Qo’ng’irotlar sulosasi 1770-1920
Muhammad Amin Inoq - 1770-1790
Avazxon - 1790-1804
Eltuzarxon - 1804-1806
Muhammad Rahimxon I - 1806-1825
Olloqulixon - 1825-1842
Rahimqulixon - 1842-1845
Muhammad Aminxon - 1846-1855
Abdullaxon - 1855-1856
Sayid Muhammadxon - 1856-1864
Muhammad Rahimxon II - 1864-1910
Asfandiyorxon - 1910-1918
Sayid Abdullaxon - 1918-1920
Xonlikda eng nufuzli lavozim bosh vazir yoki qushbegi bo’lib, u soliqlarni to’plash va xonning topshiriqlarini bajarish bilan shug’ullangan. Saroyda Otaliq, Rais, Qozi kalon, Shayxulislom, Mirobboshi, Mirshabboshi, To’pchiboshi, Yasovulboshi kabi amaldorlar xon xizmatida bo’lardi. Devonbegi xon devonini boshqarardi. Xazinachi xonlikning kirim va chiqim hamda sarfxarajatlarini yuritar, bu haqda xon yoki bosh vazirga hisob berar edi. Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar inoq, otaliq, biy hisoblanardi. Bunday lavozimga ko’tarilganlar xonga eng yaqin odamlar bo’lib, soliqlardan ham ozod qilinar edi. Bunday unvonlar xon farmoni orqali e’lon qilingan va yorliqlar berilgan. Saroyda mirzaboshi, munshay, mahramboshi kabi mansabdorlar ham faoliyat ko’rsatishgan. Ma’muriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi Xazarasp, Gurlan, Xonqa, Ko’na Urganch, Qo’shko’pir, Pitnak, G’azovot, Qiyot, Shoxabboz, Shovot, Toshhovuz, Ambormanok, Urganch, Xo’jayli, To’manoy, Qo’ng’irot kabi beklik yoki viloyatlarga bo’lingan.
Bekliklarni xon tomonidan tayinlangan beklar, noibliklarni noiblar idora qilgan.
Bek va noiblar huzurida ularga xizmat qiluvchi ko’pdan-ko’p amaldorlar bo’lgan.
Xiva shahri shaxsan xonning va bosh vazirning izmida bo’lgan. Shahar ichki
tartiblari va osoyishtaligi mirshabboshi, jinoiy ishlarni ko’rish va jazo tayinlash shahar
qozisi, poytaxtni tasodifiy xujumlardan himoyalash To’pchiboshi va Ichan-qal’a, Dishonqal’a
qutlovi (komentanti) zimmasida bo’lgan.
Xiva xonligida taxminan 40 ming otliqdan iborat qo’shin bo’lib, qo’shinga
lashkarboshi qo’mondonlik qilgan. Askarlik xizmatida bo’lganlar soliqlardan ozod
etilgan. Yurishda qatnashgan har bir suvoriy 5 oltin tanga olgan. Xonning ko’rsatmasiga
binoan, o’zini ko’rsatgan xarbiy lavozimdagilarga 10,20, 50,100 va undan ham ko’proq
miqdorda oltin tanga berilgan. Biylarga 50-100 tanga, yuzboshilarga 10-20 tanga maosh
berilgan. Tinchlik paytlarida askarlar xo’jalik ishlari bilan shug’ullanganlar. Xon qo’shinlari Buxoro qo’shinlari kabi qilich, o’q-yoy, nayza bilan qurollangan. Ozchilik askarlarda pilta miltiqlar ham bo’lardi, oz miqdorda to’plar ham bor edi. Qo’qon xonligi. XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligi hududiy jihatdan O’rta Osiyodagi yirik davlat edi. Qo’qon xonligi sharqda Sharqiy Turkiston, g’arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh edi. Xonlik hududi shimolda uchchala qozoq juzlarini batamom o’ziga bo’ysundirib olgan Rossiya bilan chegaralanardi. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non singari tog’li hududlarni o’z ichiga olar, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan qonli urushlar bo’lar, ular qo’ldanqo’lga o’tardi. Qo’qon xonligi hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli o’laroq sersuv daryolari, so’lim vodiylari, serhosil erlari ko’p edi. Xonlikning markazi Qo’qon, Marg’ilon, O’zgan, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar joylashgan Farg’ona vodiysi edi. Toshkent, Chimkent, Turkiston, Avliyoota, Pishpak, So’zak, Oq-machit kabi yirik shaharlar ham Qo’qon xonligi tasarrufida edi. Qo’qon xonligida aholi nisbatan zich joylashgan bo’lib, taxminan 3 millioncha kishi yashardi. Xonlikning poytaxti Qo’qonda 80 000, Toshkent shahrida 60000 aholi yashagan. Qo’qon xonligi aholisining ko’pchilik qismi o’zbeklar edi. Shuningdek, xonlik aholisi tojiklar, qirg’izlar, qozoqlar, uyg’urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Bular bilan yonma-yon yahudiylar, tatarlar, hindlar va boshqa elatlarning vakillari ham yashardi. Qo’qon xonligida davlat boshqaruvi Buxoro va Xivanikiga o’xshardi. Xon huquqi xech nima bilan chegaralanmagan hokimi mutlaq edi. Xondan keyingi ikkinchi shaxs vazir hisoblanib, u muhim davlat masalalarini xon bilan kelishgan holda hal etardi.
Markaziy davlat boshqaruvida Qushbegi, Otalik, Devonbegi, Mingboshi, Shayxulislom, Qozi kalon, Parvonachi, Shig’ovul, Sarkor, Inoq, Dasturxonchi, Amin, Yassovulboshi kabi amaldorlar xizmat qilardi. Saroy qoshida maxsus kengash tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga eng oliy mansabdor shaxslar kirgan. Xon kengashning raisi va masalani hal qiluvchi shaxs edi.
Dostları ilə paylaş: |