5.2. Murojaat huquqlari Komponentalarga murojaat huquqi murojaat spetsifikatorlari yordamida
boshkariladi: public, private, protected. Umumiy (public) komponentalar dasturni
ixtiyoriy qismida murojaat huquqiga ega. Ulardan, ixtiyoriy funksiya ushbu sinf
ichida va sinf tashqarida foydalansa ham bo‘ladi. Хususiy (private) komponentalar
sinf ichida murojaat huquqiga ega, lekin sinf tashqarisidan esa murojaat qilish
mumkin emas. Komponentalardan ushbu ular tavsiflangan sinfdagi funksiya -
a’zolari yoki “do‘stona”- funksiyalar orqali foydalanish mumkin.
Хimoyalangan (protected) komponentalar sinf ichida va xosila sinflarda
murojaat huquqiga ega. Agar sinf ta’rifida class so‘zi ishlatilgan bo‘lsa hamma
komponentalari xususiy hisoblanadi, agar struct vso‘zi ishlatilgan bo‘lsa hamma
komponentalar umumiy hisoblanadi.