O ’Z B E K I S T O N R E S P U B L I K A S I O LI Y VA O ’RTA MAXS US T A ’LIM
V A Z I R L I G I
A L - X O R A Z M I Y N O M I D A G I URG AN C H D A V L A T UNI V E RSI TE T J
Qo ’lyoznia huquqiila
U D K Ь Л М М V f o r t 4 ^c)
Y AQ UB OV A G U L N O Z A U L U G ’ B EK OVN A
Xiva xonligining Rossiya bilan di pl omat ik aloqa lari (XVI - XX as rlar )
«5А120302 - Ta ri x » (yo’nalishlar va m a m l a k a t l a r bo’yicha)
M a g i s t r aka dc niik da ra jas in i olish iicliun yozilgan
dissertatsiya
Urgancli - 2 0 1 5
2
M undarija
K irish........................................................................................................................ 3
I BOB. XVI-XX asrlarda Xiva xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
ahvoli.
1.1 XVI-XX asrlarda Xiva xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
ahvoli......................................................................................................... 12
1.2 Xiva-Rossiya aloqalarining manbashunosligi va tarixshunosligi.......30
I bob bo’yicha xulosa....................................................................................... 38
II BOB. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy
diplomatik munosabatlari
2.1 XVI - XVII asrlarda Xiva-Rossiya m unosabatlari..............................39
2.2 XVIII asrda Rossya bilan diplomatik m unosabatlar......................... 53
II bob bo’yicha xulosa......................................................................................65
III BOB. Xiva xonligining Rossiya tam onidan zabt etilishi va uning
oqibatlari
3.1 XIX asr davomida Xiva-Rossiya m unosabatlarining keskinlashuvi.
Rossiya istilochilik siyosatining kuchayishi...........................................66
3.2 Xivaning Rossiya tomonidan zabt etilishi va uning oqibatlari...........73
III bob bo’yicha xulosa................................................................................. 82
Xulosa..................................................................................................................... 83
Adabiyotlar ro ’yxati............................................................................................. 86
3
Kirish
M agistrlik
dissertatsiyasi
mavzusining
asoslanishi
va
uning
dolzarbligi. Xiva xonligi va Rossiya podsholigining aloqalari qadim davrlarga
borib taqaladi. Xonlik tashkil topmasdan oldin ya’ni faqatgina Xorazm davlati
davrida ham aloqalar olib borishgan. Hozirgi kunda xonliklar tugatilib, umumiy
bir yakdil davlat Mustaqil O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiribdiki, aloqalar
Rossiya federattsyasi bilan ko’p tamonlama olib borilmoqda. Shunga asoslanib
magistrlik dissertatsiya mavzusi tanlab olindi.
Mustaqil O’zbekiston va Rossiya Federattsiysi o’rtasidagi aloqalar hozirgi
kunda ham davlatimiz uchun muhimligi va azaldan ikki davlat o’rtasidagi
aloqalar turli davrlarda turli xil ko’ronishlarda davom etganligi bu mavzuning
dolzarbligini tashkil qilai. Sababi shuki, ikki davlat o’rtasidagi dastlabki
aloqalarini bilmay turib, ko’r-ko’rona aloqalar qilib bo’lmaydi. Ko’r-ko’rona
aloqalar davlatimiz havfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
M a’lumki, XVI asrdan boshlab Osiyo hududida Xiva xonligi vujudga
kelgan. Mazkur tadqiqotda XVI-XX asr boshigacha Xiva xonligining Rossiya
bilan diplomatik aloqalari masalasi o’rin olgan.
Rossiya imperiyasining Turkistonni dastlab josuslik yo'li bilan uzoq yillar
o'rganib chiqishi, so'ngra o'ta jirkanch usullardan foydalanib uni zabt etishi, nihoyat,
mustamlakachilik sirtmog'ining o'lka bo'yniga solinishi kabi tarix haqiqati O rta
Osiyo xalqlaridan sir tutilib kelingan edi. Chunki xalqimiz undan xabardor bo'lganda,
o'z-o'zidan Sho'ro imperiyasining mustamlakachilik qiyofasi ochilib qolgan
bo'laradi. «Orta Osiyoning bosib olinishi» iborasi unga tamomila qarama-qarshi
ibora, ya'ni «qo'shib olinishi» qabilida talqin etildi. Tarixchi olimlar tarix haqiqatiga
zid ish qilib, «o'lka qo'shib olingan» iborasini qo'llab, uni ko'r-ko'rona
soxtalashtirdilar. Natijada bu g'oyani rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Shu davr
mobaynida keng hajmli, ammo zamini bo'sh «ilmiy» risolalar, monografiyalar
uzluksiz chiqib turdi. Bunday holat 80- yillarning oxiriga qadar davom etib, milliy
ong, mustaqillik kurtak yoza boshlagandan keyingina to'xtadi.
4
Yurtimizning fidoyi davlat arboblari, olimlar, shoir va adiblar zuravonlik bilan
ushlab
turilgan
qizil
saltanat
tuzumi
podshohlik
Rossiyasi
o'rnatgan
mustamlakachilik siyosatining izchil davomi, milliy o'lkalarni ezish va talash,
madaniyati va ma'naviyatini oyoq osti qilishning takomillashgan shakli ekanligini
teran faxmlar edi.
Sobiq sho'ro saltanati yillarida eng qadimgi davrlardan to XIX asr ikkinchi
yarmiga qadar bo'lgan tariximiz soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov bu
haqda: «O'zbekistonning, o'zbek xalqining bugun keng ommaga yetkazishga
arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi-yo'qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men
tarix sanamayman. O'zgalar yozib bergan tarixni o'qitishga mutlaqo qarshiman.
Mustamlakachi o'ziga qaram bo'lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan?
Ular bor kuch-g'ayratlarini Turkistonning o'tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan
judo qilishga sarflaganlar. Tarixdan judo bo'lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak.
Inson uchun tarixidan judo bo'lish-hayotdan judo bo'lish demakdir»,- deb juda o'rinli
o'qtirgan edilar.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida podsholik Rossiyasi
hukmronligi davrida Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm
surdi. Mahalliy aholini xo'rlash va qatag'on etish oktyabr to'ntarishi tufayli
hokimiyatga kelgan sho'ro saltanati davrida yanada kuchayib, eng yuqori
pog'onalarga ko'tarildi. Shu tariqa, Turkistonda mustaqil davlatchilikni poymol
etgan, til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan mustabidlik
tuzumi 130 yil umr ko'rdi.
Yaqin va o'tmish tarix bugungi kun va kelajak uchun ibrat darsligidir.
Darvoqe, «vatan, millat taqdiri hal bo'ladigan qaltis vaziyatlarda to'g'ri yo'lni tanlay
olish uchun, avvalo, tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak ekan. Tarix
insonning ko'zini ochar ekan. Shunda ko'p xatolarning oldini olish mumkin bo'lar
ekan» .
Endilikda, O'zbekiston mustaqil davlat sifatida kurrai zaminda qad
rostlaganining deyarli chorak asrini kechirayotgan damlarda kechagi kunga nazar
tashlash, so'ggi mustamlakachilik asoratini o'rganish ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy
5
jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, millatni asrash uchun uning haqiqiy
tarixini o'rganish, avaylab himoya qilish kerak bo'ladi.
Aytish joizki, 130 yil davomida qattiqqo'llik bilan hayotga tatbiq etilgan
mustamlakachilikning mash'um tamoyillari qoldirgan asoratni bugungi kunda
O'bekistonning hamma jabhasida: iqtisodiyot va madaniyatda, ilm-fan va maorifda,
qishloq xo'jaligi va sanoatda kuzatish mumkin.
Biz yaqin kechmishdagi tarixiy haqiqatni u qanday bo'lsa, shu holda tiklash va
gavdalantirishdek ezgu va olijanob maqsadni o'z oldimizga qo'yganmiz. Tarixiy
haqiqat shundaki, Rossiya imperiyasining sobiq mustamlakasi bo'lgan, endilikda esa
suveren davlatga aylangan O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan
do'stona teng, o'zaro hurmat asosida davom etib kelayotgan aloqalarini
mustahkamlashda u ikki tomonlama saboq va ibrat vazifasini o'tashi lozim bo'ladi.
Ushbu tadqiqot ishini yozishda mahalliy manbalardan va rus sayyohlari,
diplomatlari va elchilarining bergan ma’lumotlaridan, nashr qilingan rus va
o’zbek tilidagi kitoblardan keng foydalanildi.
Tadqiqotning ob’ekti va predmeti. Mazkur ishning asosiy ob’ekti Xiva
xoligining turli davrlarda Rossiya bilan olib borgan diplomatik aloqalari va
ularning mohiyati, sabablari, oqibatlari bo’lsa, uning predmeti esa shu
diplomatik aloqalar haqida ma’lumot beruvchi rus - evropa, fors, arab va turkiy
tillardagi yozma meros va undagi ma’lumotlarning tahlilidir.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotdan asosiy maqsadi Xiva xonligi va
Rossiya davlati o’rtasidagi turli davrlarda olib borilgan diplomatik aloqalarni
manbalar, adabiyotlar, maqolalar, shu mavzuga yondosh ilmiy ishlar asosida
chuqur taxlil qilish, taqqoslash, tanqidiy o’rganib, mavzuni to’liq yoritib
berishdir.
Tadqiqotning vazifasi esa ikkala davlat o’rtasidagi aloqalar jarayonida yuz
bergan voqea va hodisalarning yutuqlari va kamchiliklarini taxlil qilish asosida
bugungi kun diplomatiyasi rivojlanishiga hissa qo’shishdir.
Ilmiy yangiligi. Jahon va O’rta Osiyo yozma merosida Xiva xonligi
tashqi aloqalari tarixining masalalari birinchi marotaba keng miqyosdagi
6
manbalar asosida o’rganilib, unda mazkur aloqalar ko’lami, yo’nalishlari,
siyosiy davr bilan bog’liq xususiyatlari tavsifi talqin qilindi. XVI-XX asrlar
Xiva xonligi diplomatik aloqalari tarixi, bu davrlar yozma manbalari asosida
tahlil etilib, O’rta Osiyoda yaratilgan tarixiy asarlar manbashunoslik nuqtai-
nazaridan tadqiqot doirasiga tortildi, muhim xulosalar va natijalarga kelindi.
Tadqiqot jarayonida Xiva xonligining Rossiya davlati bilan XVI - XX
asrlardagi o’zaro aloqalari har tomonlama tadqiq etishga harakat qilindi. Mavjud
ilmiy adabiyotlarning aksariyatida Xiva xonligi Rossiya davlati bilan doimiy
ravishda savdo aloqalarini olib borganligi e’tirof etilgan. Ammo diplomatik
aloqalarda bir qancha ziddiyatlar ham bo’lgan. Jumladan, savdo yo’llariga
egalik qilish, savdo yo’llarining xavfsizligi masalasi hamda ikkala davlatning
ham qozoqlar va qoraqalpoqlarni o’z hukmronligi ostiga olishga intilishi va
qolaversa chegara boji masalalari bu ziddiyatli holatning asosiy sababi qilib
ko’rsatilgan. Mazkur tadqiqotda, bildirilgan umumiy fikrlardan farqli o’laroq,
ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar mazmun-mohiyati aniqlashtirilib, o’zaro
aloqalarning noizchil taraqqiyoti faktik misollar yordamida ko’rsatib berildi.
Jumladan:
- Markaziy Osiyo va Rossiya tarixiga oid qo’lyozma va nashr qilingan
tarixiy manba hamda mavjud ilmiy adabiyotlardagi Xiva - Rossiya o’zaro
aloqalari tarixiga doir ma’lumotlar aniqlanib, qiyosiy tahlil asosida tegishli
xulosalar chiqarildi;
- Xiva xonligi va Rossiya o’rtasidagi siyosiy aloqalarning diplomatik,
harbiy ittifoqchilik va o’zaro boshqa munosabatlari faktik misollar yordamida
ko’rsatib berildi. Xususan, manbalardagi Xiva - Rossiya o’zaro aloqalari
tarixiga doir ma’lumotlar, Rossiyadan Xorazmga kelgan turli mansab, daraja va
turli maqsadlarda kelgan missiyalar, elchiliklar, ularning sabab - oqibatlari va
natijalari bilan bog’liq ma’lumotlar, shuningdek, turli manba va asarlardagi
Xiva xonligini Rossiya bilan bog’lagan quruqlik va suv orqali o’tgan karvon
yo’llariga oid yangi ma’lumotlar ilmiy muomalaga tortildi;
7
-
tahlil qilingan ma’lumotlar asosida Xiva - Rossiya iqtisodiy aloqalarining
asosiy jihatlari, savdo aloqalarida muhim o’rin tutgan mahalliy va tranzit
mollarning turlari, ikki davlat bozorlarining o’xshash tomonlari ko’rsatib berildi.
Manbalardagi ma’lumotlar asosida Xorazmdan Rossiyaga katta miqdorda mato,
ot va xachirlar olib borilganligi qayd etildi. Zero, aynan iqtisodiy aloqalar
asosida siyosiy manfaatlar va maqsadlar yuzaga keladi;
-
Xiva - Rossiya o’rtasidagi o’zaro siyosiy va iqtisodiy aloqalarning ikki
davlat madaniy hayotida yuz bergan jarayonlarga ta’siri ilm-fan yangiliklari
bilan almashish masalalari ochib berildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari. Tadqiqotdagi asosiy masalalar bu- XVI-XX
asrlarda Xiva xonliginig ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli, Rossiya davlati
bilan demoqratik aloqalari, Xiva xonligining Rossiya podsholigi tamonidan
taziqqa olinishi va bosib olish jarayonlari tashkil qiladi.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharxi. Xiva xonligining
Rossiya bilan aloqalar tarixini o’rganish va yoritishga birinchi navbatda aynan
rus manbalari, qolaversa xorij tadqiqotchilari katta hissa qo’shganlar. Ularning
ayrimlari sayyoh va diplomat sifatida xonlik hududlariga kelgan vaqtda yo’llar,
quduq, manzil-makonlar, istehkomlarni sinchkovlik bilan kuzatib, barcha
belgilarni eslab qolishga harakat qilganlar. Natijada Xiva xonligi haqidagi
josuslik ma’lumotlari
to’plana boshlangan va ulardan kelgusida amalga
oshiriladigan harbiy maqsadlarda keng foydalanilgan. Bunday manbalar qatoriga
kapitan Nikolay Muravevning sayohati tafsilotlari1 hamda podpolkovnik
Dostları ilə paylaş: |