O. X. Azamatov



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/119
tarix31.12.2021
ölçüsü1,82 Mb.
#49500
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
3072-Текст статьи-7829-1-10-20200908

 
 



 
 
KIRISH 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyev 
O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  24  yilligiga 
bag‘ishlangan  tantanali marosimdagi  ma’ruzasida  “Biz  ta’lim  va  tarbiya  tizimining 
barcha  bo‘g‘inlari  faoliyatini  bugungi  zamon  talablari  asosida  takomillashtirishni 
o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”, - deb ta’kidlagan edilar.  
Kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgargan xodimlarimiz, 
mutaxassislarimizga  ko‘p  jixatdan  bog‘liqdir.  Yangicha  fikrlaydigan,  bozor 
sharoitlarida  muvaffaqiyatli  xo‘jalik  yuritadigan,  yuksak  malakali,  chuqur  bilimli 
mutaxassislarni  tayyorlash  davr  talabi  bo‘lib  qoldi.  Mamlakatimiz  rivojlangan 
davlatlar  qatoridan  mustaxkam  o‘rin  egallashi  uchun  zamonaviy  kompyuter 
texnologiyalarini xayotimizning barcha jabxalariga keng joriy etib kelinmoqda. 
Xozirgi vaqtda kompyuter texnologiyalari rivojlanib borayotgan vaqtda asosiy 
e`tibor  foydalanuvchilarga  emas,  dasturchilarga  qaratilmoqda.  Shuni  hisobga  olib, 
talabalarda  dasturlar  tuzish  ko‘nikmalarini  hosil  qilish  va  ularda  kerakli  amaliy 
dasturlarni yarata olish imkoniyati shakllantirishga katta e`tibor berilmoqda. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Kadrlar  Tayyorlash  Milliy  dasturida  ham  yosh 
avlodni  yangi  kompyuter  texnologiyalarini  egallashi,  ularning  bilimlarini  chet  el 
talabalari saviyasiga etkazish dolzarb masala qilib qo‘yilgan. 
So‘ngi  yillarda  kompyuterning  dasturiy  ta’minoti  rivojlanishi  asosiy 
yo‘nalishlaridan  biri  bu  obyektga     yo‘naltirilgan  dasturlash  sohasi  bo‘ldi.  Obektga 
yo‘naltirilgan operatsion tizimlar (Masalan, Windows), amaliy dasturlar va obyektga 
yo‘naltirilgan  dasturlash  tizimlari ham ommaviylashdi. 
Birinchi  obyektga  yo‘naltirilgan    dasturlash      elementi  Simula-67  (1967  y., 
Norvegiya)  tili    bo‘ldi.  Turbo  PASCAL  ning  5,5  versiyasidan  boshlab  obyektga 
yo‘naltirilgan  dasturlash  vositalari paydo bo‘ldi. Turbo PASCAL ning rivoji yakuni 
sifatida BORLAND filmasi tomonidan DELPHI dasturlash tizimi  yaratilishi  bo‘ldi. 
Ushbu  tizim  yordamida    tez  va  oson  murakkab  bo‘lgan  grafik  interfeysni 


10 
 
dasturlash   imkoniyati  mavjud.   1991-  yilda  Visual  BASIC  ning  I  versiyasidan 
boshlab bu til to‘laligicha  obyektga  yo‘naltirildi (1997- yil).  
Obyektga  yo‘naltirilgan    dasturlash    tillaridan  yana  biri  1995-  yilda  Jeyms 
Gosling    boshchiligida   Sun  Microsystems  kompaniyasida  yaratilgan    JAVA  tilidir. 
Uni  ishlab  chiqishda  maxsus  o‘rganish  talab  qilmaydigan,  sodda  tilni  maqsad 
qilingan.  
JAVA  tili  maksimal  darajada  C ++ tiliga o‘xshash bo‘lishi uchun yaratilgan.  
JAVA    Internet  uchun    dasturlar  tayyorlashning  ideal  vositasidir.  So‘ngi    yillarda  
Microsoft  kompaniyasi  tomonidan  C++  davomchisi  sifatida    C # (Ci sharp) tili 
yaratildi.  
1985-  yilda  Bell  Labs  (AQSh)  laboratoriyasi  C++  dasturlash  tili 
yaratilganligini  xabarini  berdi.  Bugungi  kunda  bu  til  obyektga  yo‘naltirilgan  
dasturlash    tillari  orasida  mashhurdir.  Bu  til  yordamida  istalgan   mashina   uchun  – 
shaxsiydan to superkompyuterlargacha dasturlar yozish mumkin. Bu tilning asoschisi 
Born Straustrupdir. 
 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin