10
tadqiqotlari Xiva xonligining qo’shni mamlakatlar bilan o’zaro aloqalarini
yoritishga yordam bergan adabiyotlar sifatida qayd etilsa bo’ladi14.
O’rta asrlarda Xorazmni g’arbiy va shimoliy yo’nalishdagi karvon yo’llari
hamda
ularning
yo’nalishlari
haqidagi
ma’lumotlar
A.V.
Pankov,
N.L.Korjenevskiy, P.P.Bushev, O’.Mavlonovlarning tadqiqotlarida15 ham
mavjud bo’lib, ulardan samarali foydalanildi.
A.Sodiqov16 va T.G.To’xtametov Xiva xonligi bilan Rossiya o’rtasidagi
17
iqtisodiy munosabatlar tarixini o’rganishga yetarli hissa qo’shganlar .
Bundan tashqari oxirgi yillarda “O’zbekistonning yangi tarixi” nashrining
“Turkiston CHor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida” (T.: SHarq, 2000) nomli
birinchi kitobida, O’zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti
tomonidan
“Mustabid tuzumning O’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix
18
shohidligi va saboqlari” nomli kitobning yozilishi katta ahamiyatga ega.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqotning yetakchi
ilmiy kontseptsiyasi muammoga tsivilizatsion yondashuv ekanligini hisobga
olgan holda, ishning nazariy uslubiy asosini mustaqil O’zbekiston Respublikasi
milliy istiqlol g’oyasining ustuvor maqsad va vazifalari tashkil qildi. Bu yangi
ilmiy kontseptsiya xalqning milliy qadriyatlari, urf-odati va turmush tarzini,
Dostları ilə paylaş: