O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə19/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

Kohinlar (Ruhoniylar)

  • Askarlar

  • Hunarmandlar

  • Chorvadorlar

    Manbaning turli ma’lumotlariga ko’ra, qadimda zargarlik, kulolchilik, to’quvchilik, temirchilik singari hunarmandchilik turlari ham o’ziga xos tarzda rivoj topgan. «Avesto»dagi bosh ma’buda - ezgulik, yorug’lik, yaxshilik, baxtiqbol
    xudosi Ahura Mazda bilan yomonlik, yovuzlik, qorong’ulik, razolat timsoli - Ahriman o’rtasidagi doimiy murosasiz kurash g’oyasi zardushtiylik (otashparastlik) dinining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Zardusht payg’ambar sifatida Ahura Mazda tilidan vahiy qilingan muqaddas kalomlarni, nasihatlar va oyatlarni xalqqa, odamlarga etkazishga da’vat etkuvchidir. Zero, Zardo’sht har bir masalada fikr yuritganda Ahura Mazda nomini tilga oladi, unga murojaat etadi. Bir o’rinda u bunday xabar beradi: «Biz Ahura Mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni va o’simlikni, yorug’likni va erni yaratgan ... ». «Avesto»da moddiy dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Er, suv, havoni bulg’ash, olovga tupirish eng og’ir gunoh sanaladi. «Avesto» avvalgi dinlarda rasm bo’lgan insonlarni qurbonlik qilishni qat’iyan man etadi va ularning daxlsizligini himoya qiladi. Zardushtiylar dinida ta’kidlanadiki, odamzod yashashga haqli bo’lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo’qdir. Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilgan bo’lib, u insonning baxtusaodati ramzi sifatida ulug’langan. Shu bois ajdodlarimizning ko’plab to’ytomoshalari, xursandchilik marosimlari olov yoqish, uning atrofida keng davra qurish bilan bog’liq holda o’tkazilgan. Bu odatlarning ba’zilari hozirgacha ham saqlanib qolgan. Shaharlar, aholi manzilgohlarining eng gavjum joylarida maxsus qurilgan otashkadalar bo’lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to’la bo’lgan. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, doimiy farog’atli hayot inson uchun uzoq notanish hayoliy jannatda emas, balki insonlar yashaydigan shu tiriklik dunyosida bo’ladi. Bu maqsad, marraga etish uchun esa odamlar juda ko’p murakkab va jiddiy sinovlardan o’tishlari kerak bo’ladi. Shunday qilib, muqaddas «Avesto» kitobi buyuk o’tmishdoshlarimizning keng qamrovli hayot tarzini, umrboqiy urf-odatlari, ta’lim-tarbiyasi, boshqaruv tizimini o’rganishimizda muhim dasturilamal manba bo’lib xizmat qiladi. Unda umumbashariy g’oyalarning chuqur aks etganligi sababidan ham bu asar keng hududlar bo’ylab yoyilib, Sharqu G’arbda e’tirof topib, turli xalqlarning ma’naviy yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib borgan. Hozirgi mustaqillik sharoitida ham bu ta’limot g’oyalari o’z ta’sirchan ahamiyatini ko’rsatib, asl ma’naviyatimiz sarchashmalaridan biri sifatida xalqimiz ruhiyatini boyitib borishga xizmat qilmoqda.

    4. Vatanimiz xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi


    Mil. av. VI asr o’rtalarida Axomaniylar davlati (mil. av. 558-330 yillar) qisqa davr ichida qadimgi fors podshohlari xonadoni – axomaniylar vakili Kir II asos solgan. Hind daryosidan Egey va O’rta dengizgacha bo’lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Liviya va bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir II O’rta Osiyo erlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko’radi. Kirning O’rta Osiyoga harbiy yurishlari mil. av. 545-539 yillarga to’g’ri keladi. Kir II ning O’rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi mil. av. 539-530 yillarni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyoning tabiatan erksevar, yurtparvar xalqlari, qavm-qabilalari ahomaniylarga bo’ysunmaslik uchun o’z ona zamini, diyorini himoya qilib mardonavor kurash olib borganlar. Bu esa Kir II ni qayta-qayta bu hududga katta qo’shin bilan bostirib kelishga majbur etgan. Ahomaniylar podshosining yurishiga doir bir qator ishonchli ma’lumotlar Yunon va Rim mualliflaridan Gerodot, Yustin, Strabonlarning yozuvlarida ko’p uchraydi. Kirning massagetlar yurtiga bostirib borishi, Eron shohi bilan massagetlar malikasi, mard va jasur ayol To’maris o’rtasidagi munosabatlar, ularning o’zaro urushi, uning yakunlariga oid Gerodot ma’lumotlari alohida e’tiborga loyiqdir. 200 minglik katta jangovar qo’shin tuzib To’maris yurtiga kelgan Kir II harbiy mahoratda mislsiz bo’lgan massaget qabilalarini ochiq jangda engish qiyinligini his etib, avvalda turli hiyla-nayranglar ishlatishga urinib ko’radi. Shu maqsadda To’maris huzuriga elchilar yuborib, go’yo o’zini malikaga jazzman ekanligini va shu bois unga uylanmoqchiligini bildiradi. Bu nayrang natijasiz chiqadi. Kir II shundan so’ng yana hiyla ishlatib, To’marisning mard, jasur o’g’li Sparganisni asirga oladi va oqibatda u o’zini halok etadi. Yagona farzandidan judo bo’lib o’rtangan onaning dushmanga bo’lgan o’tli nafrati o’n chandon ortadi. Buning ustiga elu-yurt erki, ozodligini har narsadan a’lo bilgan To’maris Kir qo’shiniga qarshi hayot-mamot jangiga hozirlik ko’radi. Butun vujudlari ila g’animlarga qarshi nafrat olovi bilan yongan massaget qo’shinlari bosqinchilarga qarshi jangga tashlanishadi. Nihoyat, massagetlar g’alaba qozonadilar. Fors qo’shinlarining katta qismi, jumladan Kir ham jang maydonida xalok bo’ladi. Bu miloddan avvalgi 530 yilga to’g’ri keladi. Ahomaniylar shohi Kambis II (530-522) va Doro I (522-486) davrida O’rta Osiyo hududlari bosib olinadi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Doro I 519-518 yillardagi harbiy yurishlari davomida sak qabilalarini engib, itoatga keltirishga musharraf bo’ladi. Lekin bunga osonlikcha erishgan emaslar. Loaqal bu yurtning oddiy cho’poni Shiroq singari mard shunqorlarining ajnabiy bosqinchilar bilan jon berib, jon olishib, mardona kurashganligi buning yorqin isboti bo’la oladi. Eron ahomaniylariga qarshi O’rta Osiyoning Parfiya, Marg’iyona hududlarida, Saklar o’lkasida ko’plab xalq qo’zg’olonlari yuz berib turgan. Jumladan, Eron hududidan topilgan Bihistun yozuvlarida aytilishicha, mil. av. 522 yilda Marg’iyonada ko’tarilgan kuchli xalq qo’zg’oloniga Frada degan shaxs etakchilik qilgan. Doro I qo’shini qo’zg’olonchilardan qonli o’ch oladi. 55 ming qo’zg’olonchilar qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo’lga olinib qiynab o’ldiriladi. Bularning hammasi mahalliy xalqlarning ajnabiy bosqinchilar zulmiga bo’yin egmay, o’z erki, ozodligi yo’lida tinimsiz kurash olib borganligini ko’rsatadi.
    Eron ahomaniylari hukmronligi davrida O’rta Osiyo hududlari to’rt satrapiya (harbiy okrug)larga bo’linib idora etilgan. Bular: Kaspiy bo’ylaridan yashovchi ko’chmanchi qabila, elatlar 11-satrapiya Saklar qabilalari 15-satrapiya Baqtriya 12-satrapiya Xorazm, Sug’diyona, Parfiya 16-satrapiya Har bir satraplik majburiyati Yillik soliq to’lovi Saroylar va ibodatxonalar qurilishida mehnat majburiyatini o’tash O’rta Osiyo satrapliklari Eron davlatiga eng ko’p miqdorda daromad etkazib berardi. Mil.av. VI-IV asrlarda ham O’rta Osiyoning Baqtriya, Sug’diyona, Marg’iyona va Xorazm vohasi hududlarida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati to’xtovsiz rivojlanishda davom etgan. O’lkaning o’sha davrdagi asosiy qon tomirlari hisoblangan Samarqand (Afrosiyob), Marv, Baqtra, Erqo’rg’on, Qiziltepa, Ko’zaliqir singari shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari sifatida qadimgi ajdodlarimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu davrda zarb etilib, muomalaga chiqarilgan dastlabki tanga pullar ham shaharlar hayotining o’sganligidan guvohlik beradi.
    Mil.avv. VI-V asrlarda yurtimiz hududida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon Hunarmandchilik ishlab chiqarishi Qurilish ustachiligi Qayta ishlangan ma’danlar Badiiy hunarmandchilik Savdo-sotiq rivoji Mil. avv. V-IV asrlarda Markaziy Osiyo hududida dastlabki tanga pullar – Doriylar (hajmi 6,7 gr bo’lgan tillo tangalar) va talantlar (qimmati 34 kg kumushga teng daromadning shartli hisobi) Kumush Oltin La’l Zumrad Rangli va qora metallar quyish O’rta Osiyo xalqlarining yurt ozodligi va mustaqilligi yo’lida olib brogan kurashlari pirovard oqibatda o’z samarasini bermay qolmadi. Mil. av. to’rtinchi asrga kelib Eron ahomaniylari xokimiyati kuchsizlanib, zaiflashib qoladi.
    Bunday sharoitda birinchi bo’lib Xorazm o’z mustaqilligini tiklashga muvaffaq bo’ladi. Usta diplomat, mohir siyosatchi Farasman Xorazm mustaqilligini qo’lga kiritib, uni mustahkamlay bordi. O’lkaning boshqa hududlarida ham mahalliy xalqlarning Eron ahomaniylaridan yurtni ozod qilish borasidagi qatiy kurash harakatlari avj olib bordi. Biroq, afsuski, o’lkamiz xalqlarini bu davrda tarixning yana og’ir sinovlari kutmoqda edi. Antik dunyo tarixida makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (Aleksand, Makedoniya podshosi Filip II ning o’g’li) olamga dovrug’ taratgan jahongir hukmdorlardandir. Yunoniston, Kichik Osiyo, Arabiston hududlarini qudratli harbiy kuch bilan egallab, o’sha joylarda o’z hukmronligini o’rnatgan Iskandar mil. av. 331yil oktyabrida Gavgamela yonida (shimoli-sharqiy Mesopotomiya) bo’lgan jangda Eron qo’shinlarini engadi. Eron podshohi Doro III Iskandardan uzil-kesil engilib, mamlakat sharqiga, Baqtriyaga qochadi. U erda esa Baqtriya satrapi Bess tomonidan o’ldiriladi. Tez orada Iskandar qo’shini ortiqcha qarshiliksiz Baqtriya poytaxti - Baqtra (hozirgi Balx) shahrini hamda Aorn, Drapsak singari mustahkam qal’alarni egallaydi. Ko’p o’tmay Bess qo’lga olinib, qatl etiladi. Mil. av. 328 yilda Xorazm shohi Farasman baqtradagi Iskandar qarorgohiga tashrif buyuradi va ittifoqchilik bitimi imzolanadi. Shu boisdan Iskandar Xorazmga yurish qilmaydi. Mil. av. 329 yilda Oks (Amu) daryosi sohiliga etib kelgan Yunon qo’shinlari daryodan o’tib Navtaka (hozirgi Qashqadaryoning Kesh-Shahrisabz vohasi)ga kirib boradi. Endigi harakat yo’nalishi Sug’diyona paytaxti - Marokanda (Samarqand)ga qaratiladi. Rim olimi Kurtsiy Rufning ma’lumot berishicha, Iskandar armiyasi Marokandani uncha qiynalmasdan va kam talofat bilan ishg’ol etgan va «shaharda o’zlarining garnizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», so’ngra esa shimoli-sharqqa qarab harakatlanganlar. Biroq Marokandadan so’ng yunon-makedon qo’shinlarining yurishlari nihoyatda qiyin va murakkab kechdi. Chunki ular endilikda mahalliy xalqning qudratli qarshiligiga duch keldi. Iskandar bosqinidan, uning yurtga solayotgan qirg’ini-yu, zulm, asoratidan ko’zi g’aflat uyqusidan ochilgan, erk, ozodlik qadrini har narsadan afzal bilgan ona zamin kishilari bir yoqadan bosh chiqarib, ajnabiy istilochilarga qarshi harakatga keladi. Mil. av. 329 yil kuzida Sug’diyonada boshlanib, O’rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlarida keng aks sado bergan xalq qo’zg’oloni yurtimiz ozodligi tarixida chinakam yangi sahifa yozgan. Iskandar tajovuzi va zulmiga qarshi ko’tarilgan bu ommaviy harakatga so’g’d xalqining mard o’g’loni Spitamen boshchilik qildi. So’g’diyona va Baqtriyada mahalliy xalqlarning chuqur ishonchini qozongan, katta harbiy salohiyat sohibi Spitamen xalqdan lashkar tuzib, dastlab Iskandarning Marokandada qoldirib ketgan harbiy garnizoniga hujum qilib uni yanchib tashlaydi. Bu xabar erli aholiga katta ruhiy quvvat bag’ishlab, uning ajnabiylarga qarshi faol kurashiga turtki beradi. Iskandar o’z qo’shinining bir qismini qo’zg’olonchilarga qarshi Marokandaga yo’llaydi. Bu davrda Iskandarning o’zi Yaksart (Sirdaryo)ning chap sohilidagi shaharlar va aholi turar joylarini bo’ysundirish uchun og’ir janglar olib borayotgan edi. Ajoyib jang taktikasini qo’llagan Spitamen Iskandar lashkari Marokandaga yaqinlashib kelayotganini eshitgach, darhol shaharni tark etib, Politimet (Zarafshon) daryosining quyi oqimi tomon jang qilib chekinadi. So’ngra bu erdagi dashtli ko’chmanchilarning otliq askarlari bilan qo’shilib kutilmaganda qarshi hujumga o’tadi. Bundan sarosimaga tushgan yunon qo’shini katta talofatga uchrab, qolgan-qutgan jangchilari bilan shaharga chekinadi. Spitamen Marokandani qamal qiladi. Bundan xabar topgan Iskandar Sirdaryo bo’yidagi hujum harakatlarini vaqtincha to’xtatib, o’zi qo’shinga bosh bo’lib Spitamenga qarshi yurish boshlaydi. U Marokandaga etib kelganida Spitamen kuchlari allaqachon bu joyni tark etib, So’g’diyonaning cho’llik qismiga chekingan edi. Iskandar Spitamendan o’ch ololmagach, butun qahri-zahrini Zarafshon aholisiga qaratadi. U Spitamen kuchlarini ta’qib qilib, Marokandadan cho’lli hududlar tomon borar ekan, yo’lyo’lakay 120 mingdan ziyod tinch aholini qirib tashlagani tarixiy manbalarda uchraydi. Biroq u bari-bir mahalliy xalqlarni o’ziga uzil-kesil bo’ysindira olmaydi. Iskandar Doroning yuz minglab muntazam lashkarlariga qarshi jang olib borishdan ko’ra Spitamen boshchiligidagi qo’zg’olonchilarga qarshi kurashish qiyin ekanligini tushunib etadi. Negaki, erli aholi o’zining har bir qarich tuprog’i, daryo-ko’li, qir-adiri, qoyasi uchun dushman bilan jon berib, jon olishib kurashgan. Iskandar armiyasining engilmasligi to’g’risidagi afsonalar ham bizning yurtimizda barham topdi. Oxiri shunday bo’lib chiqdiki, O’rta Osiyo erlarini kuch, qurol bilan enga olmasligiga ko’zi etgan Iskandar aqlu zakovat, hiyla yo’li bilan ish tutib, mahalliy aholining yuqori tabaqasi, zodagonlari bilan umumiy til topishga, erli xalqning milliy udumlari, urf-odatlari, marosimlarini qabul qilishga majbur bo’ladi. Shunday yo’l bilan So’g’diyona ulug’laridan Oksiart, Xorien degan mahalliy aslzodalar uning tomoniga o’tadi. Iskandarning Oksiartning go’zal qizi Raxshanak (Roksana)ga uylanishi esa qarindoshlik aloqalarining kuchayishiga xizmat qiladi. U xalq qaxramoni Spitamenni qo’lga tushirib, uni jismonan yo’q qilishda ham mahalliy zodagonlar xizmatidan foydalanadi. Spitamenning tez orada o’ldirilib, uning boshi Yunon podshohiga tortiq qilinganligi fakti ham qo’zg’olonchi kuchlar o’rtasida birlikning bo’lmaganligi alomatidir. Shunga qaramay ajnabiy bosqinchilarga qarshi xalq g’alayonlari 327 yil boshlariga qadar davom etdi. Garchand Spitamen boshchiligidagi keng ommaviy xalq harakati oxir-oqibatda mag’lubiyatga uchragan bo’lsada, u ulug’ ajdodlarimizning mardlik jasoratini, elu-yurt hurligi, ozodligi yo’lidagi fidoyiligini yorqin namoyon etdi. Shunday qilib, muttasil uch yil davom etgan shiddatli janggu jadallardan so’ng Iskandar Baqtriya, Sug’diyona va Ustrushonaning faqat bir qisminigina itoat ettirib, bu hududlarga o’z ishonchli odamlarini, o’ziga sodiq sug’dlik Oropiyni Sug’diyona hokimi etib tayinlab, o’zi mil. av. 327 yilda Hindiston tomon qo’shin tortadi. Yunon-Makedon qo’shinlari O’rta Osiyo erlarida shu qadar holdan toyib, o’zining jangovorlik qobiliyatini yo’qotdiki, buning oqibatida ular shimoliy Hind erlariga arang kirib bordilar. Bu holatni tan olgan Iskandar tez orada Hindistondagi urush mavsumini tugatib, ortga, ikki daryo oralig’idagi Bobil shahriga qaytib ketishga buyruq beradi. Antik dunyo olimlarining yakdil ta’kidlashicha, Yunonlar podshosining bu buyrug’i ruhan cho’kkan uning butun qo’shinida katta qoniqish bilan qarshi olingan ekan. Shunday qilib, butun er yuzini egallab, dunyo hukmdori bo’lishga da’vo qilgan Iskandarning sharqiy yurishlari oxir - oqibatda ko’zlangan yuksak natijalarsiz tugadi. Uning o’zi mil. av. 323 yilda Bobilda hayotdan ko’z yumadi. Ayniqsa uning ko’p sonli lashkarlarining Vatanimiz sarhadlarida mislsiz xalq qarshiligiga duch kelib, son-sanoqsiz qurbonlar berishi pirovardida uning jahongirlik da’vosini puchga chiqardi.
    O’zgalar yurtini zo’rlik bilan egallash evaziga qudratli saltanat qurish, boshqalarga o’z irodasini majburlash yoxud zulm-asoratni kuchaytirish pirovard natijada qanday xunuk oqibatlarga olib kelishini Iskandar Zulqarnayn timsoli yaqqol isbot etadi. Tarixning bu achchiq sabog’ini hech mahal unutmaslik kerak bo’ladi.

    Yüklə 2,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   182




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin