O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

Nerv y o 'li bilan boshqarilishi.
N erv tizim i b u y rak gem odikam ikasini,
319
www.ziyouz.com kutubxonasi


y u k stag lo m eru ly ar ap p arat ishi, filtra tsiy a , reabsorbsiya va sekretsiyasini 
boshqaradi. B uyraklarni innervatsiya qiluvchi simpatik nerv ta’sirlansa, uning 
tomirlariga toraytiruvchi ta’sir etadi. Koptokchalaming olib keluvchi arteriolasi 
toraysa, filtratsion bosim va filtratsiya pasayadi Olib ketuvchi arteriola toraysa, 
filtratsion bosim va filtratsiya kuchayadi. Shundan ham ko‘rinib turibdiki simpatik 
nerv ta ’sirlansa qaysi tomirlarga ta’sir etishiga qarab ikki xil effekt kelib chiqadi. 
Simpatik efferent to lalar ta ’sirlansa natriy va suv reabsorbsiyasi kuchayadi. 
Parasimpatik adashgan nerv ta’sirlansa glukoza reabsorbsiyasi va organik kislotalar 
sekretsiyasi kuchayadi.
Og‘riq boMganda siydik ajrashi kamayadi, hatto og‘riq kuchli bo‘lsa butunlay 
to‘xtashi ham mumkin.
Simpatik nerv tizim isi qo‘zg‘alishi hisobiga buyrak usti bezidan katexolaminlar 
ishlab chiqarilishi kuchayib, buyrak arteriyalari torayadi vabuyraklarga qon kelishi 
ozayadi. Bir vaqtning o ‘zida gipofizni orqa b o ‘lagidan antidiuretik gormon ishlab 
chiqarilishi kuchayadi.
Diurezni kuchayib, ozayishi shartli reflektoryo‘l bilan ham boshqarilishi mumkin. 
Bu esa bosh m iy an in g oliy boMimlarini buyraklar faoliyatida m uhim o ‘rin 
egallashidan dalolat beradi. L. A. Orbeli laboratoriyasida itlarga og‘rituvchi ta ’sirlar 
berilgada siydik ajrashi to ‘xtaganligi kuzatilgan. Bu ish ko‘p marotaba takrorlansa 
itning stanokka o ‘matilishi o‘zi ham diurezni kamaytiradi.
Agar oshqozoniga va siydik pufagiga fístula o ‘matilgan itlarga shatü signa! 
bilan birgalikda oshqozoniga suv kiritilsa va bu bir necha marotaba takrorlangandan 
so‘ng, shartli signalning o ‘ziniyolg‘iz q o ‘llash diurezni kuchaytiradi.
Gumoral boshqarilishi.
Buyraklar faoliyatini boshqarilishida gumoral tizim 
asosiy o ‘rin egallaydi. Juda ko‘p gormonlar buyrak faoliyatiga ta’sir etadi, ulaming 
eng asosiylari antidiuretik gormon yoki vazopressin va aldesteron hisoblanadi.
ADG yoki vazopressin, nefronni distal kanalchalari vayig‘uvchi naylami suvga 
o 'tkazuvchanligi o rtib , suv reabsorbsiyasi kuchayadi. ADG adenilatsiklaza 
fermentini faollab, A TF dan SAMF hosil b o ‘lishini ta’minlaydi. sAMF esa sAMF 
moyil p ro te in k in a z a n i faollashtiradi. U esa hujayra m em brana oq sillarin i 
fosforillanishida qatnashib, uning suvga o ‘tkazuvchanligini oshiradi. Bundan 
tashqari ADG gialuronidaza fermentini faollashtirib, hujayralararo boshliqdagi 
gialuron kislotasini depolimerlaydi. Gioluron kislotasi dipolimerlanganda yig‘uvchi 
naylaming devori g ‘ovak bo‘ lib, suvni o ‘tkazib yuboradi.
ADG ko‘p ishlab chiqarilsa siydik hosil bo'lishi butunlay to‘xtashi mumkin. 
Agar bu gormon ishlab chiqarilishi ozaysa, og‘ ir xastalik qandsiz diabet kasalligini 
keltirib chiqaradi. Nefronning distal kanalchalari vayig‘uvchi naylari suvni o‘tkazmay 
q o ‘yadi va ju d a k o ‘p suyuq siydik hosil b o ‘la boshlaydi. Kasailar bir-kecha 
kunduzda 25 1 gacha siydik chiqarishi mumkin.
Aldesteron buyrak kanalchalarida natriy ioni reabsorbsiyasini, kaliy va vodorod 
ionlari sekretsiyasini kuchaytiradi. Bir vaqtda suvning reabsorsiyasi kuchayadi. 
Bu gormon proksimal kanalchalarda kalsiy va magniy reabsorbsiyasini kamaytiradi.
Natriuretik gorm on (atriopeptid) siydik bilan natriy chiqishini kuchaytiradi.
320
www.ziyouz.com kutubxonasi


Q aiqonsim on o ld b ezi g o rm o n i-p a ra tg o rm o n k a ls iy re a b so rb siy a sin i 
kuchaytiradi. Natijada qon plazmasida kalsiy m iq d o ri ortadi, siydik bilan fosfatlar 
chiqishi kuchayadi. Proksim al kanaldiada n a tr iy v a N S O , reabsorbsiyasini 
to rm o zla b , G en ie q o v u z lo g ‘ini y u q o rig a k o ‘ta r ilu v c h i q ism id a m ag n iy
reabsorbsiyasini kuchaytiradi.
Kalsitonin kalsiy va fosfatlar reabsorbsiyasini torm ozlaydi. Insulin - bu gormon 
ishlab chiqarilishi kamayganda gipoglikemiya, glukozuriya kuzatiladi. Siydikning 
osmotik bosimi ortadi va diurez kuchayadi.
Siydik chiqarish. Nefronda hosil bo'lgan ikkilam chi siydik yig‘uvchi naylarga 
o ‘tib, undan buyrak jom chalariga tushadi. Jo m ch ala rg a m a’lum miqdordagi siydik 
yig ‘ilgandan so‘ng, u yerdagi baroreiseptorlarni ta ’sirlaydi. S o‘ngra jo m ch a 
muskullari qisqarib siydik yoMlari ochiladi v a siydik siydik pufagiga tushadi.
Siydik pufagi silliq muskullardan tashki! topgan bo* lib, siydik pufak bo‘shlig‘iga 
asta-sekin tushib, uni to ‘ldiradi, natijala uning devorlari cho‘ziladi. Siydik pufagiga 
siydik tushayotganda bosim avvaliga uncha o ‘zgarm aydi, so‘ng ju d a tez oshib 
ketadi. Siydik miqdori 250 ml ga yetganda, siydik pufagidagi m exanoretseptorlar 
ta’sirlanadi, tos nervini afferent tolalari orqali o rq a miyaning 2 -3 -4 sakral bo‘limiga 
boradi. Bu yerda siydik chiqarish m arkazi jo y la sh g a n . Efferent im pulslari 
parasimpatik markazdan siydik pufagiga v a siydik chiqaruv yoMlariga keladi. 
Natijada siydik pufagining silliq muskuli q isq arad i va siydik pufagi hamda siydik 
chiqaruv yo‘li sfinkterlari bo‘shashadi, siydik pufagidan siydik chiqadi va siydikdan 
xolis boladi. Siydik pufagini asosiy ta’sirlovchisi b o iib , undagi bosim ortishi emas, 
balkim uni devorlarining cho‘zilishi hisoblanadi. Siydik pufagining siydik bilan 
to lish i ham katta o ‘rin egallaydi. Tez to4 Isa, y a ’ni siydik hosil bo'Iish kuchayganda 
impulslar hosil boMishi tezlashadi. Siydik chiqarishni spinal markaziga yuqorida 
joylashgan markazlar boshqaruvchisi bo‘ladi: bosh miya yaritn sharlari po‘stlog‘i 
va o ‘rta miya tormozlaydi, varoliyev kolprigining oldingi qismini va gipotalamusning 
orqa qismi qo‘zg‘atadi. Bosh miya yarim sharlarining turg‘un boshqaruv roli bolaning 
ikki yoshidan boshlab shakllanib boladi.
T erajralish i. Terbezlariterchiqaradi (tersekretsiyasi). Terbezlari: l)m oddalar 
almashinuvi natijasida hosil bo‘ Igan parchalanish mahsulotlarini chiqarib tashlaydi;
2) termoregulyatsiyada ahamiyati bor, chunki badandan ter bug‘lanishi issiqlik 
chiqarish omili hisoblanadi. 3) osmoregulatsiyada, ya’ni suv va tuzlami chiqarib 
tashlash yo‘ti bilan osmotik bosimni doim b ir xil saqlashda ahamiyati bor.
Ter bezlari teri ostidagi q o ‘shuvchi to ‘qim a kletchatkasida joylashgan, ular 
badanda bir tekis tarqalmagan. Ular qo‘l-oyoq kaftida, qoMtiqda ko‘p bo‘lib, 1 sm 2 
terida 400-500 ter bezi bor.

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin