O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

pnevmatoksik markaz m iqtasi
aniqlangan. Bu markazniyemirish nafas olish va chiqarish jarayonini uzayishiga, 
ta ’sirlash esa nafas sikllarini aw algidek sodir b o ‘ lishiga olib keladi.
Varoliyev k o 'p rig i markaziari adashgan nervni ikki tomonlama kesish bilan 
birgalikda shikastlansa, hayvonlarda nafasni nafas olish bosqichida to‘xtashiga 
olib keladi yoki bu inspirator 
apneyzis
deb ataladi. Inspirator apneyzis kam, qisqa 
vaqtli va tez takrorlanuvchi nafas chiqarish bilan alm ashib turadi.
Uzunchoq miyadagi nafas markazining neyronlariga ritmik 
avtomatiya
xos. N afas 
m arkaziga kelu v ch i afferent im pulslar t o ‘x ta tib q o ‘yilgandan keyin h a m
biopotensiallaming ritmik o'zgarishlari ro‘y berishi ulam i elektr asboblar bilan qayd 
qilish mumkinligi nafas markazida avtomatiya borligini ko‘rsatadi.
Nafas markazining o ‘zidagi modda alm ashinuv jarayonlari va uni karbonat 
angidridga nisbatan yuksak sezgirligi nafas m arkazining avtomatik ravishda 
qo‘zg‘alishiga sabab bo‘Iadi. 0 ‘pka retseptorlari, tom irlam ing refleksogen sohalari, 
nafas muskullari, skelet muskullarining retseptorlari. shuningdek, markaziy nerv 
sistemasining yuqoriroqdagi qismlaridan keladigan impulslari, nihoyat gum oral 
ta ’sirlar nafas markazining avtomatiyasini boshqarib turadi.
259
www.ziyouz.com kutubxonasi


Nafas markazining avtomatiyasi yurak muskullari avtomatiyasidan farq qiladi. 
Birinchidan, nafas m arkazi boshqa m arkazlar b ilan aloqada boMishi shart. 
Ikkinchidan, bu m arkazga retseptorlardan, ayniqsa xemoretseptorlardan afferent
impulslar kelib turishi kerak.
Nafasning reflektor boshqarilishi.
Nafas markazi neyronlari nafas yo‘li, o ‘pka 
alveolasi va q o n -to m ir refleksogen sohalaridagi m exanoretseptoriar bilan 
bogManganligi tufayli reflektor boshqarilish amalga oshiriladi. Odam o'pkasida 
quyidagi m exanoretseptoriar mavjud: I. 
Irritant
yoki nafas yo*li shilliq qavatida 
joylashgan tez moslashuvchi retseptorlar; 2. O 'pka 
cho ‘zilganda qo 'zg ‘aladigan
retseptorlar; 3. J
-retseptorlar.
Irritant retseptorlar
nafas yoMlarining epitelial va subepitelial qavatlarida 
joylashadi va bir vaqtning o ‘zida ham mexano-, ham xemoretseptor vazifasini o‘taydi. 
Irritant retseptorlarining qo‘zg‘alish bo‘sag‘as¡ cho'zilish retseptorlariga nisbatan 
yuqoriroq. O lpka hajmi o'zgarganda irritant retseptorlarda qisqa muddatli impulslar 
p a y d o b o 'l a d i . S h u n in g uchun ham bu r e ts e p to r te z m o slash u v ch i 
mexanoretseptoriar nomtni oigan. Shuningdek, irritant retseptorlar nafas yo‘ lidagi 
chang, har xil moddalar bug‘i (ammaik, efir, tamaki tutuni) hamda nafas yoMi devorida 
hosil b o lu v ch i biologik faol modda - gistamin bilan ham ta ’sirlanadi.
Irritant retseptorlami qitiqlasho'pkaningcho'ziluvchanligini kamaytiradi. Har 
xil kasalliklarda (bronxial astma, o'pka shishi, inermotoraks, kichik qon aylanish 
doirasida qonning dim lanib qolishi) irritant retseptorlar kuchli qo zg aladilar va 
natijada xansirash yuzaga keladi.
Traxeyadagi irritant retseptorlarining qitiqlanishi yo‘talga sabab bo‘ladi.
O 'pka cho ‘zilishinisezuvchi retseptorlar.
Bu retseptorlar o'pka hajmi ortganda 
qo‘zg‘aladi. Nafas olganda bu retseptorlardan borayotgan impulslar ortadi va nafas 
c h iq a rg a n d a e s a k a m a y a d i. Bu re ts e p to r s e k ín m o sla sh u v i va h a r xil 
qo‘zg‘aluvchanl¡kka ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
J-retseptorlar.
Bu retseptorlar kichik qon aylanish doirasi kapillarlari yaqinida 
alveolaning interstitsial to ‘qim asida joylashgan.
Ular kichik qon aylanish doirasiga yuborilgan biologik faol moddalarga (M ., 
fenilgidiguanid) ta ’sirida q o ‘zg‘aladilar. Bu retseptorlam ing asosiy ta’sirlovchisi 
o ‘pka to ‘qimasi ¡nterstitsial suyuqligining ortishidir. J-retseptorlarning turg un 
qo‘zg‘alishi pnevmoniya, o'p k a shishi, o'pkaningm ayda qon-tomirlari emboliyasi, 
kichik qon aylanishida dimlanish kabi hollardakuzatiladi.
J -re ts e p to rla r¡ q itiq la n g a n d a tez va yu zak i n a fa s olish va re fle k to r
bronxoqonstruksiya kuzatiladi.

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin