O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 12,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/236
tarix21.10.2023
ölçüsü12,57 Mb.
#159277
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   236
Normal-fiziologiya

Peristaltik to'lqin
ichakda b o ‘g‘iq hosil qilish va quyi qism kengayishi 
natijasida amalga oshirilib, ximusning kaudal yo‘na!ishda harakatlantirishidan iborat. 
Ichakda peristaltik harakatlar har xil tezlikda 0 ,1 -0 ,3 sm /s dan 7-21sm /sgacha 
bo‘lishi mumkin.
Tonik qisqarish
natijasida ichak teshigi m a’lum uzunlikda kichrayadi. Tonik 
qisqarish mahalliy bo‘lishi yoki kichik tezlikda harakatlanishi mumkin.
Ichakning dastlabki (bazal) bosimi 5-14 sm g aten g . Ichak harakat bu bosimni 
3 0 -9 0 sm suv. ust. gacha kotarishi mumkin.
Ingichka ichak motorikasi miogen, nerv va gum oral mexanizmlar yordamida 
boshqariladi. 
Miogen mexanizmlar
ichak m u sk u llari avtom atiyasi va ichak 
cho‘zilganda uning qisqarishini ta ’minlaydi. Ichakning davriy harakatini ritmik 
avtomatiya xossasiga ega bo‘lgan muskul ichak - m ienteral nerv (auerbax) tuguni 
ta’minlaydi. Bundan tashqari, ichak harakatini ta’minlovchi ikkita maxsus tuzilmalar 
bor qabul qilib, uzatib beruvchi, birinchisi umumiy o ‘t y o ‘lining o ‘n ikki barmoqli 
ichakka quyilayotgan joyida, ikkinchisi yonbosh ichakda joylashgan. Bu tuzilmalar 
va nerv tugunlari nerv va gumoral mexanizmlar yordam ida boshqarilib tuziladi.
Parasimpatik ta'sir ichak harakatini kuchaytiradi, simpatik ta ’simi tormozlaydi.
Ovqat iste’mol qilish ichak harakatini dastlab tormozlaydi, birozdan so‘ng 
kuchaytiradi. Keyinchalik ximusning fizik va kimyoviy xossalariga muvofiq, ichak 
harakati o ‘zgaradi dag‘al, ingichka ichakda hazm boMmaydigan moddalar, yo g ‘li 
ovqatlar esa uni kuchaytiradi.
Ichakka mahalliy ta ’sir qilib, uning harakatini kuchaytiruvchi moddalarga 
quyidagilar kiradi: yog‘lar, kislotalar, ishqorlar, tuzlar (yuqori konsentratsiyali 
eritmalar.)
289


Ingichka ichak harakatini boshqarishda hazm y o ‘lining har xil qismlaridan 
b oshlanuvchi re fle k sla r: q iz ¡lo ‘ngach-ichak (q o ‘z g ‘atuvchi), m e’da ichak 
(qo‘zg‘atuvchi va torm ozlovchi), rektoenteral (tormozlovchi).
Gumoral boshqarílishi.
Serotonin, gistamin, gastrin, motilin, XSK, R moddasi, 
vazopressin, oksitotsin, bradikinin va boshqalar m iotsitlarga bevosita yoki entera! 
neyronlar orqali ta ’sir etib ingichka ichak harakatini kuchaytiradi, sekretin, VIP, 
GIP va boshqalami tormozlaydi.
Y o‘g‘on ich ak d ag i h azm . Iliotsekal sfínkter orqali ingichka ichakdan ximus 
yo'gon ichakka o ‘tadi. Hazm jarayonida yo‘gon ichakning ahamiyati kamroq, chunki 
o ‘simiik kletchatkasidan boshqa barcha oziq moddalar ingichka ichakda hazm 
boMadi va so‘riladi. Y o‘gon ichakda asosan suv so‘rilishi orqali ximus quyuqlashadi, 
ka! m assasi shakilanadi va ichakdan chiqarib yuboriladi. Y o‘g‘on ichakda 
shuningdek, elektrolitlar, suvda eruvchi vitaminlar va karbonsuvlar so‘riladi.
Yo'g'on ichakning shira ajratish faoliyali.
Y o‘g ‘on ichak bezlari, asosan, 
shilimshiq, modda, k o ‘chib tushgan epiteüa! hujayra va o z miqdorda fermentlar 
(
peptidazalar, lipaza, amilaza, ishqoriyfosfataza, katepsin, nukleaza)
saqlovchi shira 
ajratadi. Y o‘g ‘on ichakdagi fermentlar faolligi ingichka ichakka nisbatan ancha 
s u s t boM adi. L e k in in g ic h k a ic h a k d a hazm ja r a y o n i b u z ilg a n d a uni 
kompensatsiyalash uchun y o ‘g ‘on ichak shira ajratish faoliyati kuchayishi mumkin. 
Y o‘g‘on ichak shirasi (PH 8 ,5 -9 ,0 ) ishqoriy muhitga ega. Shira ajralish jarayoni 
mahalliy mexanizmlaryordamida amalga oshiriladi. ShilÜq qavatini mexanikta’sirlash 
shira ajraüshini 8 -1 0 marta kuchaytiradi.
Yo'g'on ichak harakati.
Odamlardahazmjarayoniningdavomiyligi 1-3 sutkani 
tashkil qiladi. Shundan en g k o ‘p vaqt ovqat qoldiqlarining yo‘g‘on ichakda 
b o ‘lishiga sarflanadi, y o ‘gon ichak motorikasi rezervuar (ovqat qoldiqlarining 
to ‘planish¡) vazifasini, ayrim moddalam i, asosan suvning so‘rilishini, ximusning 
harakatini, najasning shakllanishini va uni chiqarib yuborilishini (defekatsiya) 
ta’minlaydi.
Sog‘lom odam qabul qilgan qontrast modda 3 - 3 ‘/2 soatdan so‘ng yo‘g‘on 
ichakka kelib tusha boshlaydi va 24 soat davomida u toMa tushib boMadi v a 48-72 
soatdan so‘ng organizm dan toMa chiqarib yuboriladi.
Yo‘g ‘on ichakda b ir necha xildagi qisqarishlar turi kuzatiladi: kichik va katta 
mayarniksimon, perestaltik va antiperestaltik, (propulsid) tozalovchi qisqarishlar. 
Shulardan dastlabki 4 turdagi qisqarishlar ichakdagi moddalaming aralashishini 
va bosim ning o rtish in i, suv s o ‘rilishi natijasida xim usning quyuqlanishini 
ta ’minlaydi. Sutka davom ida 3-^1 marta tozalovchi qisqarishlar bo'lib ichakdagi 
moddalami distal yo‘nalishda siljitadi.
Y o‘g ‘on ichak intra- va ektramural innervatsiyaga ega. Adashgan nerv va 
chanoq nervlari parasim patik innervatsiyani tashkil qiladi. Parasimpatik neyronlar 
ta ’sirida ichak harakati kuchayadi. Qorin nervi tarkibida simpatik toialar boradi va 
ichak harakatini tormozlaydi.
T o ‘g ‘ri ichak m ex an o retsep to rlari qitiqlansa, ingichka ichak harakatini
290


