1873 yil, 18 sentyabr Pomirga tutash bekliklarni Buxoro ixtiyoriga o’tkazish haqida Rossiya va Buxoro o’rtasida tuzilgan shartnoma.
1873 yil, 29 may Rus qo’shinlari tomonidan Xivaning bosib olinishi.
1873 yil, 12 avgust Xiva bilan Rossiya o’rtasida Gandimiyon shartnomasining tuzilishi. Xivaning Rossiyaga qaram davlatga aylantirilishi.
1873-1876 yillar Farg’ona vodiysida Po’latxon qo’zg’oloni.
1876 yil, 19 fevralQo’qon xonligining tugatilishi va uning hududida Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg’ona viloyatining tashkil etilishi.
1880 yil Axaltekin harbiy ekspeditsiyasi tomonidan Mixaylovskiy bo’g’ozidan Qizil Arvatgacha temir yo’l qurishga kirishildi.
1881 yil Kaspiy orti viloyatining tashkil topishi.
1885-1910 yillar Buxoroda Sayyid Abdulahad hukmronligi.
1886 yil Farg’onada bug’ yordamida ishlaydigan birinchi paxta tozalash zavodining qurilishi.
1887 yil Zarafshon okrugining Samarqand viloyatiga aylantirilishi.
1887 yil Amudaryo filotiliyasining ta’sis etilishi.
1888 yil Temir yo’l Samarqandgacha etkazilgan.
1891-1892 yillarTurkiston o’lkasiga rus dehqonlarining ommaviy ko’chirib keltirilishi.
1892 yil, iyun Toshkent qo’zg’oloni
1894 yil Buxoroda birinchi rus-tuzem maktabining ochilishi.
1895-1899 yillar Samarqand-Andijon temir yo’lining qurilishi.
1898 yil, may Andijonda Dukchi eshon qo’zg’oloni.
1899 yil Andijon va Yangi Marg’ilon shoxobchalari bilan Samarqand- Toshkent temir yo’lning qurib bitkazilishi.
1900 yil Birinchi o’zbek alifbosi «Ustodi avval»ning yaratilishi.
1890-1906 yillar Toshkent-Orenburg temir yo’lining qurilishi.
1900 yil Mirzacho’lda sug’orish ishlarining yo’lga qo’yilishi.
1906 yil Toshkent temir yo’lining ishga tushirilishi. O’rta Osiyo va Toshkent-Orenburg temir yo’llarining qo’shilishi.