Nisbat amallari. Nisbat amallari qiymatlari quyidagilar: mantiqiy katta (>);
kichik (<); katta yoki teng (>=); kichik yoki teng (<=); teng (==) ; teng emas (!=).
Mantiqiy amallar. Mantiqiy amallari qiymatlari mantiqiy bo‘ladi. Mantiqiy
amallarda quyidagilardan foydalaniladu: || (diz’yunksiya), && (kon’yunksiya), ! (inkor).
Razryadli amallar. Razryadli amallar | (diz’yunksiya), & (kon’yunksiya),
^ (XOR), ! (inkor). Masalan 5 kodi 101 ga teng va 6 kodi 110 ga teng:
6 & 5 = 4 = 100; 6 | 5 = 7 = 111; 6 ^ 5 = 3 = 011; ~6 = 4 = 010. Chapga surish << amali.Masalan:5 << 2 = 20 yoki 101 << 2 = 10100.
O‘ngga surish >> amali. Masalan 5 >> 2 = 1 yoki 101 >> 2 = 001 = 1.
Qiymat berish amali. Oddiy qiymat berish amali:
O‘zgaruvchi_nomi = ifoda; Z = 4.7 + 3.34; C = y = f = 4.2 + 2.8; Murakkab qiymat berish amali: O‘zgaruvchi_nomi amal= ifoda; Bu yerda amal quyidagi amallardan biridir: *, /, %, +, – , &, ^, |, <<, >>.
Misol uchun: x+ = 4 ifoda x = x + 4 ifodaga ekvivalentdir;
x >> = 4 ifoda x = x >> 4 ifodaga ekvivalentdir;