tormozlaydi. Shuningdek seratonin, adrenalin, glukagonlar ham ichak harakatini 
tormozlaydi.
D efekatsiya - to ‘plangan m oddalar to ‘g ‘ri ichak retseptorlarini qitiqlashi 
natijasida yo‘gon ichakdan najasni chiqarib yuborilishidir. T o ‘g ‘ri ichakda bosim 
4 0 -5 0 sm. suv ustunidan ortgandan so ‘ng odam da defekatsiya sodir qilish xohishi 
paydo bo‘ladi. Bosim 20-30 suv ustuniga yetganda to ‘g ‘ri ichak toMganligi hissi 
paydo bo‘ladi. T o ‘g ‘ri ichakning silliq muskuliardan tashkil topgan - ichki va 
ko‘ndalang targ‘il muskullaridan iborat - tashqi sfinkterlari defekatsiyadan tashqari 
paytlarida tonik qisqargan holida b o ‘ladi. Bu sfinkterlami reflektor bo‘shashi, 
ichakning perestaltik qisqarishi, o rq a peshovni ko‘taruvchi (m . Lavator ani) 
muskulning qisqarishi, to ‘g‘ri ichakning halqasimon m uskuilarining qisqarishi - 
najasni to‘g‘ri ichakdan tashqariga chiqishini ta'minlaydi. Defekatsiyada kuchanish 
katta ahamiyatga ega, bunda qorin devori va diafragma muskullari qisqarib qorin 
bo‘shlig‘idagi bosimni 220 sm. suv ustunigacha ko'tarishi mumkin.
T o‘g ‘ri ichak retseptorlarl orqa m iyaning bel-dumg‘aza sohasi bilan bog‘laydi 
va birlamchi reflektor yoyni hosil qiladi. Bu reflektor yoy ixtiyorsiz defekatsiya 
holatini boshqaradi. Ixtiyoriy defekatsiya holati bosh miya p o ‘stlog‘i, uzunchoq 
miya markazlari va gipotalamus ishtirokida amalga oshiriladi.
Orqa miyaning chanoq nervi tarkibidagi parasimpatik tolalaridan kelgan impulslar 
sflnkterlar tarangligini susaytirish va to ‘g ‘ri ichak harakatini kuchaytirish orqali 
d efek atsiy an i kuchaytiradi. S im p a tik n e rv la r esa s fln k te rla r q isq arish in i 
kuchaytiruvchi va to ‘g ‘ri ichak harakatini susaytiruvchi ta ’sir ko'rsatadi.
Ixtiyoriy defekatsiya holati bosh m iyadan orqa miya m arkazlariga yuborilgan 
tashqi sfinkterni b o ‘shashtiruvchi, diafragm a va qorin d ev o ri m uskullarini 
qiskartiruvchi ta ’siri natijasidir. S o g ‘lom odam larda b ir sutkada 1-2 m arta 
defekatsiya sodir etitadi.

Yüklə 12,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin