O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

sensor (perseptid), a q liy harakatlantiruvchi
sh ak llarin i ajratib 
ko'rsatadilar.
D iqqat bamisoli bilish (idrok, xotira va tafakkur) jarayonlari orasida namoyon 
boMib, ular samaradorligining oshishiga yordam beradi. Jumladan, idrokninganiq- 
ravshanligi va to ‘!aqonligi d iq q atg a bogMiq, diqqatning susayishi perseptiv 
jarayonlam ing birmuncha d arajada buzilishiga va shakllanayotgan siymoning 
o ‘zgarib ketishiga oiib borishi mumkin.
Hosil b o ‘lish xususiyatiga am al qilish usullariga ko‘ra diqqatning ikkita asosiy 
turi-ixtiyorsiz
va 
ixtiyoriy
turlari mavjud. Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan 
niyatlari va maqsadlaridan mustasno hosil bo‘ladi va qoMlab-quwatlanadi. Ixtiyoriy 
diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan e ’tibordir. Ixtiyoriy 
diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi.
Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning ahamiyati benihoya kattadir. Nimaiki 
qiziqarli, maroqli hissiyotga boy, zavqli boMsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida 
to ‘p lan ib turishini taqozo q ilad i. Ixtiyorsiz diqqat subyektning anglashilgan 
niyatlaridan mustasno tarzda, uning biron bir irodaviy urinishlarisiz ro‘y beradi.
Ixtiyoriy diqqat diqqatning oliy turi sifatida mehnat jarayonida tarkib topgandir. 
Ixtiyoriy diqqat agar kishi faoliyati jarayonida o‘z oldiga ma’lum bir vazife qo‘ygan 
va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo'lsayuz beradi. Uning diqqatini 
jalb etadigan obyektlaming alohida ajratib ko‘rsatilishi ana shu hol bilan bogllanadi. 
D iqqat ancha yangi, qiziqarli, m aroqli bo‘lgan narsalarga qaratilmasdan, aksincha 
faoliyatning maqsadi bilan bogMiq holatlar, uni amalga oshirish uchun muhim va 
z a ru r b o ‘lgan narsalarga ja lb etilgan sharoitlarda ko‘pincha irodaviy kuch- 
g ‘ayratlam i ishga solish talab qilinadi.
D iqqatni boshqarishda m iya o ‘zagining retikulyar form atsiyasi, talamik, 
subtalam ik va gipotalamik yadrolar ishtirok etadilar. Bosh miya p o ‘stlog‘ining 
assotsiativ sohalari diqqat-e’tibom i boshqarishdagi markaziy zvenodir.
X otira-m arkaziy nerv tizim ining asosiy xossalaridan biri boMib, voqelikning 
esd a o iib qolinishi, esda saqlanishi va esga tushirilishidir. M N S ga tushgan 
axborotni esda oiib qolish ikki xil: 
ixtiyoriy
va 
ixtiyorsiz
boMishi mumkin. Biron
364
www.ziyouz.com kutubxonasi


narsani esda olib qolish yoki eslash uchun m axsus maqsad boMmagan holda esda 
oiib qolish yanaesgatushirish ixtiyorsizxotira debataladi. Oldimizgabironla maqsad 
qo'yib esda olib qoiganimizda ixtiyoriy xotira haqida gap boradi. Ixtiyoriy esda olib 
qolish samaraliroq boMadi. Biologik va ijtimoiy ahamiyatga ega boMgan axborotlar, 
qanday kuchga ega boMishidan qat’iy nazar, yaxshiroq esda olib qolinadi. Voqelikni 
esda olib qolish xotiraning markaziy b o ‘gMni hisoblanadi.
Voqelikni qabul qilish, uni esda olib qolish va saqlash MNS da boMgan murakkab 
jarayonlar natijasidir. Xotiraning quyidagi turlari mavjud: naslga beriladigan 
(genetik) xotira, naslga berilmaydigan (individual) xotira, harakat xotirasi, obrazli, 
siymo xotirasi, (obyektning siymosi esga tushiriladi), Emotsional-hissiyot xotirasi 
(voqelik m a’lum bir his tuyg‘uni chaqiradi), so‘z mantiqiy xotira.
Harakat xotirasi
turli xildagi ish-harakatlari va ulaming sistemasini esda olib 
qolish va yana qayta esga tushirishdan iborat. Xotiraning bu turi benihoya katta 
ahamiyatga ega ekanligining boisi shundaki, u xuddi yurish, yozish va xuddi shu 
kabi malakalar bilan bab-baravar tarzda turli xil amaliy va mehnat m alakalari 
shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat o ‘iladi.
Emotsionai xotira
his-tuyg‘uga xos xotiradir. His etilgan va xotirada saqlab 
qolingan tuyg‘ular yohud harakatga chorlaydi, yohud o'tm ishda salbiy kechinmalar 
sabab boMgan harakatlardan tiyilishga undovchi signallar tarzida amal qiladi.
Obraz xotirasi
tasavvurlam i, tabiat va hayot m anzaralarini, shuningdek, 
tovushlami, hidlam i, ta’mlami esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. U 
ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilishga oid xotiradir.
Bizning o‘y-fikr!arimiz 
so ‘z-mantiq xotiraning
mazmunini tashkil qiladi. 0 ‘y- 
fikrlar nutqsiz mavjud boMa olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham 
shunchaki mantiqiy deb emas, balki so‘z-m antiq xotira deb ataladi.
Xotiraning fiziologik mexanizmi.
O dam lam i ongli faoliyatini muvaffaqiyati 
hayvonlami moslashuvga xulq-atvorini sam arasi k o ‘p tomonlama ulam i hayot 
tajribalari va bilimlariga bogMiq boMadi. Bu bilimlami odam va hayvonlar xotirasidan 
oladi. Xotirani neyro fiziologik mexanizmining asosida vaqtinchalik bogManish turadi. 
Shartli refleksni hosil boMishi xotirani dastlabki qismini, ya’ni eslab qolishni 
tushuntiradi. Ikkinchi qismi eslab qolgan narsani uzoq vaqt saqlab qolish, y a ’ni 
esda saqlash muhimroq hisoblanadi. Shu sababli xotira deganda ko'proq ikkinchi 
qismi tasavvurqilinadi. Biroq olingan foydali axborotdan vaqti kelganda foydalanish 
uchun uni xotira tizimlaridan saqlanibgina qolmasdan olish imkoniyatiga ega boMish 
kerak yani eslay olish kerak.
Shunday qilib, xotira tushunchasi organizmni shaxsiy hayoti davomida olgan 
axborotlami ushlab qolish, saqlash va zaniriyatga k o ‘ra o ‘qiy olish jarayonlarini 
yigMndisini o ‘z ichiga oladi.
Qisqa muddatlixotira.
Tibbiyot amaliyotida odamda ayrim kasalliklar davrida 
miyani eslab qolish qobiliyati yo‘qo!adi vaholanki a w a l esda saqlangan narsalam i 
yaxshi eslaydi. Bu miyani chayqalishi, kuchli alkogolizmga uchragan odam larda 
kuzatiladi.
Ruxshunoslar kuchli ruhiy iztirobga tushgan odamlar ham shu voqeadan oldingi
365
www.ziyouz.com kutubxonasi


voqealami eslay olmaganmi ko ‘rsatishgan. Ular ham oldin esda qolgan voqealami 
yaxshi eslashadi.
Shulami hisoba olib E. X ebb (1949 y) xotirani qisqa va uzoq muddatli xotiraga 
b o ‘ldi. Qisqa muddatli xotirani buzilishi miyaga voqelikdan keyin kuchli ta ’sir 
qilinishi bilan bogMiq. H ayvonlarda o'tkazilgan tajribalar asosida shu narsa 
aniqlandiki hayvonni b iro r narsaga o ‘qitilgandan so‘ng miyasi kuchli ta’sirga 
uchrasa o ‘rganilgan narsa y o ‘q bo ‘lib ketadi, aw algi olgan malakalari esa saqlanib 
qoladi. Miyaga farm okologik dorilar, narkotiklar, o ‘ta sovitish, kislorod bilan 
ta ’minlanishni buzilishi kuchli ta ’sir ko‘rsatadi.
T ajribada sichqonlar m aydonga chiqib elektr to k i urgandan keyin unga 
chiqishdan o ‘zlarini olib qochadilar. Maydonchada elektr toki ta ’siriga uchragan 
sichqonlami dastlabki 30 s davomidagi xulq-atvori kuzatilgan. Agar sichqonni tok 
urgandan keyin 10 min. vaq t ichida efir narkoziga uchratilsa, maydonchadan 
qochuvchi shartli refleks y o ‘qolib, sichqon yana m aydonga chiqaveradi. Efir 
narkozini 16-20 min o ‘tkazib berilsa shartli refleksni qisman buzgan 24 min. dan 
keyin berilgan narkoz esa hosil b o ‘lgan shartli refleksga mutlaqo ta ’sir qilmaydi.
0 ‘tkazilgan tajribalar natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, tanlab qisqa muddatli 
xotirani yo‘q qilish m um kin yoki qisqa muddatli xotirani qoldirib uzoq muddatli 
xotirani o‘chirib tashlash m um kin ekan.
Maymunlarda o ‘tkazilgan tajribalar asosida quyidagi xulosaga kelindi. Qisqa 
va uzoq muddatli xotiralam i mexanizmlari bir-birlari bilan mustahkam bog‘langan 
b o ‘lib, bir jarayonni ketm a-ket davrlari hisoblanadi. Birinchi davrda xotira izi 
kuchsizroq, ikinchi davrda esa mustahkamroq bo‘ ladi.
Uzoq muddatli xotira.
Odam lam ing bilimlari, hayvonlam i hayotiy tajribalari 
uzoq muddatli xotira sh a k lid a b o ‘ladi. Uzoq muddatli xotiraning mexanizmi haqida 
turli xil fikrlar mavjud.
Qisqa muddatli xotira mexanizmini ko‘pchilik qo‘zg‘alishni neyronlaming yopiq 
zanjirida aylanishi bilan tushuntiradi. Buni morfologik asosi bo'lib markazda neyron 
bog‘lanishlarida qay tar bogManish bog‘lari m avjudligi tajribada isbotlangan 
(R. Lorente de No, 1934). Shartli va shartsiz ta’sirlar yuqoridagi boglardan o ‘tib 
neyronlami qo‘zg‘atish hisobiga ularda mustahkam o ‘zgarishlar hosil qilib uzoq 
muddatli xotirani hosil qiladi. Haqiqatda qisqa muddatli xotirani buzuvchi barcha 
ta’sirlar impulslami yopiq nerv zanjirlarida harakatlanishini buzadi.
Biroq keyingi tajribalarda yopiq nerv zanjirlarida q o ‘zg‘atuvchi neyronlar bilan 
birga tormozlovchi neyronlar ham mavjudligi aniqlandi.
Elektro fiziotogik tadqiqotlar natijasida qisqa m uddatli xotira posttetanik 
potensiallanish hisobiga hosil b o ‘ladi degan fikrlar mavjud.
Qisqa muddatli xotira mexanizmi haqida turli fikrlar boMishiga qaramasdan ulami 
hammasi neyronlam ing m embranalarida uzoq davom etmaydigan qaytar fizik- 
k im y o v iy o ‘z g a r is h la r y u z a g a k elish i, s in a p sla rd a g i o ‘zg a rish la r, nerv 
b o g ‘!anishlarida v aq tin c h alik qayta qurilishga olib keladi. Agar yuqoridagi 
o ‘zgarishlar chuqur iz qoldirsa qisqa muddatli xotira uzoq muddatli xotiraga o ‘tishi 
mumkin.
366
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin