agar shartli ta ’simi 
shartsiz ta ’sir bilan emas, balki avval hosil qilingan shartli refleksning shartli ta’siri 
bilan mustahkamlash orqali shartli refleks hosil qilinsa, bunday shartli refleks 

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin