85 Небольсин П. Очерки торговли России с странами Средней Азии, Хивой, Бухарой и Коканом. СПб.,
1856
86 Наши соседи в Средней Азии. Хива и Туркмения с большою картою. СПб., 1873. с. 34.
87 O ’sha asar. 123-b.
72
o’tganimizdek, Xiva xonligi XIX asrda Rossiya bilan juda yaqin savdo-iqtisodiy
munosabatlariga kirishgan. Xonlik an’anaviy savdo aloqalarini davom ettirgan
holda Buxoro, Eron va Hindiston bilan ham munosabatlarni jadallashtirgan.
Hattoki, xonlik Rossiya bilan sharq davlatlari o’rtasidagi savdo munosabatlarida
vositachi davlat vazifasini ham bajargan.
73
3.2. Xivaning Rossiya tomonidan zabt etilishi va uning oqibatlari
Rossiya qo’shinlarining Xorazm tuprog’iga bostirib kelishini to’xtatish
maqsadida, xon hazratlari katta majlis chaqirib, unda shunday qarorga kelindi
Muhammad Murod devonbegi bir guruh lashkarlar bilan Kaufman kelayotgan
sharq tomonga, Eltuzar Inoq bir guruh: 6000 lashkar bilan Qo’ng’irot tomonga,
Amir To’ra va Muhammad Mirzo To’ralar 2000 ming lashkar bilan Hazaraspga,
Inoqbek bir guruh lashkar bilan Xo’jaeli tomonga yuborildilar.
Muhammad Murod devonbegi lashkarlari Uch-o’choq degan joyda
Kaufman askarlariga duch keladilar (Buxoro chegarasida). Bu yerlar qum va
dashtlikdan iborat edi. Bu cho’llarni kechib o’tish rus askarlari uchun juda
mushkul bo’lgan. Suv, oziq-ovqat yetishmaganligidan ko’p otlar, tuyalar, hatto
odamlar ham halok bo’lganlar. Devonbegi ruslarni suvsiz qoldirish uchun
atrofdagi barcha quduqlarni egallash haqida o’z lashkarlariga buyruq beradi.
Odamqirilgan degan quduq atrofida Ivanov boshliq rus askarlari qismi bilan
Jomli Sodiqqul boshliq Xiva lashkarlari o’rtasida qattiq jang bo’lib, 2 tomondan
ham ko’p talofatlar berildi. Bu jangda ko’hna urganchlik usta Pirniyoz
mardonavor kurashib, o’z vatani mustaqilligi uchun jonini qurbon qildi.
Zamonaviy harbiy qurollarga ega bo’lgan rus askarlari, albatta, ustun keldilar.
Xiva lashkarlari chekinishga mabur bo’ldilar. Rus askarlari Amudaryoga bir
chaqirim masofaga kelganlarida, Xiva askarlari yangi hujum tayyorlab, ularga
qarshi 4 tomondan ot qo’yib, katta jang boshladilar. Bu jangda ham g’alaba
ruslarga kulib bokdi. Ayni vaktda general Veryovkin va polkovnik Lamakin
boshchiligidagi rus ko’shinlari Qung’irot kstiga bostirib keldilar.Qurolsiz aholini
qirib, mol-mulkini talab, shaharni vayron qilib, Ho’jaeliga o’tib ketdilar.
Ho’jaelini Eltuzar Inoq boshchiligidagi lashkarlar himoya qilmoqda edi.
Abdullo Mahram sardorlik qilayotgan emrali otliklari rus askarlarini bir
guruhiga to’satdan duch kelib, qattiq jang natijasida Turkman otlikdari g’olib
chikib, 13 rus askarini o’ldirib ularni ot-yaroklarini olib qaytib ketadilar.Bu
voqeadan keyin General Veryovkin barcha kuchini Xiva lashkarlari ustiga
74
tashlab, Xivaliklarni chekinishga majbur qiladi. Biroq yomut va chovdir otliqlari
rus qo’shinlariga turli tomondan kutilmaganda hujum qilishni to’xtatmay, ularga
ko’p talofatlar etkazganlar. Rus askarlari jang bilan Mang’it qaPasiga etib
keladilar General Verevkin buyrug’i bilan to’plardan o’q otilib, Mang’it qal'asi
harob qilinadi. Rus askarlari shahar aholisini qariyu-yoshini, xotinu-qizni, xatto
beshikda yotgan go’daklarni ham qirib tashladilar. Shaharda na odam, na
jonivorlar qoldi. Itlar va mushuklar ham qirib tashlandi. Rus askarlari shaharga
o’t qo’yib, chiqib ketdilar. Qo’ng’irot, Mang’it va Tyrkman otliq yigitlari to
Xivaga kelguncha Veryovkin askarlari bilan otishib, ularga katta talofat
etkazdilar. Xivaliklar tomonidan ham ko’p kishi shohid bo’ldi, shaxar va
qishloqlar vayron qilindi. Chekinib Xivaga yetib kelgan Eltuzar Inoqbek xon
hazratlariga bo’lgan voqealarni batafsil bayon qildi. Xon hazratlari buyurdilar,
qal'a darvozalari mahkam berkitib el qamal deb e’lon qilinsin. Rus askarlari
bosib olgan shahar, tuman va qishloqlardan qochgan aholining barchasi Xiva
qal’asiga kelib qamalgan edi.
Xivaga bostirib kelgan rus askarlari qal'ani to’pga tuta boshladilar. Xon
hazratlari Muhammad Murod devonbegi, Yusuf Mahram, Abdusattor Sayis va
Abdulla bangi bilan qal'aning Urganch darvozasidan chiqib, qal'a atrofida
qolgan navkarlar bo’lsa ularni to’plab, qal'a ximoyasini kuchaytirmoqchi bo’ldi.
Biroq xech bir kuch topa olmay, Doshyoq darvozasiga kelib, qal'aga kirmoqchi
bo’ldi. Ammo Abduqodir to’ra uni kirgizmadi. Xon, yo’mut Sari Sardor
qo’shiga ketishga majbur bo’ldi.
Xon hazratlari shahardan chiqib ketganlarida Amir To’ra xon qochib,
yurtdan chiqib ketdi, deb gap tarqatib,o’zini xon deb e'lon qildi. Xivaning taslim
bo’lganligi haqida xat yozib, Amir To’ra yoniga Otajon To’rani ham olib,
Kaufman oldiga Gandimiyon bog’iga bordilar.
Kaufman Muhammad
Rahimxonni topib kelishni va faqat u bilan sulh tuzishni bildirdi. Keyin
Kaufman shaharga kirib, xon hazinasini ochdirdi. Bu erda saqlanayotgan
sandiqlar oltin va zumrad, oltin qilichlar va boshqa yarog’ aslahalar bilan to’la
75
edi. Yana bir xonada 300 noyob qo’lyozma kitoblar ham bor edi. Bularning
hammasi Peterburgga yuborildi.
Xon Zamaxsharda (Izmixshir) ekanligi ma'lum bo’ldi. Uning ketidan
vakillar bo-rib, olib keldilar.U to’g’ri Gandimiyon bog’iga Kaufman oldiga
keldi. Xon o’zining taslim bo’lganiga iqror bo’lib, ruslar tomonidan
tayyorlangan shartnomaga imzo chekishga majbur bo’ldi. Bu shartnoma tarixda
«Gandimiyon shartnomasi» nomi bilan ma'lum.
1873-yil 12-avgustda Xiva shahridan 1,5-2 km, sharqda Gandimyon
qishlog’ida xonning inisi Otajon to’ra bog’ida Xiva xoni Sayyid Muhammad
Rahimxon-II bilan Turkiston General-gubernatori, general adyutant fon
Kaufman o’rtasida Xiva xonligi-ning Rossiya imperiyasiga taslim bo’lganligi
haqida shartnoma imzolandi.
Biriichi moddaga ko’ra, xon o’zini rus podshosining itoatkor xizmatkori
(vassal) deb tan oldi va mustaqil tashqi siyosat yurgizishni, ya'ni boshqa
davlatlar bilan aloqa qilish, savdo-sotiq yurgizish, harbiy yurishlar qilish
huquqidan mahrum etildi. Shartnomaning bu moddasi Turkistondagi rus
ma'muriyatiga Xiva xoni ustidan nazorat qilish va uning ichki ishlariga bevosita
aralashish imkoniyatini berar edi.
Shartnomaning 2-3 moddalariga binoan xonlikning chegaralari ham
yangidan bel-gilandi. Amudaryoning o’ng sohillaridagi erlar (Hozirgi
Qoraqalpogiston hududlari) Rossiya hisobiga o’tdi va Turkistan General-
gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Hozirgi To’rtko’l shahri yaqinida, Amudaryo
qirg’og’ida Petro-Aleqsandrovsk shahri bunyod etilib, u erda Amudaryo bo’limi
tashkml qilindi. Bo’lim boshlig’iga Xiva xoni va uning faoliyati ustidan nazorat
qilib turish vazifasi topshirildi. Petro-Aleksandrovsk shahri rus askarlari
turadigan harbiy garnizonga aylantirildi.
Shartnomaning 4 moddasiga binoan, Chor hukumati Amudaryoning o’ng
sohillaridagi yerlarning bir qismini Buxoro amirligiga berish huquqiga ega
bo’ldi. Bu modda Xiva xonligi bilan Buxoro amirligi o’rtasidagi munosabatlarni
76
keskinlashtirshga, ular o’rtasida dushmanlik his-tuyg’ularini uyg’otib turishga
qaratilgan edi.
5-15 moddalar savdo-sotiq Amudaryoda paraxodchilik, rus savdogarlari va
ular-ning huquq va imtiyozlariga bag’ishlangan edi. Bu moddalarga muvofiq
Amudaryoda rus paraxodchiligi monopoliyasi o’rnatildi, ya'ni rus savdo
kemalarining Amudaryoda erkin harakat qilish uchun imtiyozli huquq berildi.
Shu bilan bir qatorda, Xiva kemalari ruslarning ruxsatisiz Amudaryoda xarakat
qilish huquqidan mahrum etildi.
6-7-moddalarga binoan rus savdogarlariga butun xonlik hududlarida
magazinlar, omborxonalar, pristanlar qurish huquqi berildi.
8-9-11- moddalarga ko’ra xonlikning barcha joylarida rus savdogarlariga
erkin va bojsiz savdo qilish va o’zining vakillariga ega bo’lish huquqi berildi.
Ular hattoki xonlik hududidan mol olib o’tish uchun to’lanadigan 5% zakotdan
ham ozod qilindilar.
12-moddaga muvofiq rus sanoatchilariga xonlik hududida er sotib
olish,sanoat kor-xonalari (zavod, fabrika va h.k), uy-joy qurish, umuman
ko’chmas mulkka ega bo’lish huquqi berildi.
13-moddada
Xivalikva
rus
savdogarlar
o’rtasida
imzolangan
shartnomalarning dahlsizligi haqida gap boradi.
14-15-moddalarda rus fuqarolarining xonlik hududida yo’l qo’ygan
nojo’ya hatti-harakatlari haqidagi shikoyatlar faqat rus ma'murlari nomiga
berilishi va mahalliy sudlar ularni g’ayri qonuniy jinoyatlari uchun sud qilish
huquqidan mahrum qilindi.
16-moddaga
muvofiq
Xiva
xoniga
rus
ma'murlari
tomonidan
qidirilayotgan jinoyatchilarini
va
Rossiyadan
kelib
xonlik
hududida
yashirinayotgan shubxali har xil sha-xslami rus ma'murlari qo’liga topshirish
majburiyati yuklatildi. Shartnomaning 17-moddasiga binoan xonlikda qul
savdosi tugatildi. Barcha qullar (40-50 ming kishi) ozod qilindi. Shartnomaning
keyingi 18-moddasiga muvofiq Xiva xoni Rossiyaga, xonlikni bosib olish
77
jarayonida sarflangan xarajatlar uchun 2mln. 200ming so’m kontributsiya
to’lash majburiyatini oldi.
Bu shartnomaning oqibatida:
1). Xiva xonligini podsho Rossiyasi asossiz ravishda, qurol kuchi ishlatib,
vaxshiylarcha bosib oldi.
2). Xiva xonligi Gandimiyon shartnomasiga muvofiq, o’z mustaqilligini
yo’qotdi va chor Rossiyaning mustamlakasiga aylandi.
3). Xiva xonligi hududi rus sanoatchilari va savdogarlari uchun arzon
bozor, arzon ishchi kuchi, arzon xom ashyo manbaiga aylandi.
4). O’lkaning tabiiy va notabiiy boyliklari (paxta, pilla, jun, baliq, oltin
zahiralari, nozik san'at asarlari, boy tarixiy va ilmiy merosimiz) hohlagancha
rossiyaga olib ketila boshlandi.
5). Mehnatkash halq endilikda ikki tomonlama-ham mahalliy boylar, ham
rus kapi-talistlari tomonidan talana boshladi.
6). Halqimizning noyob madaniyati, qadriyatlarimiz va an’analarimizga
katta zarar etkazildi. Ruslar bu o’lkaga vahshiylik an’analarini; maxalliy
halqlarni mensimaslik, ahloqsizlik, ichkilikbozlik, zo’ravonlik kabi noxush
odatlarniolib keldilar.
Xiva xonligi Rossiya imperiyasining vassaliga aylangach, halq ommasi ikki
yoqla-ma zulmga mahalliy boylar va chor Rossiyasi ma'murlari ham
kapitalistlari zulmiga mahkum bo’ldi.Endilikda xonlikda ilgaridan mavjud
bo’lgan turli soliqlarga Chor huku-mati tomonidan ta'sis etilgan solikdar ham
kelib qo’shildi.Halq ommasi zimmasiga yuk-langan solikdar,majburiyatlar va
o’lponlarning soni 25 tadan oshib ketdi.
Gandimiyon shartnomasiga ko’ra, Rossiya hukumatiga to’lanadigan 2mln.
200 ming so’m tavon puli ham halq zimmasiga yuklatildi.O’sha summadan 300
ming so’mi-ni turkman yo’mutlari to’lashi kerak edi. Bu qarzni to’lash uchun
Rossiya hukumati harbiy ma'muriyati ularga 15 kun muddat berdi. Ammo
yo’mut katxudolari Kaufman oldiga vakillar yuborib to’lash muddatini bir oz
cho’zishni iltimos qildilar. Bunga javo-ban Fon Kaufman yo’mutlar ustiga
78
general Golovochev boshchiligidagi Rus-Kazak ot-lik askarlarini yuborib, ularni
talon-toroj kila boshladilar, uylariga, xirmonlariga o’t qo’ydilar, qariyu-yoshni,
ayolu bolalarni qira boshladilar.Xatto beshikda yotgan go’dak-larni ham chopib
tashladilar. Yo’mutlar uy joylari va mol mulklarini tashlab, qocha boshladilar.
Rus-kazak askarlari ularni izidan quvib Zamaxshir va Xiloliy tumanlariga borib
etdilar. Chandir degan mavzega borganda, qochoqlarga maxalliy turkmanlar,
yo’-mut otlik askarlari ham kelib qo’shildilar.
Mustamlakachilarning bunday vaxshiyona xunrezligidan, xaqoratidan sabr
kosasi to’lgan turkmanlar «o’lim-o’lim bir o’lim!» deb bosqinchilarga qarshi
keskin jangga ko’tarildilar. Ketmon, bel, yovo, kaltak bilan qurollangan xalq rus
askarlari,..orasiga kirib, ularni kaltaklay boshladilar. Turkman otliklari esa
miltiqlardan o’q otib, qilichbozlik qilib, ularni qira boshladilar. O’zlarini
shergumon qilib yurgan qozoq otliklari quyondek qochib kirmakka teshik topa
olmay qoldilar.
Chandir mavzeyida bo’lgan qonli jangda ikki tomondan ham ko’p talofatlar
berildi. Rus askarlaridan 240 kishi, turkmanlardan 300 kishi xalok bo’ldi.
General Golovochev xamda shaxzoda Yujin bu jangda yarodor bo’ldilar. Bu
voqea Rossiya hukumati musta-mlakachilik siyosatiga qarshi oddiy xalq
tomonidan ko’tarilgan katta qurolli qo’zg’olon edi. Bu qozg’olon bosqinchilarni
esini biroz bo’lsada, joyiga solib qo’ydi. Ular turk-manlar tomonidan
to’lanadigan o’lpon muddatini bir yilgacha cho’zishga majbur bo’ldilar.
Rossiya bosqinidan keyin Xiva xonligi bozoriga ko’p mikdorda Rus
kapitali kirib kela boshladi. Tovar-pul munosabatlari keng quloch yozdi.
Rossiyadan keltirilgan turli sanoat mollarini Xiva,Yangi Urganch,Toshxovuz,
Xonqa, Hazarasp va boshqa shaxarlar bozorlarida ko’payib ketishi maxalliy
kustar sanoati va xunarmandlarni og’ir axvolga solib qo’ydi. Ular Rossiya
sanoati mollariga bardosh berolmay, inqirozga uchradi. Xonlikda asrlar
davomida faoliyat ko’rsatib kelayotgan temirchilik, kulochilik, tikuvchilik,
to’qimachilik
kabi
sohalar
qisqara
bordi.Buning
natijasida
ko’pgina
hunarmandlar ishsiz qolib, shahar va qishloq kambag’allari sonini to’ldira
79
bordilar.Rus sanoatchilari tomoni-dan bunyod qilingan zavod va fabrikalarda
yonlanib ishlayotgan ishchilarning ahvoli ham achinarli edi.Rus va mahalliy
zavod va fabrika egalari ularni kuniga 10-12 soat ish-latib, juda oz mikdorda xaq
to’lar edilar. Ularning oylik maoshlari tirikchilik qilishga zo’rg’a etar edi.
Bunday ahvol hunarmandlar va ishchilarni maxalliy boylar hamda
mustamlakachi-lar zulmiga qarshi noroziligini tobora kuchaytirib bordi. Bazi
zavod fabrikalarda ishchi-lar sinfming mustamlakachilik zulmiga karshi
chikishlari ham bo’lib o’tdi. 1886- yilda chor hukumati mahalliy feodal
aristokratiyasiga zarba berish va mustamlakachilik ma'-muriyati mavqeini
oshirish maqsadida er egaligi haqida bir qator chora tadbirlar ishlab chikdi.Bu
munosabatlar sohasida chora tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida harbiy
feodal er egaligi tugatildi. Agar erga egalik qilayotgan oqsuyaklar, shu
davrgacha o’z qo’lidagi katta erlarning 9-10% ni mayda dehqonlarga ijaraga
berib kelgan bo’lsalar, endilikda bu erlarning aksariyat qismi uni ishlovchi
dehqonlar qo’liga o’tib, nasldan-naslga beriladigan bo’ldi.
Shu bilan chor hukumati siyosatiga qarshi bo’lgan er aristokratiyasiga katta
zarba berildi. Bu tadbirlar qishlokda mayda dehqon xo’jaliklarining
rivojlanishiga olib keldi. Agar Turkistonning janubiy qismida 5 desyatinagacha
erga ega bo’lgan dehqon xo’jaliklari soni 73,3%ni tashkil etgan bo’lsa, Quyi
Amudaryo hududida 82,4% tashkil qildi. Mayda dehqon xo’jaliklarining
rivojlanishi bilan bir qatorda,Mushtumzo’r (boy dehqon) xo’jaliklari ham paydo
bo’la boshladi. Mayda dehqon xo’jaliklari kam quvvat bo’lgan, ularning
aksariyati qismida o’ziga tegishli erlarni haydash, ekish, hosilni yig’ib olish,
bozorga sotish uchun ot-ulov bo’lmagan.Shu boisdan dehqonlar sutxo’r ta'siriga
tushib, o’z mahsulotlarini ularga 2-3 barobar arzon sotishga va ulardan qarz pul
olishga majbur bo’lganlar.Sutxo’rlar changaliga tushgan dehqonlar o’z
mustaqilligini yo’qotib qreditor hohlagan ekinini ekishga majbur bo’lgan. O’sha
davrda paxtaning bozori qizg’in edi. Shuni hisobga olib, sutxo’rlar dehqonlardan
ko’proq paxta ekishni talab qilganlar, chun-ki paxta ularga katta foyda keltirgan.
Paxta maydonlarining kegayishi don ekinlari may-donini qiskarishiga olib keldi.
80
Bu esa, o’z navbatida, don, oziq-ovqat mahsulotlarini kamayishiga olib keldi.
Ko’p joylarda qashshoqlashgan dehqonlar o’z erlarini qishloq boylariga,
mahalliy va rus savdogar va sutxo’rlarga arzon sotib, o’zlari ular qo’li ostida
chorakchi, yarimchi bo’lib ishlashga majbur bo’lganlar.
Katta er maydonlarining mahalliy va Rossiyadan kelgan savdogarlar, zavod
fabrika egalari hamda sutxo’rlar qo’liga o’tishi bu erlarda katta paxta
plantatsiyalarini tashkil qilishni hamda kam erli va ersiz dehqon xo’jaliklarining
tabora ko’payib borishi qish-lokda chorakchilik va yarimchilik harakatini
kuchaytirdi. Turli va og’ir soliklarni to’l-ashga qurbi etmagan dehkon kun sayin
qarzga botib, boylarga, sutxo’rlarga qaram bo’-lib qoldi. Rossiyaning markaziy
hududlaridan rus dehqonlarining Ural kazaklarini O’rta Osiyoga, jumladan,
O’zbekistonga ko’chirilishi mahalliy aholi ixtiyoridagi unimdor erlarni
zo’rovonlik bilan ularga olib berilishi Amudaryoda Petro-Aleksandrovsk (To’rt-
ko’l) dan to Chorjo’ygacha bo’lgan masofada mahalliy xalkqa baliq ovlash va
kemada suzishni man qilishni va shu kabi harakatlar Rossiya mustamlakachi
ma'muriyatining g’ayri qonuniy siyosati erli xalq orasida narozilikni yanada
kuchaytirdi. Xon amaldorla-ri va Chor ma'muriyati siyosatidan narozi bo’lgan
mehnatkash omma tez-tez isyon uyushtira boshladi.
Xiva xonligida
zo’ravonlarga qarshi xalq kurashi turli shakllarda shikoyatlar yozish, soliq
to’lashdan bosh tortish va nixoyat qurolli chiqishlar tarzida na-mayon bo’ldi.
1915- yilning mart-aprel oylarida Xo’ja eli, Ko’hna Urganch, Toshhovuz, Taxta
tumanlarida dehqonlarning ana shunday galayonlari bo’lib o’tdi. G’ozovot
qal'asi yaqinidagi isyonchilar bilan xonning Ollobergan noibi va Muhammad
yasovulboshi boshchiligidagi 1500 kishilik navkarlari o’rtasida jang bo’lib, bu
jangda xon lashkarlari mag’lubiyatga uchradi. G’alayonchilar mahalliy boylar
va zamindorlarga qarshi kura-shib qolmay, rus kapitalistlarining mol - mulkini
ham talon-taroj qildilar, chunonchi «Lazon» aktsionerlik jamiyatiga qarashli
savdo-sanoat shirkati va « Nobel» shirkati omborlari va ularga tegishli binolarni
vayron qildilar.
81
1916- yilda Xivada yana birkatta g’alayon bo’lgan edi. O’sha yil yanvar
oyining boshlarida Xo’jaeli shahridan xon haramiga keltirilgan ikkita qiz
ahloqsiz Asfandiyor xonga qarshilik qilgani uchun qatl qilindi. Bu voqea
Xo’jaeli aholisini qattiq g’azablan-tirdi. Ular Avaz Xo’ja boshchiligida Xiva
xoniga qarshi katta g’alayon ko’tardilar. Tez vaqt ichida g’alayonchilar soni 10
mingga etdi, lekin qo’zg’olon rahbarlari orasida aniq bir fikr bo’lmadi.
Ba'zilari xonni taxtdan ag’darish kerak desa, ikkinchilari xonni o’ldirish
tarafdori, uchinchi birlari esa xon oldiga vakil yuborishni ma'qul ko’rdilar.
Xonga vakil yuborib, u bilan yuzma-yuz muzokara olib borish taklifi qabul
qilindi. Bu imkoniyatdan foyda-langan xon muzokaraga kelgan isyonchilar
raxbarlarini hibsga olib, qatd qildirdi, so’ng qo’zg’olon ham bostirildi.
1916-yil fevralida xon hukumati va chor ma'muriyatiga qarshi
Muhammad Qurbon sardor ( Junayidxon ) boshchiligida turkmanlarninng katta
qo’zg’oloni boshlandi. Bu qo’zg’olnning maqsadi turkmanlarning Xiva xonligi
va chor ma'muriyati ta'siridan ozod qilib, mustaqil turkman harbiy feodal
davlatining vujudga keltirishdan iborat edi.
Bu voqeadan xabar topgan Turkiston harbiy okrugi shtabi Junayidxon
qo’zg’oloni-ga qarshi Sirdaryo gubernatori general Galkin boshchiligida maxsus
jazo otryadi yubor-di. General Galkin jazo otryadi shafqatsizlik bilan
Junayidxon qo’zg’oloni bostirdi.Xonlik aholisiga yangidan 4554 ming so’m
miqdorida harbiy o’lpon solindi. Xivada umumhalq noroziligi kiichayib
borayotgan bir sharoitda, 1916-yilning dekabrida maxsus harbiy komissarlik
tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi xon hokimyatini mustahkamlash va Rossiya
mustamlakachilik tartibini yanada kuchaytirish edi. Xiva shahrining harbiy
komissari qilib polkovnik Zaytsev tayinlandi. U Xivaga 1917-yil sentabr oyida
Orenburg kazak otryadlari bilan kirib keldi. Biroq endilikda Xivada feodal
mustamlakachilik tuzumiga qarshi boshlangan halq kurashini hech bir kuch
to’xtata olmas edi.
82
III-Bob bo’yichaa xuloa
Mazkur bobni qamrab olgan ma’lumotlar mazmunidan kelib 4iqib
Rossiya-Xiva xonligi o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning rivojlanish
darajasi bo’yi4a quydagi xulosalar kelib 4iqdi.
XIX asrning 30 yillaridan boshlab Rossiy va Xiva xonligi o’rtasida olib
borilgan diplomatik munosabatlar mazmuni o’zgarishi kuzatiladi. Perovskiy
boshchiligida Xiva xonligi tamon harbiy ekspeditsiya
jo ’natilib, Rossiya
tamonidan Xiva xonligi chegaralariga yaqin hududlarda harbiy qal’alar qurilishi
boshlanadi. Shu tariqa Rossiya imperiyasi Xiva xonligini bosib olishga
tayyorlana boshlaydi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib Rossiya Xiva xonligini bosib
olishga kirishadi. Uch yo’nalishda bosib olish harakatlarini boshlab yuboradi.
Shu tariqa Rossiya qurol-yarog’larining eskiligi va hamjixatlik bo’lmaganligi
sababli O’rta Osiyo xonliklaridan yaana biri bo’lmish Xiva xonligini ham bosib
olib, Gandimyon sulx shartnomasini tuzadi. Xiva xonligi hududiy va siyosiy
jixatdan Rossiya imperiyasiga qaram davlatga aylanib qoladi. Xalq o’z erkinligi
va asta-sekinlik bilan tili, ma’naviyati va madaniyatidan mahrum bo’lib boradi.
83
Xulosa
Xiva XVI asrda tashkil topgan bo’lib, shu davrdan boshlab mustaqil davlat
sifatida qo’shni mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va ko’p tarmoqlama
diplomatik aloqalarni amalga oshirib, borgan. Jumladan Eron, Hindiston,
Afg’oniston, Turkiya kabi, ko’pgina sharq davlatlari bilan aloqada bo’lgan.
Asosan savdo-tijorat ishi bilan shug’ullanishgan. Xiva xonligi strategik jixatdan
qulay o’rinda joylashganligi, tabiati, ob-havosi, tuprog’i unumdorligi sababli, bu
xonlikda ytishtirilgan maxsulotlar ham juda sifatli va rang-barang, jimjimador
bo’lgan. Bu esa ko’pina davlatlarda Xorazmga ya’ni Xiva xonligiga qiziqish
uyg’onishiga sabab bo’lgan. Ayniqsa dastlab, Rossiya podsholigi so’ngra
Angiliya davlatlrining qiziqishlari ortib borib, ikkala mamlakat o’rtasida Xiva
xonligi masalasida kelishmovchiliklar vujudga keladi. Ikkala davlatning
maqsadi ham Xiva xonligi bilan yaqin aloqada bo’lib, xonlikni o’ziga qaratish
va ichki bozarni egallab olish bo’lgan. Shunga qaramasdan Xiva xonligi XVI-
XX asrlar davomida Rossiya podsholigi bilan uzviy savdo aloqalarini olib
borgan. Asrlar davomida xonlik bilan podsholik o’rtasidagi munosabatlar xonlar
va podsholar almashi bilan o’zgarib, aloqalar goh yaxshilanib, goh yamonlashib
turgan.
Shu o’rinda ma’lum bo’ladiki, Xiva xonligidan Rossiyani Sharq davlatlari
bilan bog’laydigan eng qulay karvon yo’li o’tgan. Masalan podsho Pyotr I
davrida xonlikga qiziqish kuchayib, ekspesittsiyalar uyushtiriladi. Xiva
xonligining chegaralari qumlik va suvlikdan iboratligi va yana Rossiya davlati
bilan
xonlik
ortasida
katta
masofa
borligi
sababli
ekspeditsiyalar
muvofaqqiyatsizlik bilan tugaydi.
Rossiya podsholigi uyushtirgan dastlabki, harakatlar muvaffqiyatsizlikka
uchrasa ham ular yo’l davomida o’zlariga kerakli ma’lumotlarni yo’l-yo’lakay
xaritaga tushirib olishgan va shu ma’lumotlardan kelib chiqib
Rus hukumati Xiva xonligini hamda u orqali Hindistonga chiqadigan
savdo yo’lini qidirib, bir necha tadqiqot ekspeditsiyalari tashkil qilgan va rus
84
sanoatchilari hamda savdogarlarining yo’lida anchagina faktik ma’lumotlarni
ham qo’lga kiritgan.
Xiva xonligi Rossiyaning O’rta Osiyo, Afg’oniston, Eron, Xitoy, shuningdek,
Hindiston
bilan
savdo
aloqalari
o’rnatgan
vositachi
davlat
bo’lib
qolgan.Tadqiqot ishida keltirilgan va tahlil qilingan diplomatic va savdo
aloqalari haqidagi ma’lumotlar nafaqat Xiva xonligi yoki O’rta Osiyo
xonliklarining
tashqi
iqtisodiy-siyosiy
aloqalari
to’g’risida,
hattoki,
xonliklarning ijtimoiy xo’jalik hayoti haqida ham to’liq tasavvur qilishga imkon
beradi.
Mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko’rsatmalari, fundamental
asarlar, hamda rus axborotida e’lon qilingan maqolalar bizga Xiva xonligi
haqida, qolaversa xonlikning tashqi iqtisodiy aloqalari to’g’risida muhim
ma’lumotlarni berishi bilan hanuzgacha o’z qadrini saqlab qolmoqda. Ko’rib
o’tganimizdek, Xiva xonligi XIX asrda Rossiya bilan juda yaqin savdo-iqtisodiy
munosabatlariga kirishgan. Xonlik an’anaviy savdo aloqalarini davom ettirgan
holda Buxoro, Eron va Hindiston bilan ham munosabatlarni jadallashtirgan.
Tadqiqotga tortilgan mavzu bugungi kunga qadar alohida mavzu sifatida
mufassal o’rganilmagan. Mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili 100 yildan ortiq vaqt
o’tganligiga qaramay, bu borada shu kunga qadar ham jiddiy tadqiqotlar amalga
oshirilmaganligini ko’rsatdi.
Rossiya davlatining hukmron sulolasi g’oyalarini ifodalagan rus
tarixchilarining an’anaviyligi va sub’ektivligini ham e’tibordan qochirmagan
holda, bu asarlardan tanqidiy yondashuv, tekshirish va boshqa yozma manbalar
bilan qiyoslash asosida foydalanish lozim va faqat shu yo’l bilan aniqlangan
faktik ma’lumotlardan ob’ektiv xulosalar chiqarish mumkin.
Xulosa o’rnida, shuni aytish mumkinki, Xiva xonligi va Rossiya o’rtasida
turli tarixiy davrlarda qanday siyosiy vaziyat hukm surishiga qaramay, bu
mamlakatlarning xalqlari doimo o’zaro iqtisodiy savdo aloqalarida bo’lganlar.
Xulosa qilib quyidagilarni bayon qilamiz:
85
1. Xiva va Rossiya davlatlari o’zaro iqtisodiy aloqalar o’rnatish har ikki tomon
uchun manfaatli hisoblangan.
2. Rossiya uchun O’rta Osiyo xonliklari, shu jumladan Xiva xonligi hududi
orqali Hindistonga chiqishi qulay va xavfsiz deb topilgan.
3. O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya davlati bilan savdo aloqalarida xivalik
savdogarlar muhim ro’l o’ynagan.
4. Rus tovarlarining Sharq davlatlariga kirib borishida xivaliklar alohida
mavqega ega bo’lgan.
5. Xiva bilan Rossiya o’rtasidagi diplomatik munosabatlarida vaqt o’tgan sayin
ziddiyatli xususiyatlar kasb eta borib, Rossiyaning iqtisodiy taraqqiyoti bilan
bog’liq holda xom ashyo manbalariga va o’zining arzon tovarlarini sotadigan
bozorlarni yuzaga keltirish yo’lida urinishlari bu tojovuzkorona siyosatning eng
asosiy sababi bo’lgan. Natijada kegusida Xiva xonligi Rossiyaning istilochilik
harakati obyektiga aylanib, 1873-yilga kelib oxir - oqibat istilo qilindi. Xonlik
bosib,olingandan keyin ham yana 47 yil mavjud bo’lgan biroq oldingiday erkin
emas, haq-huquqlari cheklangan holda faoliyat yuritgan.
86
Foydalanilgan m anbalar va adabiyot
I.A. Karimovning asarlari:
1. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. T.2. - T.: O’zbekiston,
1996. - 380 b.
2. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. - T.: O’zbekiston,
1996. -366 b.
3. Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard
maqsadimiz. 8 jild. - T.: O’zbekiston, 2000. -525 b.
4. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. - T.: O’zbekiston, 1998. - 31 b.
5. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: O’zbekiton, 2000. -
351b.
6. Karimov I.A. Jamiyatimizning erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish,
ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish -
barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. 15 tom. T.: O’zbekiston. 2007.
-318 b.
7. Abdurasulov A. Xiva (tarixiy-etnografik ocherklar). - T.: O’zbekiston,
1997.-142 b.
8. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. - T.: SHarq, 2000. - 368 b.
9. Bayoniy. SHajarai Xorazmshohiy. - T.: Kamalak, 1991. - 104 b.
10.Ziyoev H. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. -
T.: SHarq, 1998. - 478 b.
11.Mak-Gaxan. O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning istilo qilinishi. - SPb.
1875. O. Abdullaev tarjimasi. - T.: Moliya instituti bosmaxonasi.2000. -98b.
12.Munirov Q. Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari. - T.: O’z Fan,
1960. - 172 b.
13.Munirov Q. Xorazmda tarixnavislik (XVII-XX asr boshlari). - T.: Adabiyot
va san’at, 2002. - 192 b.
14. N e’matov T. Xiva va Rossiya munosabatlari tarixidan (XIX asrning 20-50
yillari.) - T.: «Qizil O’zbekiston», «Pravda Vostoka» va «O’zbekistonni
87
Surx» birlashgan nashriyoti, 1959. - 38 b.
15.Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o’rtasidagi 1873 yilgi Gandumiyon
shartnomasi. // Pravitel’stvenniy vestnik. 1878. №300. (alohida ottisk).
16.Sodiqov O. Xivaning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari. -T.: Fan, 1965. -
211b.
17.O’zbekiston xalqi va uning davlatchiligi tarixi tadqiqotlarini rivojlantirish
kontseptsiyasi. - T.: O’qituvchi, 2000. - 320 b.
18.O’zbekiston xalqlari tarixi.2 jild. A.Asqarov tahriri ostida.-T.: Fan,1994-
255 b.
19.O’zbekistonning
yangi
tarixi.
K.1.
Turkiston
CHor
Rossiyasi
mustamlakachiligi davrida. - T.: SHarq, 2000. - 461 b.
20.Xorazm tarixi. 2 jild. - Urganch, 1997. - 298 b.
21.Абаева Т.Г. Из истории взаимоотношений государства русского и
народов Афганистана (XVII-начало Х1Х в.). //Очерки по новой истории
Афганистана. Ташкент: Фан, 1966. С.124-140.
22.Арапов
Д.Ю.
Бухарское ханство
в русской востоковедческой
историографии. М.: МГУ, 1981. - 128 с.
23.Арапов Д.Ю. Некоторые вопросы истории Бухарского ханства в
творчестве
академика
В.В.
Бартольда
//Вестник
Московского
университета. История. 1978. №3 . с. 47-58.
24.Арапов Д.Ю. Рец. на. кн.: Е.К. Мейендорф. Путешествие из Оренбурга в
Бухару. М.: Наука, 1975.-184 с. //История СССР. 1978. № 3. С. 183-185.
25.Арунова М. Р. Из истории первых русских посольств на территории
Афганистана (середина XV-начало XIX в.) //Афганистан. Экономика,
политика, история. М.: Наука, 1984. С.96-103.
26.Ахмедов Б.А. Историко-географическая литература Средней Азии
XVI-ХУШ вв. Письменные памятники. Ташкент: Фан, 1985. - 262 с.
27.Ахмедов Б.А. Тарихдан сабоклар. Т., 1994.
28.Ахунова М.А., Лунин Б.В. История исторической науки в Узбекситане:
Краткий очерк. Ташкент; Фан, 1970. - 200 с.
88
29.Бабаходжаев
М.А.
Русско-афганские
торгово-экономические
отношения во второй половине ХУШ-начале ХХ в. Ташкент: Наука,
1965. - 132 с.
30.Байкова Н.Б. Роль Средней Азии в русско-индийских торговых связях
(первая половина XVI-вторая половина ХУШ в.). Ташкент: Наука,
1964. 192 с.
31.Валиева Д.Ю. Среднеазиатско-иранские торговые отношения в первой
половине Х1Х в. //Взаимоотношения народов Средней Азии и
сопредельных стран Востока в ХУШ-начале ХХ в. Сборник статей.
Ташкент. Изд-во АН УзССР. 1963. С. 42-76.
32.Вамбери А. Путешествие по Средней Азии. М.: 1974. 369 с.
33.Гулямов Х.Г. К истории связей между Россией и Бухарой во второй
половине ХУШ века //Общественные науки в Узбекистане. 1976. № 7.
С. 38-40.
34.Гулямов Х.Г. О посольстве Флорио Беневени в Бухару //Общественные
науки в Узбекистане. 1978. № 2. С. 28-31.
35.Гулямов Х.Г. Посольские связи Бухарского ханства с Россией в ХУШ
в.: Дис. ...канд.ист.наук. Ташкент, 1984. 177с.
36.Гуревич Н.М. Внешняя торговля Афганистана до второй мировой
войны. М.: ИВЛ, 1959. - 225 с.
37.Данциг Б.М. Ближний Восток в русской литературе и науке. М.: 1973. -
434 с.
38.Дмитриев Г.Л. Деятельность индийских выходцев в Средней Азии
(вторая половина Х1Х в.- начало ХХ вв.) //Научные труды
Ташкентского государственного университета. Вып.238. 1964. С. 142
154.
39.Ефремов Ф. Девятилетнее странствование. М.: Гос.изд. геогр.лит., 1950.
79 с.
89
40.Зияев Х.. К истории экономических связей Средней Азии с Россией
через Сибирь в ХУШ в. //Известия Академии Наук УзССР. Серия
общественных наук. Ташкент.: Изд-во АН УзССР, 1958. № 4. С. 31-37.
41.Зияев Х. Средняя Азия и Сибирь (вторая половина XVI-X1X вв.).
Ташкет.: Наука, 1964. 88 с.
42.Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии ( XVI-середина Х1Х в.).
М.: ИВЛ, 1958. - 247 б.
43.История Бухары с древнейших времен до наших дней. Ташкент.: Фан,
1976. - 383 с.
44.История дипломатии. Т. 1-2. М.: Госполитиздат, 1959-1963. Т.1. 1959. -
836 с.; Т.2. 1963. - 820 с.
45.История стран Азии и Африки в новое время. М.: МГУ, 1971. - 621 с.
46.История Узбекистана в источниках Известия путешественников,
географов и ученых
XVI-первой половины Х1Х в. /Составитель
Б.В.Лунин. Ташкент.: Фан, 1988. - 256 с.
47.Керимов В.И. Рец.на кн.: Е.М.Жуков. Очерки методологии истории
//Вопросы истории. 1982. № 2. С. 156-158.
48.Киняпина Н.С., Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказ и Средняя Азия во
внешней политике России (вторая половина ХУШ - 80-е годы Х1Х в.)
М.:
МГУ, 1984. - 328 с.
49.Куканова Н.Г. Очерки по истории русско-иранских торговых
отношений в
XVII-первой половине Х1Х века. Саранск: Мордовское книжное
издательство, 1977. - 288 с.
50.Кушева Е.Н. Среднеазиатский вопрос и русская буржуазия в 40-е годы
Х1Х века //Исторический сборник. Л., 1964. Т. 3. С. 133-162.
51.Кузнецов В.С. Экономическая политика цинского правительства в
Синьцзяне. М.: 1973.
52.Левтеева Л.Г. Присоединение Средней Азии к России в мемуарных
источниках: (Историография проблемы). Ташкент: Фан, 1986. - 144 с
90
53.Лунин Б.В. Жизнь и деятельность академика Бартольда //Средняя Азия
в отечественном востоковедении. Ташкент: Фан. 1981. - 223 с.
54.Лунин Б.В. Историография общественных наук в Узбекистане,
иобиблиографические очерки. Ташкент: Фан, 1974. - 384 с.
55.Лунин Б.В.
Средняя Азия
в
дореволюционном
и
советском
востоковедении. Ташкент: Наука, 1965. - 408 с.
56.Низамутдинов И.Г. Из истории среднеазиатско-индийских отношений
(IX-XVIII вв.). Ташкент. Узбекистан. 1969.
57.Соколов А.Я. Торговая политика России в Средней Азии и развитие
русско-афганских торговых отношений. Т., Фан. 1971. 232 с.
58.Соколов Ю.А. К вопросу о причинах провала английских устремлений в
Восточную Европу, Среднюю Азию и Персию (XVI-XVII вв). //Труды
САГУУ. Вып. 68. Т. 1955.
59.Усманов М.А. Записки Исмаила Бекмухамедова о его путешествии в
Индию //Ближний и Средний Восток. Сборник статей. М. Наука. 1967.
60.Файзиев
А.Ф.
Ремесло
Хивы
в
первой
половине
XIX
века.//Позднефеодальный город Средней Азии. Ташкент. Фан. 1990.
61.Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии (первая половина XIX в.).
М., Наука. 1974. 406 с.
62.Шамансурова А.Ш. К вопросу о среднеазиатско-афганских отношений в
первой половине XIX в. //Взаимоотношения народов Средней Азии и
сопредельных стран Востока в XVIII-начале XX в. Т.:Изд-во АН
УзССР. 1963. С. 9-16.
63.Юлдашев М.Ю. К истории торговых и посольских связей Средней
Азии с Россией в XVI-XVII вв. Т. 1964.
Dostları ilə paylaş: |