O. X. Azamatov


 Zamonaviy vizual dasturlash muhitlari



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/119
tarix31.12.2021
ölçüsü1,82 Mb.
#49500
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119
3072-Текст статьи-7829-1-10-20200908

 
4.5. Zamonaviy vizual dasturlash muhitlari 
IDE  (Integrated  development  environment)  —  dasturlash  tillari  uchun  muhit 
hisoblanadi,  ko‘pchilik  bu  tushunchani  aynan  shundayligicha  biladi,  lekin  bu 
ta’rifning  ma’nosi  nimaligini  unchalik  tushunmaydi.  Bu  maqolada  aynan  shu  IDE 
abreviaturasini  tushuntirishga  bag‘ishlanadi.  Dasturlash  muhiti  deganda,  siz 


46 
 
yozayotgan kodlarni aynan qayerga yozish kerakligi tushuniladi. Misol uchun, oddiy 
«Блокнот»  ham  IDE  vazifasini  bajarishi  mumkin.  IDE  sifatida,  dasturlar  yoki 
dasturlar  yig‘indisi  ishlatiladi.  Zamonaviy  va  mashhur  dasturlash  muhitlariga 
quyidagilarni misol qilish mumkin(maqolada Windows tizimi nazarda tutilgan): 
PHPStorm
 — asosan PHP dasturchilar uchun
VisualStudio — .Net dasturchilar uchun; 
NetBeans
 — asosan java, php dasturchilar uchun; 
PHPDesigner
 — asosan web(PHP) dasturchilar uchun; 
Agar  hali  ham  tushunarsiz  bo‘lsa,  boshqa  mavzuda  misol  keltiraman.  Siz 
kompyuter  tuzatuvchi  ustasiz,  siz  o‘z  ishingizni  qilishingiz  uchun  yaxshi  sharoit 
kerak:  elektr   toki  bilan  ta’minlagan  xona,  kerakli  qurilamalarga(tester,  payalnik, 
otvyorka..)  ega  bo‘lishingiz,  har  hil  turdagi  ulanuvchi  va  ulovchi  simlar  bo‘lishi, 
kompyuterning  asosiy  ehtiyot  qismlarining  nusxasi  va  boshqalar.  Umuman olib 
qaraganda,  bunday  sharoit  bo‘lmasa  ham  usta  bo‘laverasiz,  lekin  biror  kompyuterni 
tuzatish  uchun   ancha  vaqt  kerak  bo‘lib  qoladi(kerakli  jihozlarni  kimdandur  so‘rash 
kerak  bo‘ladi,  tok  o‘chib  qolsa,  uni  kelishini  kutish).  IDE  ham  shunday,  qanchalik 
yaxshi va qulay muhit bo‘lsa, ishingiz ham shuncha tez va sifatli bitadi. 
Mukammal  dasturlash  muhitlarida,  dasturchilar  uchun  hamma  sharoitlar 
yaratilgan  bo‘ladi,  ya’ni  biror  loyihani  tuzish  uchun  qo‘shimcha  dasturlar  kerak 
bo‘lmasligi lozim, misol uchun quyidagi imkoniyatlar bo‘ladi: 
— matn muharriri; 
— kompilyator/interpretator; 
— loyihaning barcha qismlarini avtomat yig‘uvchi; 
— xatolarni aniq ko‘rsatuvchi funksiyasi; 
— kod sintaksislarini yozishda yordam beradigan kutubxona
— kodni ishlatib ko‘rish uchun sharoit(emulyatorlar, brauzerlar); 
— terminal(konsol uchun); 
— versiyalar bilan ishlovchi modul(github); 
— katalog ierarxiyasi; 


47 
 
Bunday  dasturlash  muhitlari,  dasturchilarni  biroz  dangasa  qilib  qo‘yadi  degan 
gap  rost,  lekin  tez  biror  loyihani  tuzmoqchi  bo‘lsangiz,  bularsiz  ancha  vaqt  ketib 
qoladi. 
Dasturlash muhitlari: 
— PHPStorm; 
— VisualStudio; 
— RAD Studio; 
— KomodoIDE; 
— PHPDesigner; 
— KomodoEdit 
— VS Express; 
— NetBeans; 
— Aptana Studio; 
— Eclipse; 
Dasturlash tiliga qarab, kerakli IDE tanlanadi. 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin