O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V


səhifə199/238
tarix22.12.2023
ölçüsü
#190479
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

burib teskari oqizuvchi sistema
prinsipini tatbiq etishadi.
Ikkinchi tartibdagi burama kanalchalarda natriy, kaliy, ionlari, suv va boshqa 
moddalar hamon so‘rilaveradi. Birinchi tartibdagi buram a kanalchalar va Genie 
qovuzlog‘i protsesslarga qaram a-qarshi o ‘laroq ikkinchi tartibdagi burama 
kanalchalarda natriy va kaliy ionlarining reabsorbsiyalanadigan miqdori 
(majburiy
reabsorbsiya)
doimiy bo‘lmay o ‘zgaruvchandir 
(fakultativ reabsorbsiya).
Bu 
m iqdor qondagi natriy va kaliy ionlarining miqdoriga b o g iiq bo‘lib, organizmda 
shu ionlar konsentratsiyasini doim bir darajada saqlab turuvchi muhim regulyator 
mexanizm hisoblanadi.
Yig'uvchi naylar funksiyasi.
Buyrak kanalchalaridan y ig ‘uvchi naylarga bir 
talay suyuq siydik kelib, bu yerda konsentrlanadi va shunday qilib, buyrak jomlariga 
bir kecha-kunduzda 1-1,5 1 siydik o ‘tadi. Yig‘uvchi naylarga keladigan gipotonik 
siydik asosan suv so‘rilishi tufayli konsentrlanadi.
Y ig‘uvchi naylaming devorlari suvni o ‘tkazishi mumkin; buyrakning m ag'iz 
qavatidagi to ‘qima suyuqligining osmotik bosimi yuqori, yig‘uvchi naylar shu 
qavatdan o ‘tadi, shunga ko‘ra suv yig'uvchi naylar b o ‘shlig‘idan interstitsial 
suyuqlikka o ‘tadi; suv reabsorbsiyasi esa shunga bog‘liq.
Buyraklarning qon ion tarkibini boshqarishdagi ishtiroki.
Ionlar gomeostazini 
bir xil ushlab turishda buyraklarning ahamiyati ju d a katta. Buyrak kanalchalarida 
turli ionlar reabsorbsiyasi va sekretsiyasi boshqarilib turadi va ulam ing miqdorini 
bir xil ushlab turadi.
Natriy
reabsorbsiyasi buyrak usti bezi p o ‘stloq m oddasining aldesteron 
gorm oni ta ’sirida nefronning distal kanallari oxiri va y ig ‘uvchi naychalarda 
kuchayadi. Aldesteron sekretsiyasi qon hajmi kam ayganda va plazmada natriy 
ionlari miqdori kamayganda kuchayadi. Yurak bo‘lmachalaridan ajralib chiqadigan 
natriyuretik gorm on natriy reabsorbsiyasini torm ozlab, uni chiqib ketishini
317
www.ziyouz.com kutubxonasi


kuchaytiradi. Bu gorm on ishlab chiqarilishi, aylanib yurgan qon miqdori va 
hujayralararo b o ‘shliq suyuqligi ortganda kuchayadi.
Aldesteron gorm oni nefronning distal kanalchalarida va yig‘uvchi naylarda 
kaliy sekretsiyasini kuchaytiradi. Insulin gormoni esa kaliy chiqishini kamaytiradi. 
Qon faol reaksiyasi ishqoriy tomonga siljiganda (alkaloz) siydik bilan kaliy chiqishi 
kuchayadi, kislotali tomonga siljiganda (atsidoz) esa ozayadi.
Qalqonsim on oldi bezi gormoni buyrak kanalchalarida kalsiy reabsorbsiyasini 
tezlashtiradi, suyaklardan uning ajralishini kuchaytiradi, oqibatda qonni miqdori 
ortadi.
Q alqonsim on bez gormoni tirokaisionin buyraklar orqali kalsiy chiqishini 
kuchaytirib, uni suyaklarga o ‘tishini kuchaytiradi va natijada katsiyning miqdori 
qonda kamayadi. Buyrakning yukstaglomerual kompleksida vitamin D ning faol 
formasi ishlab chiqarilib, u kalsiy almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.
Aldesteron gorm oni qon plazmasida xloridlar almashinuvini boshqarishida 
ishtirok etad i. N atriy reabsorbsiyasi kuchayganda xlor reabsorbsiyasi ham 
kuchayadi. X lom ing ajralib chiqishi natriygabog‘liq boMmasligi ham mumkin.
Buyraklarning kislota-asos muvozanatini saqlashdagi ishtiroki.
Buyraklar 
moddalar alm ashinuvi natijasida hosil bo‘lgan kislotali mahsulotlarini tashqariga 
chiqarish orqali qonda vadorod ionlari muvozanatini saqlashda ishtirok etadi. 
Siydikning PH muhiti ju d a keng ko‘lamda o ‘zgarishi mumkin. Ayrim hollarda 4,5 
gacha tushib, 8,0 gacha ko‘tarilishi mumkin. Shu yo‘l bilan qon plazmasi faol 
reaksiyasini 7,36 da ushlab turishda ishtirok etadi.
Kanalchalar b o 'sh lig ‘ida natriy bikarbonat bo‘ladi. Kanalchalar hujayralarida 
esa karboangidraza fermenti bo‘Iib, C 0 2 va suvdan ko‘mir kislotasi hosil b o ‘ladi.
S
o
2+ N 20 ! k a rb o a n g id r a z a H 2C 0 3 H ++ H C O - j k a rb o n a t k is lo ta s i 
dissotsiatsiyalanib, vodorod (H+) ioni va anion (HCO"}) hosil bo‘ladi. N +ioni 
hujayralardan sekretsiyalanib kanalcha bo‘shlig‘igao‘tadi vabikarbonatdan natriy 
siqib chiqarib yuboriladi, karbonat kislotasi hosil qiladi, so‘ngra suv va karbonat 
a n g id rid ig a p a r c h a la n a d i. H u ja y ra ic h id a H C O } a n io n ik filtra td a n
reabsorbsiyalangan N a+ bilan birikadi.
Karbonat angidridi membrana orqali konsentratsiyalar farqi hisobiga hujayra 
ichiga kiradi. H ujayra ichida moddalar almashinuvi natijasida hosil b o ‘igan CO, 
bilan birgalikda karbonat kislotasini hosil qiladi.
Kanalchalar b o ‘shlig‘iga sekretsiya y o ‘li bilan birikib, undan natriyni siqib 
chiqarib, bir asosli fosfat (Ma H2Po4) ga aylanadi.
Buyraklarda aminokislotalaming dezaminlanishi natijasida ammiak hosil bolib, 
u kanalcha bo‘shlig‘iga o ‘tadi. Vodorod ionlari ammiak bilan birikadi NH
j
+H+®NH4* 
va ammoniy ion hosil qiladi. Shuyo‘l bilan ammiak zararsizlanib ammiak tuzi shaklida 
siydik bilan chiqarib yuboriladi.
B u y ra k la rn in g in k re to r faoliyati. Buyraklar qonga fiziologik faol moddalar 
sintezlab chiqaradi. Bu moddalar boshqa a ’zolarga ta’sir etadi yoki buyraklarda 
qon aylanishining boshqarish va buyraklar metabalizmida ishtirok etish kabi mahaliiy 
ta ’sir ko‘rsatadi.
318
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yukstaglomerulyar aparatning donador hujayralarida hosil bo'tuvchi renin, 
proteolitik ferment b o ‘lib, qon plazmasidagi D2-globuIin-angiotenzinogenni 
parchalaydi va angiotenzinogen I hosil bo'ladi. Angiotenzin 110 ta aminokislota 
qoldig‘idan iborat peptid. Ferment ta’sirida undan ikkita aminokislota qoldig‘i ajralib 
chiqadi. Natijada qon tom irlarini toraytiruvchi angiotenzin II hosil bo‘ladi. 
A ngiotenzin II tom irlam i to ra y tirib , arterial b o sim n i oshiradi. Aldesteron 
sekretsiyasini kuchaytiradi, natriy reabsorbsiyasini oshiradi, chanqoq hosil bo‘lib, 
suyuqlik ichishga ehtiyoj ortadi.
Angiotenzin II aldesteron va renin bilan birg atik d a organizmdagi asosiy 
boshqaruvchi sistemalaridan b in renin-angiotenzin sistemasini hosil qiladi. Bu tizim 
buyrak qon aylanishini, aylanib yurgan qon hajmini, suv-tuz balansini boshqarishda 
qatnashadi. Agar buyraklami koptokchalarida olib keluvchi arteriolalarida bosim 
ortsa renin ishlab chiqarilishi kamayadi va aksini N aS l ning miqdori distal 
kanalchalarda ko‘p bo‘!sa renin sekretsiyasi torm ozlanadi. Donador hujayralarda 
ß-adrenoretseptorlarqo‘zg‘alsa, renin sekretsiyasi kuchayadi, a-adrenoretseptorlar 
qo‘zg‘alsa tormozlanadi. Araxidon kislotasi va PGI - 2 tipidagi prostoglandinlar 
renin sekretsiyasini kuchaytiradi.
Eritropoetin ishlab chiqarilib, suyak ko‘migidaeritropoezni kuchaytiradi. Buyraklar 
qonning fabrinolitik aktivligida ishtirok etadi. Plazminogen aktivatori-urokinoza sintez 
qiladi. Buyraklar mag‘iz moddasi prostoglandinlar sintezlanadi. Ular buyraklar va 
umumiy qon aylanishini boshqarishda qatnashadi. Siydik bilan natriy chiqishini 
kuchaytirib, kanalchalar hujayralarini ADG ga sezgirligini kamaytiradi.
Buyraklarda kininlar sintezlanadi. Ulardan brodikinin qon tomirini kuchli 
kengaytirib, buyraklarda qon oqishini va natriy ajralishini boshqarib turadi.
B uyraklarning m etabolitik funksiyasi. Buyraklam ing metabolitik funksiyasi 
organizm ichki muhiti metobolitlar miqdorini bir xilda ushlab turishda ishtirok 
etishdan iborat. Buyraklar metabolizm natijasida hosil bo'lgan moddalami chiqarib 
yuboribgina qolm ay, uning o 'z id a m etabolizm ja ra y o n la rid a sodir bo 'lg an
moddalami ham chiqarib yuboradi. Buyraklar kanalchalari filtrlanib o‘tgan past 
molekular og‘irlikka ega bo'lgan peptidlar va denaturatsiyaga uchragan oqsillami 
parchalaydi. Aminokislotalami qonga qaytarib. bu peptidlar va gormonlami qondagi 
miqdorini ushlab turadi.
Buyrak to ‘qimalari glukoneogenezda ishtirok etadi. A gar a ’zo og‘irligiga 
nisbatan olinsa, buyraklarda bu xususiyat jigarga nisbatan yuqori. Uzoq vaqt och 
qolganda qonga tushayotgan glukozaning yarm i b u yraklarda hosil b o ia d i. 
Buyraklar inozitolni oksidlanuvchi katabolizmida ishtirok etuvchi asosiy a’zolardan 
biri hisoblanadi. Bu yerda qonga tushgan hujayra mem branasining asosiy qismi 
bo‘lish fosfatidilinozitol, glyukuron kislota, triatsiIglitserinlar va fosfolipidlar 
sintezlanadi.
Buyraklar yog‘laralmashinuvida ham ishtirok etadi. Erkin yog4 kislotalari uning 
hujayralarida triatsilglitserinlar va fosfolipidlar tarkibiga q o ‘shilib, qonga tushadi.
Buyraklar faoliyatining boshqarilishi

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin