O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

Badiiy tipdagi
odamlar 
yorqin tasavvur qilish bilan fikrlaydi; ulam ing bilish, ijod qilish jarayonlari yorqin 
badiiy siym olar orqali amalga oshiriladi; ular miyasida birinchi signal tizim i orqali 
olingan yorqin ko‘rinishlaraniq ifodalanadi. 
Fikrlovchi tipda
esa o ‘rganish, fikrlash 
mavhum tushunchalarga asoslanadi; ular uchun signallarhaqidagi xab arlark o ‘proq 
ahamiyat kasb qiladi, ya’ni ular miyasida ikkinchi signal tizimidan kelgan axborotlar 
ko‘proq o ‘z aksini topadi.
B irinchi va ikkinchi signal tizim lari. K o‘rish, eshitish va boshqa sezish a ’zolari 
orqali tashqi dunyoning ongimizga ta ’sir etishi 
birinchi signal tizimi
deb ataladi,
361
www.ziyouz.com kutubxonasi


chunki voqelik ongimizda bevosita o ‘z aksini topmoqda. Birinchi signal tizimi odam 
va hayvonlarda mavjud. Yuqori rivojlangan hayvonlarda (sut emizuvchilarda), 
q u sh lard a nisbatan m urakkabroq signal mavjud b o ‘lib, u lar xavf-xatar, bu 
maydonning egasi kimligi va boshqa xabarlami har xil tovushlar yordamida beradilar. 
Faqat insonlarda, mehnat va ijtimoiy faoliyatlari tufayli 
ikkinchisignal tizimi
- nutq 
rivojlangan.
N utqdagi so‘zlar narsalaming ramzi, sifati, moddiy dunyo voqeliklari haqidagi 
kuchli shartli ta ’sirlovchilardir. Bu signal tizimi-talaffuz qilingan yoki o ‘qilgan 
so‘zlam i qabul qilishdan iborat. B ir xil voqelik, narsalar boshqa tilda bo'lakcha 
talaffuzda b o ‘lib yozilishi ham farqlanadigan so‘z-verbal qabul qilinib mavhum 
tushuncha paydo qilinadi.
B olalarda so‘zlam i tushunish, so‘ngra talafluz qilish eshitilgan so‘zlami ayrim 
voqelik, narsalar bilan bog‘liqligini anglashi natijasida kelib chiqadi. Moddiy 
dunyoning miyadagi subyektiv siymosi neyroniar mexanizmlari yordamida olingan 
axborotni mavjud boMgan obyektiv dunyo bilan taqqoslash natijasida paydo 
bo‘ladi. Ikkinchi signal tizimi hosil boMishi va rivojlanishi natijasida voqelikni ongda 
abstrakt aks etishi va ulardan tushuncha, tasavvur hosil boMishi imkoniyatlari 
paydo b o ‘ ladi. Ikkinchi signal tizim ining ta ’sirlovchilari obyektiv dunyoni o ‘zida 
aks ettiruvchi, tushunchalam i umumlashtiruvchi so‘zlardir. So‘zlar yordamida 
birinchi signal tizimi orqali olingan siymolami sezishdan ikkinchi signal tizimi 
yordam ida tasavvur qilish va tushunishga o ‘tiladi. Fikrlash jarayonining asosida 
so‘zlar yordam ida ifodalangan mavhum tushunchalar bilan ishlash yotadi.
Til
- b u fikmi ifodalovchi va fikming mavjudligini ko‘rsatuvchi vositadir. Fikrlash 
natijalari so ‘z va gaplarda o ‘z ifodasini topadi, ular yordamida fikr almashinish 
imkoniyati paydo bo‘ladi.
Nutq
so‘zlar yordamida ju d a ko‘p a ’zolar faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. 
So‘zlar fiziologik faol omil b o 'lib , ichki a ’zolar faoliyatini, modda almashinuv 
jarayoniningjadalligini, mushak va sensor tizimlar faoliyatini o ‘zgartira oladi. Aytilgan 
yoqimli so‘zlarishqobiliyatini oshirishi vayaxshi kayfiyat hosil qilishi mumkin. Bemor 
oldida aytilgan birorta noo‘rin so‘z uning ahvolini og‘irlashtirib q o ‘yishi tabiiy.
Nutqning fiziologik asosi.
Ikkinchi signal tizimi harakat, eshitish, ko‘rish 
analizatorlari va m iyaning peshana sohasi faoliyatlari m ahsulidir. Nutqning 
boshqarilishi tovush mushaklari, paylari, boglam lari, retseptorlaridan afferent 
impulslari oluvchi bosh m iy ap o ‘stlog‘ini ishgatushiruvchi va boshqaruvchi ta’siri 
bilan bog'liqdir.
N utqni harakatlant'iruvchi (B rok) m arkaz bosh miya po‘stlog‘ining peshana 
sohasidagi ikkinchi, uchinchi pushtalarida joylashgan. Nutqni qabul qilish nutqning 
harakatlantiruvchi va qabul qiluvchi (Vem ike) markazlari orqali amalga oshiriladi.
N utqni kodsizlantirish uchun, eshitgan paytda nutq xotirasida uning barcha 
elem entlarini saqlab qolish, k o 'rish paytida esa ko'zining izlanuvchan murakkab 
harakatlari ahamiyatlidir. Nutqni kodsizlantirish bosh miya chap yarim sharining 
(o‘naqay odam da) chakka-tepa va ensa qismlarida amalga oshiriladi. Bu sohalarda 
so‘zlar m a ’nosini tushunish vahisob-kitob ishlarini bajarish buziladi.
362
www.ziyouz.com kutubxonasi


O liy psixik faoliyatlar. 

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin