39
4 bob. OBYEKTLI DASTURLASH ASOSLARI
4.1. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash
Obyektga mo‘ljallangan yondoshuv dasturiy tizimlarni dasturlash tiliga bog‘liq
bo‘lmagan holda yaratishda modellardan sistematik foydalanishga asoslangan. Har
bir model uning o‘zi aks ettirayotgan predmetning hamma xususiyatlarini ifodalay
olmaydi, u faqat ba’zi juda muhim belgilarini ifodalaydi. Demak model o‘zi aks
ettirayotgan predmetga nisbatan ancha sodda bo‘ladi. Bizga shu narsa muhimki
model endi formal konstruktsiya hisoblanadi: modellarning formalligi esa ular
orasidagi formal bog‘lanishlarni aniqlashni va ular orasida formal operatsiyalar
bajarishni ta’minlaydi. Bu ish modellarni ishlab chiqishni va o‘rganishni hamda
kompyuterda realizatsiya qilishni osonlashtiradi.Xususan esa, modellarning formal
xarakteri yaratilayotgan dasturning formal modelini olishni ta’minlaydi.
Shunday qilib, obyektga mo‘ljallangan yondoshuv quyidagi murakkab
muammolarni hal qilishda ishlatiladi:
dasturiy ta’minotning murakkabligini pasaytiradi;
dasturiy ta’minotning ishonchliligini oshiradi;
dasturiy ta’minotning a’lohida komponentalarni modifikatsiya qilishni
osonlashtiradi;
a’lohida komponentalardan qayta foydalanishni ta’minlaydi.
Obyektga
mo‘ljallangan
yondoshuvning
sistemali
qo‘llanilishi
yaxshi
tuzilmalangan, ishlatishda barqaror bo‘lgan, oson modifikatsiya qilinuvchi dasturiy
sistemalarni yaratish imkoniyatini beradi. Aynan ana shu imkoniyatlar dasturchilarni
obyektga mo‘ljallangan yondoshuvdan foydalanishga juda ham qiziqtirmoqda.
Obyektga mo‘ljallangan yondoshuvli dasturlash hozirgi vaqtda eng tez
rivojlanayotgan dastur yozish texnologiyasi hisoblanadi. Obyektga mo‘ljallangan
yondoshuv ikkita kismga bo‘linadi:
Obyektga mo‘ljallangan dasturlar
yaratish;
Obyektga mo‘ljallangan dasturlash tillari.
40
Obyektga mo‘ljallangan dasturlar yaratish, dastur yaratishda obyektga
mo‘ljallangan modellarni yaratishga asoslangan.
Obyektga mo‘ljallangan dasturlar yaratish deganda biz:
dasturiy
sistemalarni
yaratishdagi
obyektga
mo‘ljallangan
metodologiyani;
bu texnologiyani qo‘llovchi instrumental vositalarni tushunamiz.
Obyektga mo‘ljallangan dasturlar yaratish dasturiy vositalarni yaratishning
hayotiy tsiklining birinchi boskichidayok qo‘llanilishi mumkin va u dasturlash
tillariga bog‘lik emas. Yaratish jarayonida obyektlar-bu formal konstruktsiyalar
bo‘lib (masalan, burchaklari yoydan tashkil topgan to‘rtburchaklar) ularni obyektlar
aks ettiradi. Obyektga mo‘ljallangan dasturlash yaratish demak obyektga
mo‘ljallangan metodologiyani(texnologiyani) qo‘llashga asoslangan.
Obyektga
mo‘ljallangan
dasturlash
tillariga
oxirgi
vaqtlarda
juda
ommaviylashgan dasturlash tillari kiradi. Bular quyidagilar: C++, Visual C++, Visual
Basic.NET, Java va boshqalar. C++ eng ko‘p tarqalgan obyektga mo‘ljallangan
dasturlash tillariga kiradi.
Obyektga mo‘ljallangan dasturlashda dastur obyektlarni va ularning
xususiyatlarini(atributlarini) va ularni birlashtiruvchi sinflarni tavsiflashga olib
kelinadi. Shu jumladan obyektlar ustida operatsiyalar (usullar) aniqlashga olib
kelinadi.
Atributlar va usullarni tadqiq qilish asosida bazaviy sinflar va ularning
hosilalarini yaratish imkoniyati to‘g‘iladi.
Dostları ilə paylaş: