1924 yil Hukmron Markaz rahbarligida O’rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishi amalga oshirildi.
1924 yil 27 oktyabr O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
1925 yil 6-12 fevral O’zbekiston kompartiyasining I ta’sis s’ezdi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Kompartiyasi tuzilganligi rasmiylashtirildi.
1925 yil 13 fevral Buxoroda Butuno’zbek sovetlarining I qurultoyi ochildi. Unda “O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to’g’risidagi Deklaratsiya” qabul qilindi.
1925 yil mayO’zbekiston SSR SSSR tarkibiga kiritildi.
1928 yil Arab imlosi asosidagi o’zbek yozuvidan lotin yozuviga o’tildi.
1931 yil Toshkent Moliya instituti tashkil etildi.
1933 yil Toshkentda observatoriya ochildi.
1937 yil Moskvada 1 o’zbek san’ati va adabiyoti dekadasi bo’lib o’tdi.
1939 yil Farg’ona kanali qurildi.
1939 yil Birinchi ovozli o’zbek kinofilmi – “Azamat” yaratildi.
1940 yil O’zbekistonda lotin yozuvidagi alfavitdan krillitsa yozuviga o’tildi.
1940 yil 9 yanvar O’zbekiston davlat Fan qo’mitasi SSSR FAning filialiga aylantirildi.
1941 yil 22 iyun O’zbekiston ikkinchi jahon urushi girdobiga tortildi.
1943 yil 4 noyabr O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tashkil qilindi.
1944 yil mart Bekobodda O’zbekiston metallurgiya zavodi ishga tushirildi.
1943 yil oxiri - 1944 yil boshlariO’z Vatanidan badarg’a qilingan chechenlar, ingushlar, qrimtatarlari, mesxeti turklari, ponteya greklari O’zbekistonga ko’chirib keltirildi.
1945 yil 7 may Bekobod shahrining tashkil topgan vaqti .
1951 yil 10 iyul Olmaliq shahrining tuzilgan vaqti.
1952 yil 21-22 fevral O’z KP (b) MQ ning X Plenumida «Respublikada mafkuraviy ishlarning ahvoli va uni yaxshilash choralari to’g’risida» qaror qabul qildi. Ko’plab ijodkor ziyolilar tanqid va badnom qilindi.
1953 yil 22 sentyabrTaxiatosh shahrining tuzilgan vaqti