1907 yil, 17 aprel Toshkentda ikkinchi Davlat Dumasiga saylovlar.
1908 yil Qadimshunos V.L.Vyatkin tomonidan Ulug’bek rasadxonasi (Samarqand) xarobalarining ochilishi.
1910-1920 yillar Buxoro amirligida Sayid Olimxonning hukmronligi.
1910-1911 yillar Podsho qo’shinlari tomonidan Turkistonda yangi usul maktablarining ommaviy tarzda yopilishi.
1912-1914 yillarTurkistonda Qo’qon-Termiz, Qo’qon-Andijon-Farg’ona-Jalolobod temir yo’llari qurilishi.
1912 yil Gorchakovo-Skobelev, Qo’qon-Namangan, Kogon-Buxoro temir yo’l shoxobchalarining ishga tushirilishi.
1916 yil Front orti ishlariga mardikorlikka safarbarlikka qarshi O’rta Osiyoda xalq qo’zg’olonlari.
1916 yil 13-29 iyul Jizzax qo’zg’oloni
1917 yil 7 fevral Rossiyada fevral burjua-demokratik inqilobi va samoderjaviening ag’darilishi.
1917 yil 14 martToshkentda “Sho’roi Islomiya“ tashkiloti tuzildi.
1917 yil 16 aprel Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi ochildi.
1917 yil 1-2 may Moskvada Butun rossiya musulmonlarining I Qurultoyi bo’lib o’tdi.
1917 yil iyun “Shuroi Ulamo” tashkiloti vujudga keldi.
1917 yil 21-31 iyul Qozon shahrida Butunrossiya musulmonlarining II Qurultoyi bo’lib o’tdi.
1917 yil 17-20 sentyabr Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi bo’lib o’tdi.
1917 yil 1 noyabrToshkentda sovet hokimiyati o’rnatildi.
1987 yil 12-15 noyabr Butunturkiston musulmonlarining III qurultoyi bo’lib o’tdi.
1917 yil 15-22 noyabr Turkiston o’lka sovetlarining III qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuzildi.
1917 yil 26-27 noyabrQo’qonda Turkiston musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Turkiston Muxtoriyati tashkil etildi.
1917 yil 25 dekabr Qo’qonda o’lka musulmon ishchi, askar va dehkonlarining I favqulodda qurultoyi bo’lib o’tdi.
1918 yil 19-21 fevral Turkiston Muxtoriyati fojiali ravishda tugatildi.