“Hello World “.trirn() -> "Hello World" valueOf Biror ma’lumotni matnli satrga aylantirish uchun valueOf usulidan
foydalaniladi. Bu statik usul Java tilidagi hamma ma’lumotlar turlarida mavjuddir.
StringBuffer StringBuffer — sinfida satrlar bilan ishlash uchun kerak bo‘lgan usullar
mavjuddir. String sinfi obyektlari ma’lum uzunlikdagi o‘zgarmas satrlardan iborat.
StringBuffer obyektlari uzunligii va qiymati o‘zgaruvchan satrlardan iborat. Java
tilida ikkala sinfdan aktiv foydalaniladi, lekin dasturchilar + operatoridan
foydalanilgan holda String sinfi obyektlarini ishlatadilar.
Konstruktorlar StringBuffer sinfi obyektini parametrlarsiz yaratish mumkin, bu holda 16 simvol
uchun joy ajratiladi va satr uzunligini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari
konstruktorga bufer uzunligini ko‘rsatuvchi butun son berish mumkin. Bundan
tashqari konstruktorga satr uzatish mumkin. Bu holda satrdan obyektga nusxa olinadi
va qo‘shimcha 16 simvolga joy ajratiladi. StringBuffer obyekti uzunligini aniqlash
uchun length usulidan, satr uchun ajratilgan joyni aniqlash uchun capacity usulidan
foydalanish mumkin. Masalan: