69
sinfning quyidagi kirish spetsifikatorlarini ko‘rsatgan holda, osongina o‘zgartirish
mumkin:
private. Bazaviy sinfning meros bo‘lib o‘tayotgan (ya’ni ximoyalangan va
ommaviy) nomlari xosila sinf nusxalarida kirib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi.
public. Bazaviy sinf va uning ajdodlarining nomlari xosila sinf nusxalarida
qirib bo‘ladigan bo‘ladi, barcha ximoyalangan nomlar esa ximoyalangan bo‘lib
qolaveradi.
Agarda yangi sinf class kalitli so‘z yordamida aniqlangan bo‘lsa unda xosila sinfdagi
meros komponentalar private kirish statusiga ega bo‘ladi, struct yordamida esa public
statusiga.
Meroslikda ko‘rsatilmagan kirish statusini asosiy(bazaviy) sinf ismini oldidan
ko‘rsatilgan private, protected va public kirish atributlari yordamida o‘zgartirish
mumkin.
Agarda V sinf quyidagicha aniqlangan bo‘lsa:
class B { protected: int t;
public: char u;
};
unda quyidagi xosila sinflarni kiritish mumkin:
class M: protected B { ... }; // t, va u protected sifatida merosxo‘r
class P: public B { ... }; // protected, va u- public sifatida merosxo‘r
class D: private B { ... }; // t, va u private sifatida merosxo‘r
struct F: private B { ... }; // t, i u private sifatida merosxo‘r
struct G: public B { ... }; t - protected, va u – public sifatida merosxo‘r
Dostları ilə paylaş: