O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

Oshqozon-ichakyo'li
qizilo‘ngach, me’da, 
ingichka va y o ‘g ‘on ichaklardan iborat boMib naysimon tuzilishga ega, hazm 
tizimining birqism ini tashkil qiladi.Bu sohada oziqli moddalar mexanik vakimyoviy 
ishiovdan o ‘tadi va so ‘riladi.
270
www.ziyouz.com kutubxonasi


73-rasm. Hazm yo‘lida ovqatli moddalami bosqichma-bosqich ishlovdan o‘tkazilishi
va shira ajralishi.
Hazm tizimining shira ajratish faoliyati. Shira ajratish
hujayra ichi jarayoni 
bo‘lib, hujayra ichiga tushgan moddalardan shira hosil bo‘lad¡ va u bez hujayralardan 
ajralib chiqadi. Shira bezhujayralam ing chiqaruv yo‘Ilari orqalihazm bo‘shlig‘iga 
ajraladi.
271
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hazm bezlari shirasi tarkibidagi gidrolitik fermentlar ta ’sirida ovqatli moddalar 
gidrolizga uchraydi, elektrolitlar gidrolitik jarayon uchun optimal rN ni yaratib beradi, 
shilimshiq moddalar, bakteriotsid moddalar, immunoglobulinlar himoya vazifasini 
o ‘taydi.
Hazm bezlaridan shira ajralishi nerv, gumora! vaparakrin mexanizmlari yordamida 
boshqarilib turiladi. Eferent nerv, ulaming mediatorlari, gormonlar va fiziologik faol 
m oddalar, glandulotsitlar retseptorlariga va hujayra ichi jarayoniga ko‘rsatgan 
ta ’siriga qarab shira ajralishini q o ‘zg‘atishi yoki tormozlashi mumkin. Bezlami shira 
ajratish faoliyati ulam ing qon bitan te ’minlanish darajasiga bogMiq. Shira miqdori 
b ir vaqtda faol holdagi bez hujayralari miqdoriga bog'liq. Bezlar har xil tarkibda 
shira ajratuvchi glandulotsitlardan tashkil topgan va o ‘ziga xos boshqaruv tizimiga 
ega. Bezdan ajralayotgan shira miqdori va tarkibi iste’mol qilinayotgan ovqat 
tarkibigam oslashgan holda boMadi.
Parasimpatik xolinergik neyronlari hazm bezlari shira ajratishini tezlashtiradi.
Simpatik neyronlar esa hujayra membranasidagi a va ß adrenaretseptorlar turiga 
b o g ‘liq holda shira ajralishini tormozlaydi va trofik ta ’sir ko‘rsatadi. Bezlardan 
shira ajralishiga shuningdek, gastrointestinal boshqaruvchi peptidlar ham ta ’sir 
ko‘rsatadi.
Hazm tbdmining m o to r faoliyati. Hazm jarayonining hamma bosqichlarida motor 
yoki harakat faoliyati amalga oshiriladi. Hazm yo‘lida ixtiyoriy va ixtiyorsiz, makrova 
mikromotor foaliyatlar nam oyon bo‘ladi. Motor faoliyati hazm yoMining har xil 
sohasida ovqatli moddani qabul qilish, chaynash, yutish, m e’dada oziqning ushlab 
turilishi, me’dadan ichakka oziqli moddalaming o ‘tkazilishi, o ‘t pufagining qisqarishi 
va bo‘shashishi, xim usning ichak bo‘ylab harakati, ingichka ichakdan yo‘gon 
ichakka ximusning o ‘tishi, sfinkterlaming qisqarishi va bo‘shashishi, yo‘g‘on ichak 
harakati, kalningshakllanishi, defekatsiya barchasi hazm tizimining motor faoliyati 
natijasidir.
Hazm bezlarining chiqaruv y o ‘li tarangliligi va peristaltik harakati hazm 
shiralarining chiqarilishini ta ’minlaydi.
Hazm yoMlari motor faoliyatini boshqarilishidamiogen mexanizmlari, periferik 
(intra-va ekstramural) va m arkaziy nerv tizimlarining ahamiyati kattadir.
Parasimpatik ta ’sir natijasida hazm yoklining motor faoliyati kuchayadi, lekin 
adashgan nerv tarkibida motorikani kuchaytiruvchi va tormozlovchi toialar mavjud. 
Simpatik ta’sir asosan m otor faoliyati.ii susaytiradi. Nerv, gormonal va paragormonal 
ta’sirlar bir a’zo va bir necha a ’zolar o ‘rtasida tizimlararo ta’sir ko'rsatadilar. Masalan, 
o ‘t ajralishi o ‘t pufagining qisqarishi va oddiy sfmkterining bo‘shashi, me’dadan 
ovqatni o ‘nikki barmoqli ichakka evakuatsiyaqilinishi, me’daningantral qismining 
qisqarishi va pilorik sohani b o ‘shashi natijasida amalga oshiriladi.
So 'rilish. So ‘rilish-oziqh
moddalar tarkibiy qismini hazm yoiidan ichki muhitga, 
qon va limfagatashilishidir. So‘rilgan modda organizmga yetkazib beriladi va to‘qima 
modda almashinuvida ishiatiladi. O g‘izb o ‘shlig‘idan karbonsuvlar so‘lak a amilazasi 
ta ’sirida dekstrin, m alto o iig o sax arid va m altozagacha parchalanadi. O g ‘iz 
bo‘shlig‘ida qisqa vaqt davomida bolganligi tufayli oziqli modda deyarli so‘rilmaydi.
272
www.ziyouz.com kutubxonasi


Lekin ayrim dorivorm oddalarog‘izb o ‘shlig‘idatezda so‘ri!adi vabundan tibbiyotda 
foydalaniladi.
Me’dada oz miqdorda aminokislotalar, glukoza biroz ko‘proq suv va unda erigan 
mineral moddalar, ko‘p miqdorda alkogol so ‘ri!adi.
Oziqli m oddalam ing asosiy qismi, suv, elektrolitlam ing so'rilishi ingichka 
ichakda amalga oshiriladi. So'rilish, u amalga oshirilayotganyuza kattaligiga bogMiq. 
Ingichka ichakda so*rilish yuzasi katta. O dam larda ingichka ichak yuzasi shilliq 
qavatidagi burm alar, vorsinka va m ik ro v o rsin k alar hisobiga 3 0 0 -5 0 0 m arta 
kattalashgan. Ingichka ichak shilliq qavatiníng I m m 2 yuzasiga 30-40 vorsinkalar 
to g ri keladi, h a r b ir enterotsit 1700—4 0 0 0 m ikrovorsinkalarga ega. Ic h ak
epiteliysining 1 mm2 yuzasiga 50—100 m in m ikrovorsinkalar to ‘g ‘ri k e la d i. 
M ikrovorsinkalar glikokaliksqavati bilan qoplangan.
Har xil moddalaming so‘rilishi turli mexanizm lar yordamida amalga oshiriladi.

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin